Men o'n-o'ng bir yoshda bo'lgan vaqtimda maktabdagi sinfdoshlarim tutadigan barcha daftarlarning ustida qizil rangli futbol libosida yashil maydonda to'p tepayotgan Krishtianu Ronaldoning surati bo'lar edi. Qolaversa ana shu yillarda maktab bolalari o'rtasida trendda bo'lgan "Şiribom" ketkalarida ham agar Ronaldoning surati tushirilgan bo'lsa u ketga vaqti kelganida ikkita ketkaga bahonalar edi. Qizil iblislar deya tariflangan Manchester Yunayted jamoasining deyarli har bir o'yinlaridan keyin Ronaldoning harakatlari nafaqat maktabdagi bolalar balki kattalar o'rtasida ham kun mavzusiga aylanib ketardi. Kompyuter va noutbuklarning asosiy ekranidan tortib nokia telefonlarining "заставка"lari. Bir yillik kalendarlargacha qizil libosdagi Ronaldoni ko'rardim. Esimni tanib futbolga mukkamdan ketishni boshlagan yillarim 2009-yil Krishtiano Ronaldoning Anglyaning Manchester Yunaytetidan Ispaniyaning Real-Madrid futbol klubiga o'tishi bilan uzviy bog'liq bo'lsada Ronaldo Manchesterda o'ynagan davri mening ong ostimda yetarlicha joyni band qilib bo'lgan edi. Ronaldo Real-Madridda yangidan-yangi cho'qqilarni zabt etdi. Real-Madridning qirollik klubi deya e'tirof etilishi, jahon futbol yulduzlari mana shu jamoada to'p tepishi, "Galaktikos" va "El Clásico" kabi terminlar Ronaldoga yanada hashamat berib turardi. Ronaldo Yuventusda o'tkazgan uch yil ham o'ziga xos bo'ldi va o'tgan yilning avgust oyida "CR7" yana Manchester Yunayted klubiga qaytdi. "Newcastle United" futbol klubi bilan bo'lgan o'yinda Ronaldo dubl qayt etdi. Ana shu o'yinni ko'rib ana shu 2009-yilgacha bo'lgan bolaligimdagi nostalgiyani oz bo'lsada his qilgan edim. Keyingi uchrashuvlarda ham Ronaldo maydonga tushdi va qator gollar urdi. U bahslar ham o'ziga xos edi. Lekin kecha bo'lib o'tgan Tottenxem bilan o'yinda "Cristiano Ronaldo" Old-Traffordda, 7-raqamli qizil libosda, Manchester Yunayted jamoasida uchta gol urib xet-trig qayt etganini jonli efirda tomosha qilish menga ana shu bolalik yillarimda ong ostimda yozilib qolgan xotiralarni qattiqroq qitiqlagandek bo'ldi. Men uzoq yillar oldin ko'rgan insonlarim bilan qayta uchrashganda, bolaligimdagi qo'shiqni tinglaganim yoki biror kinoni ko'rganimda nostalgiya hisini tuyganman. Lekin futbol nostalgiyasi ham o'zgacha tuyg'u ekan. Agar siz 2007-2008-yillarda Manchester Yunayted o'yinlarini va Ronaldoning gollarini ko'rgan bo'lsangiz sizda ham o'tmishga birovga qaytish imkoni bor. Manchesterning navbatdagi bahslarini kuting!!!
Aytgancha bu tuyg'uning miqdori cheklangan, sababi futbol afsonasi 37 yoshni qarshilab ulgurdi. Bizning oldimizda tahminan uch yilgacha bo'lgan muddat bor halos.
Комментарии
Отправить комментарий