Yoz fasli kelishi bilanoq badavlat yurtdoshlarimizning asosiy qismi turli mamlakatlardagi sohil bo’yi hududlariga yo’l olishadi. Maldiv orollari, Antaliya, Batumi yoki Sharm el-sheik. Yurtdoshlarimiz xorijda nima qilishlari mumkin? Ular mehmonxonada isteqomat qilishadi, turki xil plyajlarga borishadi, restorantlarda tanovul qilishadi, do’kon va butiklardan kiyim-kechaklar, suvinirlar harid qilishadi. Bir qarashda hammasi yaxshi lekin amalda ular O’zbekistonda topgan daromadlarini xorijiy mamlakaylarda valyuta shaklida tashlab kelishmoqda. Agarki ana shu imkoniyatlar O’zbekistonda bo’lmaganina hammasi tushunarli bo’lardi ammo yurtimizning turistik salohiyati, imkoniyati va patensiali boshda davlatlardan qolishmasligini hamma ham bilavermaydi. Jumladan 16,17,18-avgust kunlari O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti talabalari Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida joylashgan Xo’jakent oromgohida bo’ldik. Bu vaqt davomida biz uchun #MediaCamp tashkil etildi. Oromgohda dam olish va amaliyotchi jurnalostlardan amaliy darslar paralel olib borilganligi Covid-19 va karantin ta’lablari sabab talabalikning oltin yillarini online shaklda o’tkazayotgan talabalar uchun ajoyib sovg’a bo’ldi. Ushbu #MediaCamp haqida har qancha gapirsak ham kam lekin mening e’tiborimni ushbu Xojikent oromgohi, Chorvoq suv omboridan oqib tushayotgan toza, zilol suv, baland tog’lar, sifatli servis va turistik imkoniyatlar tortdi. Yuqorida aytganimdek ayrimlarning qo’liga besh so’m pul tushguvdek bo’lsa Dubayga borib shu pullarni sovurishni bilishadi lekin xorijnikidan qolishmaydigan o’z yurtidagi shart-sharoitlarni unutishadi. Umuman Bo’stonliq tumani haqida aytadigan bo’lsam bu hududlar asosan 1963-yil Chorvoq GES bunyod etilganidan so’ng rivojlanib ketgan. Ya’ni bu tuman shundoqqina Toshkent shahrining yonginasida bo’lsada hudud tabiyatiga inson u darajada aralashishga ulgurmagan. Siz avtomobil trassasida harakatlanar ekansiz yo’lning ikki tomonida asrlar davomida tabiiy yo’llar bilan shakillanayotgan tabbiyat qamrab olganligini ko’rasiz. Toza havodan o’pkalaringiz yayraydi. Xo’jakentdan boshlanadigan Chorvoq, Chimyon, Burchimulla, Yusufxona, Oqtosh, Tovoqsoy, Xumson kabi turistlar oqimi yuqori bo’lgan qaynoq nuqtalarni bir-biriga yaqin masofada ekanligi. Qator joylashgan dala hovlilar va ximikatlarsiz tayyorlanadigan oziq-ovqat mahlusotlari nafaqat ichki turizmni balki xorijiy mamlakatlardan keladigan turistlar oqimini ham qabul qilishga tayyor ekanligini ko’ramiz. Bo’stonliq tumani hokimining bizga ma’lum qilinishicha Bo’stonliq tumani yaqin yillar ichida turizm yo’nalishida amalga oshiriladigan amaliy ishlar bo’yicha butun respublikamizga na’muna bo’laoladi. Hozirda barcha jarayonlar boshlangan va bunyodkorlik ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Masalan biz oromgohdagi baland va haybadli tog’larga qarab turar ekanmiz tog’larning eng yuqori nuqtalarida osma simlar o’tkazish uchun tayyorlanayotgan katta qoziqlarni ko’rdik. Bu ma’lum fursatlardan so’ng sayyohlarga faqat pastdagi avtomobil trassasidan tog’larga emas balki tog’lardan atrofga nazar solish imkonini berishi tayin. Bo’stonliq tumanidagi turistik obyektlar har qancha mashhur bo’lmasin ular hozirgi kunda asosan Toshkent shahri aholisi uchun dolzarbligini ushlab turibdi halos. Agarki bu yerdagi go’zal tabbiyatdan, toza havo va zilol suvdan unumli foydalanilib, oromgohlar, mehmonxonalarda yuqori darajadagi, yevropa standardlariga javob beradigan servis ko’rsatilsa. Yurtdoshlarimiz orasida vatanparvarlik turizmga ham yo’naltirilsa va eng muhimi biz o’zimizdagi mana shunday go’zal maskanlarni butun jahonga to’g’ri reklama qilaolsak albatta Bo’stonliq tumani ham ana shu dunyoga mashhur Antaliya, Bodrum, Sochi yoki Sharm-el Sheikka raqobatchi bo’laoladi. Chet ellik mehmonlari qarshisida O’zbekistoning
Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy shaharlarimizni sanaganda Bo’stonliq kabi yosh ammo turistlar uchun barcha sharoitlarga ega Bo’stonliq tumanini ham unutmaylik. Siz oilangiz bilan sayohatga otlandingizmi? Marhamat Bo’stonliq sizga muntazir.
- Xudoyberganov Ulug’bek (Ulugbek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий