“Toshkent city” parki hududida ochilgan “Tashkent City Mall” savdo majmuasiga bordim. Adashmasam hududi bo‘yicha “Tashkent City Mall” O‘zbekistondagi eng katta savdo majmuasi bo‘lsa kerak. Har holda aylanib chiqquncha oyog‘imda oyoq qolmadi.
“Mega planet”, “Rivera”, “Samarqand Darvoza” yoki “Next” bilan solishtirishga urinib ko‘rsam bu yerda eng asosiy farq do‘konlarning maydoni kattaligida ekan. Kiyimlar bir-biriga juda yaqin taxlanmagan, asartiment ko‘p.
Men uchun eng katta fishka esa majmuaning ichida BYD avtosaloni va yo‘laklarda joylashtirilgan qimmatbaho mashinalar bo‘ldi.
“Tashkent City Mall”ning eng asosiy kamchiligi esa ko‘ngil ochar nuqtalar juda kam. Majmua asosan do‘konlardan tashkib topibdi.
Shunga qaramay bu yerda IMAX kinoteatri bor ekani e’tirofga loyiq.
Meni hayron qoldirgan holatlardan biri majmuadagi ovoz kuchaytirgichlarda a’zon aytilgani bo‘ldi.
Hashamat haqida gap ketsa, ko‘p joy hozir minimalizm asosida qurilyapti. Bu yerda esa o‘ziga xos bezaklar yetarli.
Yana bir ma‘lumot, anchadan beri metroga tushmagan edim. Oldin Pahtakor va Alisher Navoiy metro bekatlarining “Toshkent city” tomoni yopiq edi. Hozir esa ana shu tomondagi bekat ochilibdi.
Xullas sayohat uchun kamida bir bor borish uchun yaxshi manzil. Lekin shoping uchun juda qimmat joy.
Комментарии
Отправить комментарий