Nechanchi yil ekanligini aniq eslayolmaymanku lekin maktabni boshlang'ich sinflarida o'qib yurgan vaqtimda Janubiy Koreyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan "Qish sonatasi" nomli serial namoyish etilgan edi. Junsan, Yujin, Sanxyok va Cherin kabi qahramonlar bilan ko'pchilikni yodida qolgan serialni umumiy xronalogiyasi to'liq yodimda qolmagan. Lekin shu serialdan bir epizod xotiramda qolib ketgan. Ya'ni qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan "Chuncheon" shahridagi maktabning o'z radiosi bo'lardi. Serial qahramonlarining barchasi radio to'garagi a'zosi bo'lishardi. Ana shu maktab o'quvchilari serial davomida radioni o'zlari sozlashardi, o'zlari efirga chiqishardi bazida tamirlashardi ham. Jahon estradasi va klassikasiga qiziqadiganlar ABBA guruhining "Dancing Queen" qo'shig'ini albatta eshitishgan. Yangilishmasam men shu qo'shiqni aynan "Qish sonatasi" serialida birinchi marotaba eshitganman. Sababi serialda aynan shu qo'shiqni radio orqali efirga berishar edi.
Shu serialni keyinchalik yana bir necha marotabalar takror namoyish etishdi. Ana o'sha takroriy namoyishlarni ko'rgan vaqtimda o'ylagan edim. Nima uchun Janubiy Koreyaning bir viloyatidagi maktabda bor bo'lgan radio O'zbekiston poytaxti Toshkentdagi maktablarda yo'q? Men kollejimizda ham radioni ko'rmaganman.
25-yanvardan e'tiboran universitetimizda off-line ta'limga qaytdik. Ma'lumot o'rnida bizning universitetimizda yangi o'quv binosi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Yangi binomizda telestudiya va e'tibor bering universitetning o'z radiosi bor!!!
Universitetimizdagi radio studiyani kirib o'z ko'zlarim bilan ko'rdim. Esdalik uchun suratga ham tushdim. Nasib etsa shu studiyadan foydalanib o'z loyihamni ham yo'lga qo'yaman.
Tan olib aytaman 1-kursligimizda Universitetimizning o'z radiosi bo'ladi deyilganida u yerga barbir talabalarni qadamini bostirishmasa kerak. Faqat ustozlarni o'zlari boshqarishadi deb o'ylagan edim lekin bir narsani faxr bilan takidlab o'tishim kerak universitetimiz radiosida kursdoshim Nozimjon Mardanov ham ishlamoqda. Murakkab texnalogiyalarni bir o'zi boshqarayotganini ko'rib havasim keldi. Kunduzgi efirlarda to'liq talabalar tomonidan tayyorlangan materiallar universitetimizda eshitirilayotganidan ham xursand bo'ldim. Boshqa oliygohlarda bu borada vaziyat qanday ekanligini bilmayman lekin O'zJOKU miqyosida aytadigan bo'lsam biz kamida Janubiy Koreyadagi ta'lim muassasalari bilan tenglashib oldik
Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)
O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti (O'zJOKU) talabasi
Комментарии
Отправить комментарий