Mashina haydashni bilmaydigan odamga ferrari olib bermaymiz

 


21-may kuni "Besh tashabbus harakati Toshkent-2021" festivali doirasida Bosh vazir maslahatchisi - axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti rahbari Olimjon Umarov, IT Park direktori Farhod Ibragimov hamda Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Olimjon To‘ychievlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Ushbu uchrashuvda o'zimni qiziqtirgan uchta savolni berishga muvvaffaq bo'ldim. Quyida men bergan uch savol va savollarga masullarning javoblarini o'qishingiz mumkin.



So'ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Facebook, TikTok, Telegram kabi bir nechta tarmoqlar va messenjerlar o'z ma'lumotlar bazalarini O'zbekistondagi serverlarga olib kelmasa jarimaga tortilishi yoki bloklanishi mumkinligi haqidagi xabarlar chiqdi. Mana shu masalaga oydinlik kiritsangiz

Olimjon Umarov: - Har bir O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik pasportlarini orqa tomonida "Har bir O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasidadir" degan jumla yozib qo'yilgan. Shunday ekan davlat o'z fuqarolari va fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish borasida mana shunday jiddiy qadam tashlanmoqda. E'tibor bering Google, Facebook yoki Telegram kabi tarmoqlarning barcha serverlari boshqa mamlakatlarda. Ana shu serverlarda siz google qidiruv tizimidan foydalanib qidirgan ma'lumotlardan tortib YouTubeda qaysi videoni qancha vaqt davomida tomosha qilganingiz haqidagi ma'lumotlar ham saqlanadi. Shuni inobatga olgan holda biz shu kabi yirik tarmoqlarga shunday talabni qo'ydik. Aytishim mumkinki bu ishlarimiz besamar ketmadi. Jumladan Yandex birinchilardan bo'lib O'zbekiston serverlariga o'z ma'lumotlarini joylashtirishni boshladi. Hozirda siz O'zbekiston hududida turib YandexGo ilovasidan foydalansangiz ushbu ma'lumotlar Yandexni O'zbekistondagi serverlarida qayta ishlanadi. Aytishim mumkinki biz bu talabni qo'ygan dunyodagi birinchi mamlakat emasmiz. Jumladan Yevropa Ittifoqi, Rossiya yoki Turkiyada ham bu talablar allaqachon amalda.



Biz bolaligimizda "Tom va Jerry", "Miki maus" yoki "Skrudj Makdak" kabi multfimlarni ko'rardik. Bu kabi multfilmlar Amerikada XX arsda ishlab chiqarilgan. Hozir XXI asr bo'lishiga qaramay O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan multfilmlar juda oddiy, qalamda chizilayotgan eskicha texnalogiyalardan tayyorlangan multfilmlar. Balki Innovatsiyon rivojlanish vazirligi multfilmchilarimizga eng so'ngi texnologiyalarni olib kelib berar. 

Olimjon To‘ychiev: - Siz texnologiya olib kelib bering deyabsiz. Bu savolingizga jaydari javob beraman. Tasavvur qiling Ferrari. Biz mashina haydashni bilmaydigan insonga ferrari olib kelib berganimizdan nima foydaki u ferraridan foydalana olmasa? U nexia3 haydashni biladimi? marhamat. Biroz sabr bilan kutaylik multfilmlarimizda ham vaqt o'tishi bilan sifat oshib borar



O'zbekistonda elektromobillarni xorijdan olib kirishda to'lanadigan boj miqdorini olib tashlash ko'rib chiqilayotgan ekan. Mana shu elektromobillarni yurtimizda soni oshishini rag'batlantirish maqsadida vazirlik tomonidan elektron zaryadlash shahobchalari sonini oshirish ustida ishlar olib borilayaptimi? 

Olimjon To‘ychiev: - Eletromobillar avtomabilsozlikning kelajagi. Men aytishim mumkin hozirda Toshkent shahrida va Bo'stonlikda siz aytganingizdek elektromobillarni zaryadlash zahobchalari bunyod etilayotganidan xabarim bor. Umuman olganda elektromobillar o'tgan yilgiga nisbatan to'rt barobar ko'proq olib kirilgan. Son ortib borishi bilan zaryadlash shahobchalari ham ko'paytiriladi. Ma'lumot o'rnida elektromobillar oddiy 220 kuchlanishli elektor tokidan sekinroq quvvat oladi. Shuning uchun elektron zaryadlash shahobchalariga kattaroq quvvat bera olish imkoniyati kerak. Agar shunday shahobchalar ochish borasida g'oyalaringiz va loyihalaringiz bo'lsa vazirligimiz hamkorlikka tayyor



- Xudoyberganov Ulug'bek suhbatlashdi

Комментарии