YashinTV: Dilniyoz G'afforov (ElDiDo)

Maktabni bitirar chog’imda xonanda Manzuraning “ElDiDo” guruhi bilan kuylagan “Erishaman tilagimga” nomli taronasi premyera bo’lgan edi.

Hech kimga o’xshamagan yo’nalishda, o’ziga xos qo’shiqlar, professional ijodkorlardan tuzilgan trio guruh qisqa vaqt ichida shou-biznesda o’z o’rnini topib ulgurdi. Xalq og’ziga tushdi.

Ushbu guruh a’zosi Dilniyoz G’afforovni esa biz nafaqat xonanda balki aktyor, tele-boshlovchi va dublyaj ustasi sifatida tanidik.

Dilniyoz aka bilan suhbatlashish, ulardan intervyu olish shaxsan men uchun ham juda qiziq va juda masuliyatli edi. Sababi Dilniyoz aka tele-boshlovchi sifatida katta tajribaga ega bo’lgan. Ko’plab san’atkorlardan o’zlari intervyular olgan ijodkor. Dilniyoz aka bilan suhbatimiz deyarki ikki soat davom etdi. Ularga bo’lgan hurmatim intervyudan so’ng yanada oshdi. Ijodlariga bo’lgan qiziqishim yanada ortdi. Dilniyoz aka YouTube platformasidagi YashinTV kanaliga bergan intervyularini hoziroq tomosha qilishingiz mumkin. Kelgusida ElDiDo guruhining konsert dasturlaridan reportajlar tayyorlash, bundanda a’lo intervyular tashkil etishni Olloh nasib etsin. 



Комментарии