Soat 12:48, Metroda eng «Пик» vaqtlardan biri. Barcha oliygohlarda 1-smen talabalari o’quv dargohidan chiqib metroga tushmoqda. 2-smen talabalari esa oliygohlari tomon intilishmoqda. Katta miqdordagi odamlar trafiki metroga tushib kelayotgan bir vaqtda Sergelida beshta yangi bekat qo’shilgan Chilonzor yo’nalishida metro vagonlari 10daqiqadan oshiq intervalda harakatlanmoqda. Metropoliten xodimlari hech bo’lmasa ertalabgi, kunduzgi va kechki “Prime-time”larda intervalni qisqartirib qo’yishsa bo’lardi. Zero bazida oyoq bosishga ham, metro tutqichlarini ushlashga ham imkon qolmay qoladi. Oldinlari Olmazor bekatidan metro vagonlari Chilonzorga bo’sh holatda kelardi. Bugungi kunda esa Sergelidan odamlar bilan to’lgan holda keladi. Chilonzorda liq to’lgan vagonlarni Novzada, Pahtakorda va Amir Temur bekatlarida ham suratdagidek katta olamon kutib turadi.
Yunusobod yo’nalishida “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari qo’shilgan bo’lsada u yo’nalishda ham interval o’rtacha 10daqiqani tashkil etadi. Endi yuqoridagilarga Do’stlik-2 bekatidan Qo’yliqgacha yana bir yo’nalishdan bu yo’nalishlarga o’tadigan odamlarni ham qo’shing. Qiziq metropoliten rahbarlarini o’zi ham metroda yurib ko’risharmikin? Ularda soat degan matoh bormikin o’zi?
Mana shunday vaqtlarda bo’sh vagonlar to’htamasdan o’tib ketishini ko’rib kulishni ham yig’lashni ham bilmayman
Jetonlarni bekor qilingani ortidan kassalarda yig’ilib qolayotgan navbatlar haqida aytmasa ham bo’ladi. Qo’lingizda ATTO kartasi bo’lgan taqdirda ham bekatlarda nari borsa uchta o’tkazgichlar borligi ham achinarli.
Metropolitendagilar o’z ishlariga masuliyat bilan yondashib ish uslublarini o’zgartirmas ekanlar vaziyat bundanda yomonlashib ketaveradi
- Xudoyberganov Ulug'bek
Комментарии
Отправить комментарий