Bugun yodimda qolgan bir voqea esimga tushdi. Bilmadim nega lekin aynan 14yoshimda qanday qilib bo'lmasin hech bo'lmasa bir bor kelajakga sahoxat qilishni hohlaganman. Ko'p emas bor yo'g'i 10yil keyinga. Mening tasavvurimda 10yildan keyin yani 24yoshimda juda ko'p pulim, 2qavatli uyim, shaxsiy avtomobilim, rafiqam va farzandim bo'lishi kerak edi va hech bo'lmasa bir kun 10yildan keyingi kelajakda bir kunimni o'tkazishni hohlaganman.
14yoshga to'lgan kunim 10yildan so'ng men katta yutuqlarga erishishimga qattiq ishonardim.
Mana bugun men 24yoshni qarshi oldim va men tug'ilgan 20-dekabr sanasi ortda qolib 21-dekabr kirib keldi. 2021-yil ham eshik qoqib turibdi.
Bugun 14yoshimdagi xotiralarim ko'z oldimda gavdalandi, ana o'sha vaqtdagi hayolparast Ulug'bekning hayollari miyyamga o'rnashib olgandek.
Eng alam qilarlisi 24yoshga to'lib ham bu hayotda o'zim orzu qilgan ulkan yutuqlarga erisha olmaganligim.
Lekin meni bugungi kunim sira tashvishga solayotgani yo'q. Hudoga shukur qornim to'q, ustim bud, juda 2qavatli qasr bo'lmasada boshpanam bor. Meni daxshatga solayotgan narsa shundaki 2010-yilning 20-dekabr tunida men 2020-yilning 20-dakabrida o'zimni o'ta yorqin kelajakda ko'rgan edim. Endi esa 2030-yilning 20-dekabr oqshomidagi mening hayotim, holatim biroz tashvishlantirmoqda. Ex oldimda turgan kelajakda meni nimalar kutayotgan ekan-a? 10yildan keyin men bu postni qayerda o'qiyotgan bo'lar ekanman? 10yildan o'tib men bundan 10yil oldin orzu qilgan narsalarimni qaysilariga erishgan bo'larkinman?
Menga ishoning 24yoshda katta yutuqlarga erisha olmaslik bu yuqorida aytganimdek juda qo'rqinchli holat emas. Lekin inson 34yoshida nimalarga erishgan bo'lishi kerak? Har bir o'tayotgan kunimiz chindanda g'animat azizlar. 10yildan keyin yaxshi yashash uchun ham bugundan harakatni boshlashimiz kerak ekan. Hudo hohlasa 2030-yilga eson-omon yetib olsak facebook deganlari ana o'sha kelajakda ham bor bo'lsa "Xotiralar" turkumida facebook 2020-yilda qo'yilgan ushbu postimni menga eslatganida albatta bu postning izohlar qismiga 2030-yildagi holatim haqida katta izoh yozaman!
Mening facebookdagi sahifam: facebook.com/UlugbekToshkandiy
Udndjdddopdm
ОтветитьУдалить