1998, 2000, 2003, 2007-yillarda namoyish etilgan Taksi 1,2,3,4 filmlarini hamma ko'rgan bo'lsa kerak. Shu filmlar premyera qilinganida men 2,4,7 va 13 yoshlarda bo'lgan ekanman
Boshqalarni bilmadimku lekin men uchun taksining barcha qismlari ancha qadrdon bo'lib qolgan. 2018-yilda esa shu fimlar ketma-ketligining mantiqiy davomi "Taksi-5" ham ekran yuzini ko'rgan ekan. TV orqali Taksi-5 namoyish etilganida o'rtasiga, oxiriga chala-chulpa ko'zim tushib qolgan edi lekin hech boshidan-oxirigacha ko'rolmagan edim.
Bugun taksi-5 premyera qilingani yodimga tushib internetdan shu filmni 5-qismini tomosha qildim va hafsalam pir bo'lib ketdi. To'rtta san'at asaridan keyin taksi-5ni ruhan qabul qilolmadim.
Kino tamom bo'lganidan so'ng oldingi qismlarning rejissyorlari bilan qiziqdim. Taksi-1 filmiga Gérard Pirès rejissyorlik qilgan ekan. Taksi-2,3,4 filmlariga esa Gérard Krawczyk rejissorlik qilgan. Aslida butun loyihaga Lyuk Besson prodyusserlik qilgan bo'lib dastlabki to'rtta taksi filmlarining ssenariysini ham o'zi yozgan ekan. Ammo Taksi-5 filmining ssenariysini Lyuk Besson yozmagan, rejissyor ham o'zgargan.
Ya'ni "Franck Gastambide" taksi-5 filmiga rejissyorlik qilgan va bosh ro'lni ham o'zi ijro etgan va yetmaganiga ssenariyga ham qo'lini tekkazibdi. Eng jahlim chiqqan holat esa Taksi 1,2,3 va 4 filmlariga umuman aloqadorligi bo'lmagan Gastambrideni filmida biz Daniel va Emilien deb tanigan qahramonlarimizni suratga olinmagan, mana sizga surbetlik va bezbetlikning namunasi.
Hozir buning sababini o'rganish uchun bir nechta maqolalarni o'qib chiqdim ma'lum bo'lishicha barcha taksi filmlarini bosh prodyusseri Lyuk Bessonga Gastambide taksi-5 g'oyasi bilan yuzlanadi va o'zi bosh ro'lga da'vogarligini bildirib yangilangan aktyorlar jamoasini ko'rsatadi. U taklif etgan konsepsiya bo'yicha Difental va Naseri filmda epizodda ko'rinish berishlari kerak bo'lgan. Ammo Lyuk Besson qonun bilan muammolarga duch kelayotgan Naserini taksi-5da suratga tushishini hohlamaydi. Emilien ro'lini ijro etadigan Difental esa Naserisiz suratga tushishni xohlamaydi. Lyuk Besson esa to'rtta taksi filmida syujetlar bir-biriga o'xshash edi. Tomoshabinga yangilik kerak. Butun aktyorlar jamoasi yangilansin degan fikr bilan taksi-5 loyihasini boshlab yuboradi.
Faqatgina insoniy tuyg'ular sabab biz Komissar Jiber va inspektor Alen deb tanigan qahramonlarimiz taksi-5 filmida suratga tushishga rozilik bildirishadi.
Natija nima bo'ldi deysizmi? Dastlabki 4ta taksi filmlari 60mln$ dan kam bo'lmagan daromad keltirgan bo'lsa taksi-5 arang 40mln$ lik marradan o'tadi.
Xullas uzil-kesil aytganda taksi 1,2,3,4 filmlarining bosh prodyusser va ssenaristi bo'lgan Lyuk Besson barcha taksi filmlarining tomoshabinlari xotirasiga nisbatan hurmatsizlik qilibdi. Lyuk Bessonni filmlariga hurmat bilan qarasamda taksi-5 uchun uni faqat qoralayman.
Ha aytgancha taksini oldingi seriyalari uchun ishlangan soundtracklar ham juda mashhur bo'lardi. Eshitganda odam miriqardi. Hozir bu maqolamni taksi-5ga ishlangan soundtrakni yana bir bor eshitib ko'rib yozar ekanman taksi-5ga ishlangan soundtrak ham bir pulga qimmatligini alohida ta'kidlab o'tishim joiz
muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulugbek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий