Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayevning talabalarga murojaatlari eʼlon qilindi.
Ustozimiz biz talabalarga 8ta konkret savollar yo‘llab shu mavzularda mushohada yuritishimizni taklif qilibdilar.
Bu savollarni diqqat bilan o‘qib chiqqanimdan so‘ng jim o‘tira olmadim va o‘z fikrlarimni imkon qadar batafsil bayon etishga qaror qildim. Quyida ushbu savollar va shu savollarga mening javobimni o‘qishingiz mumkin.
- SAVOLLAR:
1. Pandemiya sharoiti va uning oqibatida yuzaga kelgan karantin davrida media tizimining qanday turlari rivojlanyapti va qaysi turlari inqirozga tushib qolgan? Buning sabablari nimada?
2. Jurnalistikaning qaysi janrlariga pandemiya sharoiti va karantin davrida talab yana-da ko‘proq ortmoqda?
3. Bloger hamda jurnalistlarning jamiyatda o‘zini tutish va odob-axloq meʼyorlari pandemiyagacha qanday edi, karantin davrida bu borada nechog‘li o‘zgarish yuz berdi? Koronavirus tarqaguniga qadar odatiy bo‘lgan qanday holatlar bugun nojo‘ya ish sanalmoqda?
4. COVID-19 dan aholining zararlanishi va hatto qurbon bo‘lishi holatlarini davlatlarning siyosiy-iqtisodiy qurilishi doirasida solishtirib, tahlil qiling. Sizningcha, farqlarning sabablari nimada?
5. Pandemiyadan so‘ng siyosat hamda geosiyosat sohalarida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
6. Pandemiyadan so‘ng oliy va o‘rta maxsus hamda xalq taʼlimi sohalarida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
7. Pandemiyadan so‘ng biznes, tadbirkorlik va ishbilarmonlik sohasida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
8. Karantin davridagi o‘zini-o‘zi izolyatsiyalash sharoitida siz o‘zingiz uchun kelgan beshta xulosani ayting.
* * * * *
- MENING JAVOBLARIM:
1-Bu davrda aynan bosma nashrlar inqirozga yuz tutmoqda deyishimiz mumkin, Pandemiyagacha bo‘lgan davrda ham bosma nashrlar, jumladan gazetalarning bir necha yildan keyingi taqdiri nima bo‘larkin degan mulohazalar yurardi.
Yaʼni bugungi globallashuv davrida bosma nashrlar mushtariylarining soni tobora qisqarayotgani sezila boshlagan edi. Karantin rejimi boshlanganidan keyin esa gazetalarni ishlab chiqarilishi, matbuot shoxobchalarida sotilishi va odamlar gazeta-jurnal xarid qilish uchun ko‘chaga chiqishi jarayoni to‘xtadi. Vaziyatdan kelib chiqib gazetalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ham masofadan turib ishlash rejimiga o'tishdi.Endilikda gazeta-jurnallar online nashr shakliga o‘tishdi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham urg‘u berishdi.
Ko‘plab jurnalistlar va blogerlar ham hozir karantin vaqtida o‘z uylaridalar. Shuning uchun ham ular o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ko‘proq eʼtibor qarata boshlashdi.
2-Pandemiyagacha bo‘lgan davrda qisqa xabarlar, qisqacha yangiliklar ommabop sanalardi. Uzun yozilgan postlar yoki batafsil yozilgan tahliliy maqolalarni ko‘pchilik o‘qimas edi. Buning asosiy sababi esa ko‘pchilikda buning uchun vaqtini qizg‘anardi. Hozirgi sharoitda esa qisqacha xabarlar, umumiy olganda esa yangiliklar to‘lqini biroz chekinib tahliliy maqolalarga talab ortdi.
3-Pandemiya sabab vujudga kelgan karantin davrida jurnalist va blogerlar o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘rinib qoldi. Ayrim blogerlar karantin davrida o‘zlarini nomunosib tutayotganliklari blogerlarning nufuzini kundan-kunga tushirib yubormoqda.
Jumladan ko‘plab bemaʼni, bachkana kontentdan tashkil topgan sahifalarni yuritib o‘zini bloger sanaganlarning ayrimlari o‘zlarini bemaʼni hazillari sabab aynan karantin vaqtida ko‘p bor pand yeyotganlarini ko‘rmoqdamiz. Karantin davrida jamiyatdagi yurish-turish qoidalarini buzib buni ijtimoiy tarmoqlarda oshkora namoyish etgan blogerlar buning natijasida jamoatchilikni nafratini qabul qilib olishmoqda. Yana bir jihat pandemiyagacha bo‘lgan davrda hukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga blogerlar tanqidiy munosabatda bo‘lishi omma nigohida “qahramonlik”dek ko‘rinardi va bu odatiy holga aylanib borayotgan edi. Ammo aynan karantin vaqtida barcha blogerlar hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga o‘z xayrihohliklarini oshkor etishga urinishmoqda. Karantin sabab qo‘yilayotgan har qanday ko‘rinishdagi taqiq va cheklovlarni esa tanqid qilish nojo‘ya ish sanalmoqda.
Jurnalistlar haqida so‘z borar ekan men hozirgi sharoitda o‘z faoliyatini davom ettirayotgan jurnalistlarni jasoratlarini shifokorlar va qurolli kuchlar xodimlari bilan bir qatorga qo‘ygan bo‘lardim. Nimaga deganda barcha karantin sabab o‘z uyida, oila davrasida bo‘lgan vaziyatda jurnalistlar ishga borishmoqda. Ustiga-ustag koronavirus xastaligidan endigina forig‘ bo‘lib navbatdagi reabilitatsiyaga ketayotgan bemorlardan intervyular olishmoqda, karantinga olingan fuqarolar bilan suhbatlashishmoqda, kun davomida ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan postlarda turib lavhalar tayyorlab kechalari esa ular bilan birgalikda tungi reydlarga chiqishmoqda. Davlat telekanallarida suratga olish maydonlaridan, xususiy telekanallarda esa o‘z xonadonlaridan turib faol mehnat qilishmoqda. OAV xodimlarini jasoratlarini inobatga olmasdan ilojimiz yo‘q.
4-O‘zbekiston hukumati koronavirusga qarshi kurashda barcha yukni o‘z zimmasiga oldi. Zero aksariyat xorijiy mamlakatlar o‘z fuqarolarini pendemiya davrida yolg‘izlatib qo‘ydi. Bizda esa koronavirus yuqtirib olgan fuqarolar bilan bog‘liq bo‘lgan shuningdek 14kunlik karantinga olingan yurtdoshlarimiz bilan bog‘liq barcha xarajatlar hozirda hukumat gavdanida.
Mamlakatimiz aholisi soni 34mln deb oladigan bo‘lsak bu jamiyatda har bir fuqaroning o‘z o‘rni, o‘z funksiyasi bor. Tojdorvirus yurtdoshlarimizga yetkazayotgan jabr-sitamlari esa mana shu strukturaga u-yoki bu darajada tasir etmay qolmaydi.
Zero bu kasallik sabab qurbon bo‘lganlar ham kimningdir ota-onasi yoki aka-opasi bo‘lib ularni yoqotishimiz bu avvalo maʼnaviy-ruhiy yoqotish bo‘ladi. Hozirda qo‘llanilayotgan barcha karantin qoidalari bu virusning salbiy zararlarini eng minimal darajada ushlab qolishda bo‘lmoqda.
5-Bu dunyo o‘z tarixi davomida ikkita jahon urushini ko‘rgan va ana shu jahon urushlariga 1- va 2-jahon urushi deya nom bergan. Men o‘ylaymanki koronavirus sababli vujudga kelgan bu pandemiya o‘tib ketganidan keyin bu voqelik jahon tarixida 1- va 2- jahon urushlari kabi o'z nomini oladi va bugungi hodisalarni butun dunyo anchagacha unutolmaydi.
Shuningdek ushbu pandemiyadan so‘ng butun dunyo mamlakatlari ko‘plab masalalarda yakdil bo‘la boshlaydilar. Hozirgi kunda insoniyatni o‘ylantirayotgan muammolarga bir yoqadan bosh chiqarib kurashishni davom ettirishadi.
Eng xavotirlisi jahon iqtisodiyoti juda katta zarba qabul qilib olganligi va buning oqibatida yuzaga keladigan iqtisodiy-inqirozni bu dunyo qachon yengib o‘tishi borasida taxminlarning juda ko‘pligida. Qolaversa Yana bir jihat endilikda butun dunyo mamlakatlari ilm-fanga, kimyoviy laboratoriyalar, fizikaviy tadqiqotlar, shifoxonalarga avvalgidan ko‘proq mablag‘ ajrata boshlasalar kerak. Ilm-maʼrifatga endi eʼtibor davlatlar miqyosida kuchayishi tayin.
6-Biz pandemiya sabab O‘zbekistonda eng avvalo taʼlim sohasida bir emas bir necha qadam oldinga tashlashga muvaffaq bo‘ldik deb o‘ylayman. Ehtimol 5-10 yildan keyin kutilayotgan online taʼlimlarning turli xil shakllari qisqa vaqt ichida yaratib bo‘lindi. O‘ylashimcha bu boshlangan ishlar to‘xtab qolmaydi, aksincha takomillashib o‘z taraqqiyotini boshdan kechirgan holatda taʼlim sohasida katta innovatsiyalar sodir bo‘lib it-texnologiyalar jadal kirib kela boshlaydi. Oliygohlar miqyosida esa kunduzgi va sirtqi ta'lim shakillarining safiga esa masofaviy ta'lim ham yaqin 2 yil ichida kirib kelsa ajab emas.
Maʼnaviy jihatdan esa hozirda bizning eng katta yutug‘imiz shunda bo‘lmoqdaki ota-onalarimiz o‘z farzandlariga vaqt ajratishmoqda. Ustozlarimiz ko‘p taʼkidlaydigan so‘z "Taʼlim madrasada, tarbiya esa uyda berilishi kerak" degan qoidaga amal qilinmayotgan edi. Buning natijasida maktab yoshidan boshlab yoshlarimizning tarbiyasi dars ketib, o‘nglab bo‘lmas oqibatlar vujudga kelayotgan edi. Bugun esa ana shunday farzandlar o‘z ota-onalari bilan birga. Ota-Onalar uzoq yillar davomida farzandlariga tarbiya bermaganliklarini bugun tushunib yetishmoqda. O‘g‘il-qizlari boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan ota-onalar ham bolalari bilan birga dars qilishmoqda, kunlarini birga o‘tqazishmoqda. Karantingacha katta muammo bo‘lgan vaqt hozir serob. Qanchalik g‘alati eshtilmasin karantin bizdagi taʼlim va tarbiyaga o‘zining ijobiy tasirini ko‘rsatdi.
7-O‘ylashimcha karantin tugaganidan so‘ng shaharlar bo‘ylab ko‘plab do‘konlarning eshiklariga qizil rangdagi «Продается» yozuvi ilib qo‘yiladi. Ko‘chmas mulk bilan avtomobillarning narxida keskin pastlash sabab bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri esa ko‘pchilik karantin davrida ham isrofgarchilikka qo‘l urayotganligi va o‘zining naxt pullarini noto‘g‘ri sarflayotganligida.
Bunday vaziyatdan yana katta boylar foydalanib qolishadi. Ayniqsa naxt puli bor va eksport bilan shug‘ullanib valyutada pul jamg‘arib qo‘yganlar juda avjiga chiqishadi. Ishbilarmonlik borasida esa tomorqasi bor, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan har qanaqangi fermerlarning pichoqlari moy ustida bo‘lib qolsa ajablanmayman. Eksport borasida ham no oziq ovqat mahsulotlarini sotadiganlar xorijdagi bozorlarini bir qismini yoqotishlari mumkin ammo oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradiganlar eksport bobida ham umuman qiyinchilikka duch kelishmasliglari aniq.
8-
1) Har kunimizni qadriga yetishimiz kerak ekan,
2) Ilm-maʼrifatga hech narsa teng kelolmas ekan,
3) Diydor g‘animat ekan,
4) Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va "time management"ga eʼtibor berish kerak ekan,
5) Meditsina yutuqlari bugun o‘rgatayotgan qoidalar bundan ming yildan oldinroq muqaddas Islom dinida aytib bo‘lingan ekan.
muallif: Xudoyberganov Ulug'bek

Комментарии
Отправить комментарий