Kuni kecha Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov bilan facebookdagi "Maslaxatuz" guruhi orqali online suhbatda o'z savollarim bilan ishtirok etdim. E'tiboringizga savol-javoblarni havola etaman.
Assalomu Alaykum Shuhrataka. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda 9+3 ta'lim tizimiga o'tildi va 9yil maktabni o'qigan o'quvchilar maktabdan so'ng 3yil kasb-hunar kollejlari yoki akademik litseylarda o'qishni davom ettirdilar.
Bugunga kelib biz yana 11yillik maktablarga qaytmoqdamiz. Savolim shundayki: Nima uchun 9+3 ta'lim tizimi o'zini oqlamadi?
- Buning asosiy sababi - kollejlarga malakali kadrlarning yoʼqligida edi. Buni ham oʼylab koʼrsa boʼladi. Аgar pullik kollejlar tashkil etilib, yaxshi oʼqituvchilar yollansa, kollejlar yana qaytishi mumkin.
O'zim ko'p kuzatgan holat haqida aytmoqchiman. Nimagadir Toshkent shahrida bitta kvartolni yoki bitta mahallani o'zida yonma-yon qurilgan ikkita maktabni ko'raman. Deylik bitta bahaybat maktabning yonida ham yana bir kichikroq maktab bo'ladi. Lekin ularning har ikkisi ham davlatniki. Shunday yonma-yon joylashgan ikkita maktablar haqida fikringizni bilmoqchi edim. Ularni birlashtirib yuborsak maqsadga muvaffiq bo'lmaydimi?
- Buning asosiy sababi - bir hududda oʼquvchi sonining oshib ketishi bilan bogʼliq, deb oʼylayman. Taklifingizni tegishli masʼullar bilan maslahatlashib koʼramiz.
Ko'pchilik hollatda ota-onalar farzandini 6yoshdan maktabga berishadi. Kamdan-kam hollardagina bolalari 7yoshga to'lishini kutishadi. Bazi oilalar juda ham shoshib 5yoshli bolalar ham maktabga olib borganlarini ko'ramiz. 5,6,7 - Sizningcha qaysi yoshdan bolalar 1-sinfga qadam qo'yganlari maqul?
- Nemislarda bir gap bor - bolaning bolaligini oʼgʼirlamang. Toʼgʼri, bir necha yil avval bolalar 7 yoshdan maktaga borgan. Biroq bugungi bolalarning kognitiv koʼnikmalari ancha erta rivojlanmoqda, yaʼni ularning oʼzlashtirish xususiyatlari 6 yoshda ham maktabga tayyor. Аgar ota-ona shunga amin boʼlsa, 6 yosh ham maktab uchun qulay fursat.
Amerika filmlarida ko'raverib ko'zimiz o'rganib ketgan bir holat bor. Ya'ni maktab o'quvchilarini maktabga sariq rangli avtobuslab olib keladi va yana olib borib qo'yadi.
1-savol Amerikada bu xizmat pullikmi yoki bepul?
2-savol bizda ham o'quvchilarni maktabga olib boradigan yoki olib ketadigan avtobuslarni faoliyatini yo'lga qo'yishimiz mumkinmi? (masalan olis hududlarda?)
- Har kuni 500 mingga yaqin avtobus 26 millionga yaqin amerikalik oʼquvchini maktabga bepul olib borib keladi. Bunga erishish uchun АQSh da qaysidir avlod qattiq mehnat qilgan. Аgar biz ham hozir kelajagimiz uchun oʼzimizni fidoyiligimizni namoyish qilsak, yaqin yillarda bepul avtobuslar bizning maktablarda ham yoʼlga qoʼyiladi.
O'zbekistonda ta'limga ixtisoslashgan uchta vazirlik, shuningdek texnologiya va innovatsiyaga ixtisoslashgan ikkita vazirlik bor! Shu 5ta vazirlikni yagona: "O'zbekiston ta'lim vazirligi" nomi ostida birlashtirsa bo'lmaydimi? Xorijiy davlatlarda ham bo'lgansiz. Jahon tajribasiga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda ta'lim sohasida nechta vazirlik bo'ladi?
- Koʼpchilik davlatlarda maktab va oliy taʼlim bitta vazirlikda. Аmmo bu tajriba bizda oʼzini oqlamagan. Siz aytgan vazirliklarning faoliyat yoʼnalishi bir-biridan farq qiladi.
Ota-onalar farzandim rus tilini yaxshiroq o'rganadi, rus tilini mukammal o'zlashtiradi deb o'zbek oilalarida bolalarini rus tilidagi sinflarga berishadi va 4-sinfni tamomlashganidan so'ng 5-sinfdan o'zbek tilidagi sinflarga ko'chirtirishadi. Umuman o'zbek oilalarida ulg'ayotgan bolalarni rus tilidagi sinflariga o'qishga berilishi qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz. Shuningdek rus tilidagi sinfda to'rt yil o'qigan o'quvchini 5-sinfdan o'zbek tilidagi sinfga ko'chirilishiga munosabatingiz. Bu bolalarga ruhiy tomonlama qanchalik og'ir?
- Ikki xil ota-ona bor - biri farzandini maqsadli ravishda rus tili sinfiga beradi, ikkinchi tur ota-ona - koʼr-koʼrona (boshqalar shunday qilyaptimi, demak u ham shunday qilishi kerak). Maqsadli ravishda bunday qilishning bosh sababi - axborotning hajmi va axboriy makon yoki bilim imkoniyatlari bilan bogʼliq. Yaʼni, bilim olish makoni qanchalik keng boʼlsa, bolaning kelajakdagi imkoniyatlari shu darajada oshadi. Bilim va kitoblarni katta hajmda oʼzbek tiliga oʼgirish tizimiga muhtojmiz. Shuningdek, buning bosh sababi oʼtmish bilan ham bogʼliq. Misol uchun, Hindistonda yashaganimda boy va kambagʼal bolasini ingliz maktabiga berganiga guvoh boʼlganman.
Prezident maktablari va oddiy umum ta’lim maktablaridagi adabiyotlar bir-biridan qanchalik farq qiladi?
- Qisman farq qiladi, m.u. asosan aniq fanlar xorijiy tajriba asosida oʼqitiladi.
Kimyo xonalari isloxotga muhtojmi? Hozirgi kimyo fanidan bo’ladigan darslar talabga qanchalik javob beradi?
- Laboratoriyalar talab darajasida emas, eng yomoni oʼqituvchilar ham ulardan toʼgʼri va unumli foydalanishni bilmaydilar. Qurilayotgan zamonaviy STEAM laboratoriyalar oʼzini oqlashi uchun yaxshi kadrlar kerak.
* savollarni Xudoyberganov Ulug'bek yo'lladi

Комментарии
Отправить комментарий