"Akay city"ning 24-qavatida


Maktabda o'qib yurgan yillarimda uyimizdagi ichi suratlar bilan to'la bo'lgan ikkita qalin kitobni varroqlab turardim. U kitob Sovet Ittifoqi davrida nashr etilgan o'zbek tilidagi ensiklopediya edi. Ana shu ensiklopediyaning qaysiki sahifasida Toshkent shahrida joylashgan to'rtta ko'p qavatli uyning surati bor edi. Yangilishmasam "Toshkentdagi osmon o'par binolar", deb yozib ham qo'yilgandi. 

Bu binolar hozirgi Xamid Olimjon metro bekati yonginasidagi 19 qavatli "Moskva" turar joy majmuasi edi. Ana shu suratni ko'rganimdan keyin har safar o'sha tomonga yo'lim tushganda yo'lning ikki chetidagi 19 qavatli binolarga qarab, eng yuqori qavatdan qanday manzara ko'rinar ekan-a?, deb ko'p o'ylardim. 19-qavatdan ko'rinadigan manzarani tasavvurimda ko'z oldimga keltirishga harakat ham qilib ko'rganman. U paytda hali "Nest one", "Piramit tower" yoki "Akay city"lar qurilishi hattoki rejada ham bo'lmagan bo'lsa kerak.

2019-yilda Jurnalistika Universitetiga o'qishga kirdim. Men o'qiydigan oliygoh Yunusobod tumani S-5 mavzesida joylashgan bo'lib, Ba'zan o'qishga Abdulla Qodiriy metro bekati orqali borib-kelardim. Qizig'i universitetdan metroga kelayotganimda uzoqda bunyod etilayotgan "Akay city" ko'rinib turar edi. Ana shu bino qurib bitkazilgach OLX orqali Akay Cityni yuqori qavatlaridagi sotiladigan xonadonlarning e'lonlariga kirib oynasidan olingan suratlarni ko'rib chiqqanman.

Hikoyamning eng qiziq joyiga mana endi keldik. Bundan bir muddat ilgari men faoliyat olib borayotgan "InvervyuTV" kanalida ko'p tarmoqli tadbirkor va investor Bahrom Bahodirov bilan katta intervyu tashkillashtirildi. Suratga olish jarayonlarimiz aynan ana shu "Akay city" majmuasining 24-qavatida bo'lib o'tdi. 24-qavatdan atrofga qaragan vaqtim, bolalik chog'imda ensiklopediyada suratlarini ko'rgan binolarim shundoqqina qarshimda turardi. E'tiborlisi ana shu "Moskva" turar joy majmuasi 19 qavatli bo'lgani uchun, "Akay city"ning 24-qavatidan qaralganida u binolar pastroqda edi. Men 24-qavat manzaralari esdalik bo'lib qolishi uchun bir nechta suratlar olib qo'ydim. Ana shu rasmlarni siz ham tomosha qilishingiz mumkin.

Ulug‘bek Toshkandiy Akay cityda))
 



Sahifamni avvaldan kuzatayotganlar bilsa kerak, men yaqinda "Nest one" binosining 48-qavatida ham bo'lgan edim. 24-qavat va 48-qavat o'rtasida bir farq bor ekan. Bu ham bo'lsa 48-qavatda shahardagi mashinalarning shovqini, signal ovozi eshitilmagan edi. Lekin 24-qavatda shahar shovqinini eshitilib turar ekan.

Aytgancha "MacBro", "BroStore", "Bayan kids", "OqTosh Avenue" brendlari egasi Bahrom Bahodirovning "IntervyuTV" kanali uchun bergan eksklyuziv intervyusini YouTube platformasi orqali to'liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin.

Akay Citydan 1-manzara

Akay cityda 2-manzara

Akay citydan 3-manzara

Quyosh botish mahali


19 qavatli "Moskva" turar joy majmuasi 


Kechki Toshkent







Комментарии