1988-yilning 16-iyun kuni yurt tinchligi yo'lida vafot etgan uch nafar ichki ishlar xodimlari sharafiga Yunusobod tumanidagi "Chimkent" postini nomi aynan "Uch qahramon"ga o'zgartiriladi.
foto:Toshkent sh. IIBB matbuot xizmati |
1988 yil 16 iyun, soat 04:30 atrofida Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari M.Gashimov va O.Asqarovlar "Chimkent" postida o'z xizmat vazifalarini bajarayotgan edilar. Musabek avtomobilda radio tinglar va bloknotiga ma'lumotlarni qayd qilar, xizmat sherigi Olimjon esa yo'lni kuzatib turar edi. Ana shu vaqtda postga tepalikdan mototsiklda yaqinlashayotgan ikki shaxs ko'rindi. Ular post yaqinida to'xtashadi va ulardan biri yo'lni nazorat qilib turgan Olimjon Asqarovni o'qqa tutdi. Shu zahotiyoq Gashimov sherigiga yordamga shoshiladi va ikkala jinoyatchini yaralaydi biroq o'zi qattiq jarohat oladi. Jinoyatchilardan biri yerga yiqilgan Gashimovni qurolini oladi va shahar markazi tomon harakatlanadi.
soat 04:55da 02raqamiga post yaqinida otishma va odamlarning hayqiriqlari eshitilganligi haqida qo'ng'iroq bo'ladi. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan militsiya xodimlari jinoyatchilar tomonidan tashlab ketilgan mototsikl yonida ikki nafar militsiya xodimlarining jonsiz tanalariga guvoh bo'lishadi.
Shundan so'ng ratsiya orqali shahar markazi tomon "Jiguli" rusumli avtomobilda harakatlanayotgan qonga belangan jinoyatchi haqidagi xabar boshqa xodimlarga yetkaziladi.
Ratsiya orqali qo'rqinchli xabarni eshitgan militsiya katta leytenanti Matkarim Matchonov "Qozog'iston" kinoteatri yaqinida yo'lni qarama qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan sariq "Jiguli" ni ko'radi. Matchonov yo'lga yugurib chiqib, haydovchiga tayoq bilan to'xtash ishorasini qiladi. Rulda o'tirgan shaxs o't ochadi. Matchonov ham javoban o'q uzdi. Katta leytenant kasalxonada olgan jarohati tufayli vafot etdi.
Bosqinchi S-5 massividagi uylardan biriga yashiringan. Bir necha soatdan so'ng, tezkor tadbirlar natijasida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jinoyatchini qo'lga olishdi. Uning sherigining jasadi "Chimkent" posti yaqinidan topilgan. Jinoyatchilar ilgari sudlangan qo'shni respublika fuqarolari ashaddiy retsidivist Sergey Sorokin va Olmaota politexnika instituti talabasi - Ponamarev bo'lib ularni Olmaotada sodir etilgan talonchilik va qotillik bilan bog'liq boshqa jinoyatlarda ham ishtirok etganligi aniqlandi.
Ma'lum bo'lishicha ular Olmaotada huquqni muhofaza qilish organi xodimi, katta serjant Tulenboyevni o'ldirib, xizmat qurolini olib ketishgan. Bundan tashqari, bir qator talonchilik va qotilliklarni sodir etib, 1988 yil 8-iyun kuni ular mototsikl o'g'irlab, Toshkentga yo'l olishadi. Sheriklarning rejasiga ko'ra ular inkassatorlarning avtomobiliga hujum qilishlari kerak edi, biroq buning uchun ularga qurol yetishmadi. Shunda ular Chimkent postini payqab qolishdi va bir necha kun davomida kuzatishdi. 16 iyun kuni erta tongda ular o'zlarining razil rejalarini amalga oshirishga qaror qilishgan edi...
- Xudoyberganov Ulug'bek tarjimasi
Комментарии
Отправить комментарий