Frederik Difental bilan ijodiy uchrashuvda ishtirok etdim.

Frederik Difental va Ulugbek Xudoyberganov

Bolaligimdan men sevib tomosha qiladigan filmlar qatorida "Taksi" filmi alohida orin tutadi. Sababi bu filmning naqt tortta qismi yurtimizda ommalashgan, sauntracklar ham yoqimli. Kinokartinani orginal talqini uyoqda qolib, "Gobliddin tarjima" variantiga ham kozimiz tushgan. Xullas shu filmlarda "Emelien" obrozini yaratgan fransiyalik aktyor Frederik Difental 2012-yil yurtimizga kelib ketgan edi. Taniqli kino-aktrisamiz Zarina Nizomiddinova bilan Toshkentda tushgan surati esa haligacha kompyuterimda bor. Lekin u vaqtda men maktab oquvchisi bolganman, Difental kelganini televizorda korganman. 2023-yilgi "Toshkent xalqaro kinofestivali" 29-sentyabr kuni bolib otgan Kinofestivalni ochilish marosimining kulminatsiyasida aynan Difental milliy liboslarimizda sahnaga chiqib keldi. Ozbek tilida zalda otirganlar bilan salomlashdi, marosim songida 2023-yilgi "Kan" xalqaro kinofestivalida golib bolgan "Yiqilish anatomiyasi" filmini korishimizni tavsiya qildi. Lekin shu kuni Difentalni yoniga yaqinlashishning imkoni bolmadi. Ertasi kuni "Rennesans kino uyi"da aynan Difental bilan ijodiy uchrashuv belgilangan edi. Albatta bu uchrashuvga ham bordim, qiziq tomoni zalda asosan talabalar jamlangan ekan. Aktyor qol telefonlarda foto va videoga olmasliklarini iltimos qilibdi. Shu sababdan uchrashuv boshlanmasidanoq telefonlarga suratga olish taqiqlandi. Ijodiy uchrashuv boshlanishi bilan aktyor zaldan savol soradi. Qol kotardim, ishonasizmi Difental bilan uchrashuvga yigilgan yuzdan ziyod odamlar ichida birinchi bolibman.

Ozim tanigan aktyorga uchta savol berishga imkonim boldi: 1-Ozingiz ijro etgan obrozlardan chiqib ketishingiz uchun qancha vaqt talab etiladi? 2-Biror bir film mashhur bolishi qiyin, Taksi filmida esa dastlabki tortta qismi xalqaro maydonda mashhurlikka erishdi, buning siri nimada deb oylaysiz? 3-Bu Toshkentga ikkinchi kelishingiz, bu safar qanday ozgarishlarga guvoh boldingiz?

Frederik Difental barcha savollarimga shoshmasdan, batafsil javob qaytardi. Umuman shu kun berilgan hech bir savolga Difental ha yoki yoq, deb otib ketmadi. Har bir savolga atroflicha fikrlar bilan javob berdi. Men uchun eng unutilmas hodisa uchrashuv ohirida sodir boldi. Tadbir tashkilotchilaridan biri, zalga yig'lganlar, iltimos, sahnani ikkita tomoniga navbat bilan turinglar va bitta-bitta sahnaga chiqib suratga tushinglar, deb elon qildi. Men esa: - "Vau, nahotki? super imkoniyatku", deb sahna yonidagi zina tomon harakatlandim va zina oldiga birinchi keldim. Birinchi bolib nargi zinadan bir yigit chiqib Difental bilan suratga tushdi, keyin men bu tomondan sahnaga chiqib, Difentalni yonidagi kursiga otirib suratga tushdim, Difental bilan qol berib korishdim. Shunda tashkilotchilardan biri, "Bitta-bitta suratga tushirmaymiz, vaqt ketyapti, qani hamma sahnaga chiqsin, bitta umumiy suratga tushiramiz", dedi. Chunyapsizmi, agar men navbatda birinchi bolib qolmaganimda Difental bilan birga tushgan suratim bolmasdi.

Frederik Difental bilan tushgan suratim men uchun eng unutilmas fotosuratlarimdan biri boldi. Xudo xohlasa bu rasmni kelajakda bolalarim, nabiralarimga ham korsatib, hammasini hikoya qilib beraman.


Комментарии