Juda ko'plab media sohasi vakillari, jurnalistlar, axborot xizmati xodimlari, blogerlar, ijtimoiy faol shaxslar jam bo'lishdi. Men uchun eng quvonarlisi ko'plab ustoz jurnalistlarimizni real hayotda ko'rganim bo'ldi. Odatda bunday katta mashtabdagi tadbirlarda biz faqat san'atkorlar, shou-biznes yulduzlari. Rasmiy tadbirlarda esa siyosatchilar, ittifoqchilarni ko'ramiz. Jurnalistlar esa ana shu tadbirlarda yorituvchi ro'lida bo'lishadi. "Oltin qalam" milliy taqdirlash marosimiga hali qadami yetmagan shaxs sifatida bugungi tadbir men uchun o'zgacha format bo'ldi.
Taqdirlash marosimining tashkiliy qismiga to'htaladigan bo'lsam "Rost-24" jamoasi Kun.uz yoki Daryo.uzga qaraganda son tomonlama kamchilikni tashkil etadi. Kam sonli jamoa bo'lsada shunday keng qamrovli tadbir munosib darajada o'tkazildi deya olaman. Yuqoridagi ikki gegemon nashrlarimizni bekorga eslamadim. Kun.uz yoki Daryo.uz kabi boshqa nashrlarimiz ham mana shunday jurnalistlar uchun atalgan tadbirlar tashkil etib. Umrini jurnalistikaga bag'ishlagan ustoz jurnalistlarni bir yerda jamlab tursa bu to'rtinchi hokimiyat vakillarining yanada jipslashtirar, ahillikni mustahkamlar edi.
Dekabr so'ngida yangi yil munosabati bilan ta'tilga chiqqanimizdan buyon kursdoshlarimni hali ham ko'rmagan edim. Bugun ushbu tadbir bahonasida to'rtta kursdoshim, tahminan o'nta universitetdoshlarimni ko'rdim. Shunday ekan talabalik statusimdayoq bu tadbir diydorga yo'l ochdi.
Tanqid kelajak mevasi deyishadi, bir kam dunyo, hammasi zo'r bo'ldiyu lekin marosimda yozilgan go'zal dasturxonda vino ortiqcha bo'libdi. Anora opa dunyo ko'rgan jurnalist, jahon standartlaridagi shvetcha stolda balki vino bo'lishi kerakdir lekin yurtimizdagi nufuzli tadbirlarda ichimliklar bo'lmasligini hohlardim.
Aytgancha O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti rektori, Xalqaro press klub raisi, ustozimiz Sherzodxon Qudratxo'ja “Rost 24” nashri tomonidan o‘tkazilgan bugungi “Yil tanlovi – 2021” da “Yilning media lideri” nominatsiyasida g’olib bo’ldilar
- Xudoyberganov Ulug'bek (Ulugbek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий