Mart oyida UzA.uz saytida "Toshkent viloyatida daraxt plantatsiyalari tashkil etiladi" nomli maqolaga ko'zim tushdi. Sarlavhani birinchi o’qiganimda Toshkent viloyati hududida ham botanika bog’i kabi katta bir qo’riqxona va ekologik landshaft yaratilishi hayolimga keldi. Biroq bevosita maqolani ohirigacha o’qigandan so’ng vaziyat biroz boshqacharoq ekanligini anglab yetdim. Qayt etilishicha Toshkent viloyati hududida qarib 500 gektar yerlarda keyinchalik mebelchilikda foydalanish maqsadida pavloniya, yong‘oq, chinor, shumtol va qayrag‘och kabi bir qancha turdagi daraxtlar ekilar ekan. Agar mentalitetimizdan kelib chiqsak o’zbek daraxt ekadigan bo’lsa shu daraxtning soyasida nabiralarim o’tirsin, shu daraxt mevasini farzandlarim tatib ko’rsin deb daraxt ekadi. Mana zamonaning zayli bilan XXI asrga kelib katta bo’lsa shu daraxtni qo’porib mebel tayyorlaymiz degan motivda daraxt ekiladigan kunlarga ham yetib kelibmiz. Bu kabi holatlarga o’rganmagan bo’lsakda biroq vaziyatga xolis ko’z bilan umumiy qaraydigan bo’lsak bu yangilikda ham bir nechta ijobiy holatlar bor. Eng avvalo hozirgi mebelchilar barbir yurtimizning istalgan qismidagi daraxtlarni kesib ketishmoqda. Bu kabi plantatsiyalar yaratilmagan holida ham mebellar ishlab chiqarilishi susaymayabdi. Shunday holatda mana shu kabi plantatsiyalar yaratilishi va keyinchalik mebelchilar shahar va tumanlardagi atrof muhit uchun o’ta zarur bo’lgan daraxtlarni tinch qo’yib to’g’ridan-to’g’ri mana shu kabi plantatsiyalardan daraxtlarni olib ketishida ham bir ijobiy holat bor aslida. Qolaversa daraxtlar mebel uchun Rossiyadan import qilinishi ham bor gap. Yillar o’tgani sayin daraxtlarning bahosi ana shu Rossiyaning o’zida ham oshib borishi tabiiy. Bu esa davlat iqtosidiyoti uchun ham, fuqarolar uchun ham 20-30 yildan keyin sezilarli tasirini o’tkazishi mumkin. Mana shu sohaning kelajakdagi barqarorligini amalga oshirish uchun ham bugun tashkil etilayotgan plantatsiyalar as qotib qolar balki. Shuningdek so'ngi yangiliklarga ko'ra O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirilibdi. Jazo choralarining shu kabi qattiylashitirilishi, qolaversa ijroning so’zsizligi bu hech qanday ruxsatsiz, sog’lom daraxtlarning ildiziga bolta urib, ekologiyamiz va atrof muhit uchun zarur bo’lgan daraxtlarga chang solayotgan shaxslarni bu ishni amalga oshirishdan oldin jiddiy mulohaza qilib ko’rishiga, bu kabi tavakkalchilikni amalga oshirishda ikkilanishiga olib kelishi shubhasiz. Deylik jazo chorasi bo’lmasa yoki o’ta yumshoq bo’lsa mebel ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi tadbirkor tunda daraxtlarni bitta qo’ymay kesib ketishiga qanday to’sqinlik qilishi mumkin? Mana shu kabi choralar jiddiylashuvi jamoatchilik va OAV yordamida jazo choralari kuchaytirilganligidan hamma birdek xabardor bo’lishi albatta o’z samarasini berishi shubhasiz. Qolaversa jazo choralarini kuchaytirilishi birlamchi holat bo’lib qolmasligi uchun ijro organlari xodimlari ham javobgar. Deylik jazo choralari kuchaytirilishi natijasida daraxtlarni no qonuniy kesayotgan shaxslar qo’lga tushgan vaqtlarida eng kam oylik ish haqqini 30 barobarini davlatga to’lamasdan 10 barobarini pora evazida xodimlarga berib jazodan qutilishga urinishlari ehtimolini ham oshiradi. Mana shunday korrupsiya holatlari bo’lmasligi va zamin yaratilmasligi, jazo hamma aybdorlarga birdek tayinlanishi va qonun ijrosi so’zsiz amalga oshirilishida nafaqat organ xodimlari balki jamoatchilik vakillari ham ma’sul.
Agarki mavzu ekologiya haqida borar ekan Sergeli va Qo'ylik yer usti bekatlarini tutashtirish maqsadida bunyod etiladigan yangi yer usti metro bektarlari qurilishida jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chirilishi haqidagi yangilik jamiyatimiz tomonidan juda ijobiy kutib olindi. Darhaqiqat bugungi kunda Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida olib borilayotgan jadal qurilishlar sabab daraxtlar ko’p kesilmoqda. Deylik noqonuniy ravishta mebel uchun kesilayotgan daraxtlar o’z yo’liga. Ammo qonuniy ravishta davlat tomonidan kesilayotgan daraxtlarning ham o’z salmog’i borligi sir emas. Mana shunday holatda metro qurilishi munosabati bilan daraxtlar shunchaki kesib tashlanmasdan boshqa yerga ko’chirilishi borasida bevosita davlat tashabbus bilan chiqishu bu juda ijobiy holat!
Qolaversa kelgusida shu kabi ishlarni amalga oshirilishi uchun ham tashlangan katta qadam va poydevor. Sababi birgina shu holat sabab daraxtlarni kesish bilan emas ularni ko’chirish bilan shug’ullanuvchi xodimlar brigadasi shakillanadi, daraxtlarni ko’chirishga mo’ljallangan texnologiyalar yurtimizga olib kelinadi va buning natijasida mana shu texnologiya va mutaxasislar endilikda daraxtlarni snos hududlarida kesish bilan emas balki ko’chirish bilan shug’ullana boshlaydilar. Shuningdek 2021-yilning dastlabki to'rt oyi ichida o’simlik dunyosiga yetkazilgan moddiy zarar qariyb 5 mlrd so’mni tashkil etgani haqidagi xabar ham ko'pchilikning e'tiborini tortdi. Shu summaga e'tibor qaratar ekanman aslida ekologiyaga yetkazilgan zarar bundanda kattaroq degan fikrdaman. Sababi mana shu undirilgan jarimalarga yana shuncha daraxtlar ekilgan taqdirda ham ana shu daraxtlar hozirgidek kattalikka kelib, hozirgi miqdorda o’zidan kislorod chiqarguniga qadar insoniyatga yetkazilgan zararning salmog’i bugun hisoblab chiqilgan 5 mlrd so’mga to’g’ri kelmaydi. OAV xodimlari ekologiya haqida so'z borganida ko'p holatda fokusni daraxtzor va chamanzorlarga qaratishadi. Biz ko’chalarda kesilayotgan daraxtlarni o’z ko’zimiz bilan ko’ramiz. Arralar ovozini va qulayotgan daraxtning gursillaganini o’z qulog’imiz bilan eshitamiz ammo afsuski suvning ostida qancha baliqlar borligini bilmaymiz, brokonerlar tomonidan tutilayotgan baliqlar ovozini ham eshita olmaymiz. Shunday ekan baliqlarning himoyasi uchun albatta e’tibor qaratishimiz zarur. Ming afsuski baliq ovchilari davlat tomonidan ruxsat etilgan vaqtda emas balki aynan ov qilish taqiqlangan, baliqlar urchiydigan pallalarda o’z to’rlarini suvga tashlashadi. Bu bilan eng avvalo xalqning risqini qirqishadi. Sababi taqiqlangan mavsumda tutilgan birgina baliq urchishi natijasida o’nglab, yuzlab baliq olib kelishi mumkin edi ammo o’z nafsiga qul bo’lgan kimsalar sabab baliqlar soni ko’payishi emas balki kamayib ketishi mumkin. Shunday ekan biz suvli hududlar bo’yida yashaydigan fuqarolarimiz orasida baliqchilik ma’daniyatini shakillantirishimiz, baliqchilar orasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishimiz qolaversa qonun himoyachilari, ijro hokimiyati organ xodimlari tun-u-kun suvda, qirg’oqda kerak bo’lsa havoda turib baliqlarning urchish mavsumida suv havzalari hududlarida kuzatuv ishlarini yanada jadal olib borishlari zarur. Yuqorida aytib o’tganimdek agar fuqarolar va baliqchilar orasida ov qilish taqiqlangan mavsumlarda ov qilmaslik kerakligini to'g'ri targ'ib qila olsak bu eng avvalo mana shu yurtda yashayotgan xalqning risqi bo’lib xizmat qiladi. Ya’na bir holat yurtboshimiz Shavkat Mrziyoyev ham hududlarga amalga oshirayotgan tashriflari davomida ko’plab baliqchilik obyektlari bilan tanishmoqdalar. Baliqchilik deganda biz avvalari faqat katta suv havzalariga tashlangan to’rlarni ko’z oldimizga keltirgan bo’lsak bugungi kunda xususiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilayotgan kichik suv havzalari va suniy ko’llar. Ayrim hollatda uyning hovli qismidagi bossendek hajmda tashkil etilayotgan baliqchilik korxonalarini ham ko’ra boshladik. Bu albatta yildan yilga o’sayotgan O’zbekiston aholisi uchun risq demakdir. Agar gap jonivorlar haqida ketsa yana bir holatga e'tiboringizni qaratay. Bundan bir muncha vaqt ilgari Rossiya fuqarosi Y.Shirokov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirib, ayiq yonida qo’lida miltiq tutgancha suratga tushdi. Bu surat ijtimoiy tarmoqlar va internet messenjerlarida yashin tezligida tarqaldi va jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo’ldi. Keyinchalik ma’lum bo’ldiki bu holat brokanerlik emas ekan! Balki ayiqni otishga Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bergan. Albatta yurtdoshlarimiz qizil kitobga kiritilgan jonzotni qo’riqxonada ovchi tomonidan ko’ngil xushlik uchun otib o’ldirilishiga bevosita ekologiya qo’mitasi rahbari ruxsat berganligini to’g’ri qabul qila olmadi. Darhaqiqat ekologiya qo’mitasini rahbari qizil kitobga kiritilgan jonzotni otish haqidagi ruxsatnomaga imzo chekishini o’zi mantiqqa biroz zid sababi bu lavozimdagi shaxs qizil kitobdagi hayvonlarni qirishi emas balki asrab qolishi kerak aslida. Ammo keyinchalik qayta va qayta ma’lum qilinishicha yuqorida qayt etilganidek qonunchiligimizda bunga ijozat beruvchi huquqiy moddalar bor va ekologiya qo’mitasi rahbarining bu qarori qonunchiligimizga zid emas. Shunday holatda aybni faqatgina ekologiya qo’mitasidan emas balki qonunchiligimizdan ham qidirishimiz ham o’rinli bo’ladi. Umid qilamizni keng jamoatchilikning e’tibor markazida turgan bu mavzu qisqa fursatlar davomida qonunchiligimizda ham o’z aksini topadi va mana shu moddalar olib tashlanadi. Umuman olganda bunday qonun oldin ham bo’lgan, katta ehtimol bilan bu kabi ruxsatlar va ovlar ham oldin bo’lgan ammo jamoatchilikda bunga nisbatan reaksiya va rezonans 2021-yilga kelib yuz berdi. Bu ham fuqarolarning ekologiyaga va atrof muhitga nizbatan faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish eta boshlaganidan dalolat nazarimda. So'zim yakuniya agar arrali odamlar va daraxtlar yoki miltiqli odamlar va jonivorlar o'rtasida to'qnashuvlar yuzaga kelsa. Imkon qadar odamlarni emas tabiyatni yonini olishga harakat qiling. Zero ona tabiyatning qasosi og'ir bo'ladi. Ayni damda shu maqolani uyimiz oynasidan ko'rinib turgan yashil daraxtlar va ana shu daraxtlarning shoxlarida sayrayotgan qushlar ovozini eshitgan holatda yozmoqdaman. Agar sizning farzandlaringiz va nabiralaringiz ham yashil tabiyat va qushlar ovozidan bahramand bo'lishini hohlasangiz ekologiya kushandalariga shu bugun yo'q deng. Aks holda ertaga kech bo'lishi mumkin
- Xudoyberganov Ulug'bek
Комментарии
Отправить комментарий