8-mart arafasida kursdosh qizlarimizni bayram bilan qutlar ekanmiz o'zimiz tayyorlagan kamtarona sovg'alarni ularga topshirish avvalida guruhimiz yigitlari tomonidan bayram tabriklari aytildi. Men kursdoshlarimdan ohirida so'zga chiqishni so'radim va ohirgi bo'lib nutq so'zladim. Quyida ana shu kuni aytgan gaplarimni iqtibos keltiraman: Biz dunyoga kelishligimizdan avvalroq Olloh taolo tomonidan beshonamizga bizning taqdirimiz bitib qo'yilgan. Bu hayotda yashayotgan insonlarga e'tibor bersak ular ikki toifaga bo'linishadi. Ya'ni birinchi toifa o'z taqdiridan norozilar, ikkinchi toifa esa peshonasiga bitilgan taqdiridan rozilarga. Men siz kursdoshlarimga yuzlanib shuni aytib o'tmoqchimanki inson o'z ota-onasini tanlay olmaganidek kursdoshlarini ham tanlay olmaydi. Jumladan men ham hujjatlarimni qaysi oliygohga topshirishni tanlaganim bilan kimlar bilan kursdosh bo'lishni tanlay olmaganman. Biz sizlar bilan turli yillarda turli hududlarda boshqa-boshqa oilalarda dunyoga kelganmiz. Lekin Olloh bitgan taqdirimizga ko'ra bugun bir yerda kursdoshlar sifatida jamlanganmiz va ikkinchi yildirki sizlar bilan kursdoshmiz. So'zim boshidagi fikrimga qaytadigan bo'lsam men aynan sizlar bilan kursdosh bo'lganligim uchun ham o'z taqdirimdan minnatdorman. Hudo meni sizlar bilan kursdosh bo'lishligimni taqdirimga yozgani uchun ham shukr qilaman. Hozir Jurnalistika Universitetini 2-kursida tahsil olar ekanmiz 5,10, 20 yillardan keyin ham bugungidek ko'rishishligimizni Ollohning o'zi nasib aylasin. Bir qiziq tomoni ham bor. Masalan boshqa oliygohlar talabalari bir-birlari bilan o'qishni bitirganlaridan so'ng ko'rishmoqliklarining ehtimoli juda ham kam. Lekin biz hamisha bir-birimiz bilan tele syomkalarda, matbuot anjumanlari, konferensiyalar, radio eshitirishlar, bosma intervyular orqali ko'rishib turishimiz ehtimoli bor. Sizlarni hayotda bo'lmasada TV orqali ko'rsatuvlaringizni, siz olgan intervyularni ko'rishlik niyatim bor. Ahilligimizga ko'z tegmasin. Ollohni o'zi ishlarimizning rivojini bersin. Hamisha hammamiz sog' va salomat bo'laylik. Bugungi bayram barchangizga muborak bo'lsin.
- Xudoyberganov Ulug'bek (O'zJOKU talabasi)
Комментарии
Отправить комментарий