Kechikkan erkinlik

2013-yilda o'z o'zidan hech bir ogohlantirishlarsiz bir kunning o'zida "TvM", "NTT", "ForumTv" va "СофТС" kabi telekanallar efirdan yoqolib qoldi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki bu voqealar Gulnora Karimova bilan bog'liq jinoyat ishi doirasida sodir bo'lgan.

Agar ana shu telekanallarni bir eslasam "СофТС" unchalik ham ko'rimli kanal emas edi, ko'pincha Rossiya kanallarida ko'rsatib bo'lingan film va seriallar qayta-qayta namoyish etilardi. 

"ForumTv" faqat "FondForum" faoliyatini yoritgan.

"NTT" va "TvM" esa eng ko'rimli kanallar bo'lgan.

"NTT" haqida ko'p ham gapirmayman sababi "NTT"ning vorisi bo'lgan "MY5" bilan defakto bitta telekenal. 

"TvM" da esa kuni-bo'yi kuy-qo'shiqlar, kliplar, konsertlar va rang-barang ko'rsatuvlar namoyish etilar edi. Ahamiyatlisi ko'rsatuvlarda faqat shou-biznes yulduzlari ishtirok etar agar biror bir xorijlik xonanda O'zbekistonga kelib konsert berguvdek bo'lsa ham TvM ana shu jahon yulduzidan intervyu olar va konsertdan tayyorlangan reportaj va ana shu konsertni o'zini albatta namoyish etar edi. Kliplar pleylisti esa katta tezlikda yangilanib turgan, qolaversa 2013-yilgacha shou-biznes yulduzlari o'z kliplarini premyerasini rizanovada emas aynan TvMda namoyish qilar edi. 

Oilamizdan misol keltirsam kun davomida TvMni, kechki ovqat mahalida esa asosan NTTni tomosha qilganmiz. Yoshlar telekanalida esa hamisha yaxshi serial va kinolar namoyish etilgan.

Endi siz ana shu kunlardagi holatni bir tasavvur qilib ko'ring. Zo'rTv, SevimliTv, MilliyTv va MY5 kanallari hali mavjud emas. "NTT" va "TvM" esa bir kunda yo'q bo'lib qoldi. Kabel kanallariga ulanmagan butun O'zbekiston aholisi. O'zbekiston, Yoshlar, Sport va o'zlarining hududiy telekanallari o'rtasidagi tanlov qarshisida qolganlar. (Ma'daniyat va Ma'rifat bilan Dunyo bo'ylab kanallari faqat tyuner orqali ko'rish mumkin edi) Shundan so'ng mavjud bo'shliqni to'ldirish maqsadida qisqa vaqt ichida Kinoteatr va Navo telekanallari o'z faoliyatini boshladi.

2013-yilda internet narxlari juda qimmat bo'lgan. Esimda bor oyiga 40000 so'mga evaziga faqat 5000mb olardim. Shunchaki klip ko'rish uchun YouTubega kirish u vaqt uchun imkonsiz edi. Yagona tanlov ko'chadagi DVD disklari bo'lib har bir disk 3000 bo'm bo'lgan. Shu orada yangi tashkil etilayotgan Navo kanalidan umidlar katta bo'ldi. Navo telekanalini miriqib tomosha qilamiz. Barcha shou-biznes yulduzlarini yangidan-yangi kliplarini Navo namoyish etadi deb turganimizda telekanal o'ta zerikarli pleylist bilan o'z faoliyatini boshladi. Shundan so'ng YouTubeda 1mln marttadan ko'p ko'riladigan shou-biznes yulduzlarining kliplari ham nimagadir Navo telekanalining badiiy kengashidan o'tavermadi. Faqat kastyum-shim kiyib olgan xonanda tik turgan holda bobolarimiz zamonidagi qo'shiqlarni kuylashar, yonlarida esa atlas, adras ko'ylab kiyib olgan raqqosalar xirom aylar. Orqa fonda esa bir nechta sozanda musiqa chalar edi. Eng qizig'i u xonandalarni birortasini hech kim tanimagan. 5,10 va 15ta qo'shiqlar ham shu zayilda namoyish etilar edi. Zerikarli konsertlar ham efirga uzatilardi. Haftalik TOP-10taliklar ham, ularga ovoz yig'ish jarayoni ham hamisha ommaning kulgusiga sabab bo'lgan. Chunki u TOP10taliklarga hech bir yulduz san'atkorlar kiritilmasdi.

Ovoz bering deb namoyish etiladigan ro'yxatlarni ko'rib bu telekanal biror bir avtonom respublikadan efirga uzatiladi shekilli deb o'ylar edik. 2013-yildagi oynayi jahonda ro'y berayotgan bu ishlardan so'ng ko'pchilik kabel telekanallarini tomosha qilishga tushdi, ayrimlar uyidagi televizorlarni butunlay o'chirib qo'ydi, men esa tas-ix  tarmog'i tekin bo'lgan boshqa bir tarifga o'tib kompyuterda ko'proq vaqt o'tkazishga tushdim. 

Mana vaqt o'tishi bilan MilliyTv, SevimliTv, Zo'rTv va MY5 telekanallari birin-ketin o'z faoliyatini boshladi. Katta raqobat vujudga keldi. Mana yaqinda Navo telekanalini ko'rib hayron qoldim. 2013-yilda badiy kengashdan o'tishishini hattoki tasavvur etib bo'lmaydigan qator kliplar bugunga kelib Navoda bamayli xotir namoyish etilayotgan ekan. Shou-Biznes yulduzlarini alohida pleylistlari ham shular jumlasidan. Lekin nima uchun bu hammasi bir necha yil kechikib amalga oshirildi? Nima uchun shu erkinlik ana o'sha yillari berilmadi? Bugun Navo kanali to'rtta ulkan auditoriyaga ega telenallarga o'z auditoriyasini boy berib bo'lmadimi? 

Bu barini nega yozdim? Sababi Navo telekanalini kuzatar ekanman 2013-yil erta tongda televizorimizni TvM kanaliga qo'yib ko'k rangli ekranni ko'rgan vaqtim yodimga tushdi va shuning tasirida bugungi maqolani yozdim

Комментарии

Отправить комментарий