Davron Kabulov va jurnalistika

Davron Kabulov va Xudoyberganov Ulug'bek

Yurtimizdagi eng muhtasham "Xalqlar do'stligi" san'at saroyida 20-28-fevral kunlari Million jamoasining konsert dasturi bo'lib o'tganidan ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak. O'tgan hafta ustozimiz tez kunda universitetimizga Davron Kabulov keladi deganlarida "Million" jamoasining konsertidan keyin Davronaka kelsalar kerak deb o'ylagan edik. Lekin 22-fevral kuni kuratorimiz ertaga Davron Kabulov bilan universitetimizda uchrashuv bo'ladi deganlarida yaxshi ma'noda hayratlandim. "Million shou" o'zining eng qizg'in pallasiga kirganida Davronaka bilan uchrashish va savollar berish juda qiziqarli bo’lar edi. Universitetimizga tashrif buyuruvchi mehmonlarni asosan "Faollari zali"da yoki "Strategiya xonasi"da kutib olamiz. Tushunarliroq aytsam "Faollar zali"ning sig'imi katta. "Strategiya xonasi"ni esa sig'imi biroz kichikroq. Davronaka bilan uchrashuv aynan "Faollar zali"da bo'ldi. Zalimiz har qancha katta bo'lmasin qiziqish kuchliligi sabab zal to'ldi. Davron Kabulov kelishlari bilanoq ilk aytgan so'zlari zalga ustozlari majburlab olib kirgan talabalar bormi? degan savol bo'ldi. Bugungi uchrashuvga tabiiyki hamma o'z hohishi bilan kirgan edi. Uchrashuv qariyb 2soat davom etdi. Hech bir savol javobsiz qolmadi. Fursatdan foydalanib men ham o'zimni qiziqtirgan ikkita savolimni va bir taklifimni aytishga muvvaffaq bo'ldim. Davron Kabulovni o'zlari ham Milliy universitetning jurnalistika fakultetini tamomlagan ekanlar. Bugungi uchrashuv sabab o'zlarini ustozlari va kursdoshlari bilan ham ko'rishdilar. Uchrashuv Davron Kabulov tomonidan aytilgan motivatsion so'zlar bilan yakunlandi va navbat fotosessiyaga keldi. Aytgancha universitetimiz talabalaridan ikki nafari Million jamoasining kuz faslidagi konserti uchun taklifnomalarni ham qo'lga kiritishdi. Qisqa fursat davomida universitetimizga Akmal Saidov, Gavhar Zokirova va mana Davron Kabulovlar tashrif buyurishdi. Keyingi mehmon kim ekanligini kutib qolamiz. Million jamoasiga esa omad!!! 


#davronkabulov #millionjamoasi


Комментарии