YashinTV: Bobur Pirmatov

 



YashinTV kanalining navbatdagi mehmoni aktyor va xonanda Bobur Pirmatov bo'ldi. Boburbek FaraTashkentski serialidagi "Sardorvines" ro'li, serial haqidagi eksklyuziv ma'lumotlar va ikkinchi mavsum haqida so'z yuritdi. Shuningdek Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekovlar bilan ilk uchrashuvi, Alisher Uzoqov unga aytgan gapi. Jigi-jigi klipi suratga olish jarayonidagi voqealarga batafsil to'xtalib yoshlik yillarida u Dilshodbek Kattabekov sabab kastingdan o'tolmaganligi haqida so'zlab berdi. Shuningdek Bobur Pirmatov intervyu davomida siz aziz tomoshabinlarga bir savol bilan yuzlandi va sizning javoblaringizni e'tiborga olishga vada berdi.

Intervyuni kamina Ulug’bek Xudoyberganov (Ulug’bek Toshkandiy) tashkillashtirdi.

Bobur Pirmatov (chapda) va Ulug'bek Xudoyberganov (Ulugbek Toshkandiy)



Комментарии