Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oliy majlisga murojaatnomasi katta shov-shuvlarga sabab bo'layotgani bor gap. Murojaat o'ta dolzarb va muhim masalalardan tashkil topgan bo'lsada ko'pchilikning aqlini shoshirib qo'ygan jihatlardan biri shundaki, ushbu murojaatnomada kam ta’minlangan va kambag'allar haqida so'z borgani bo'ldi.
Davlat rahbari keltirgan statistik ma'lumotga ko'ra hozirgi kunda yurtimizda 4,5−5 mln kishilik aholi kam taminlangan.
Aynan ko'p sonli kam taminlangan va kambag'al oilalarning pulga, mol-dunyoga va davlatmant bo'lishga bo'lgan orzu-niyatlari, hohish-irodasi natijasida ayrim ishni ko'zini biladigan tadbirkorlar ustomonlik bilan
- Boy bo'lishni hohlaysizmi?
- Millioner bo'lish sirlari
- Falonchi Pistonchiyev o'z biznes sirlarini ochiqlaydi.
- Tadbirkordan master-klass
- O'z biznesingizni yo'lga qo'yishingizda ko'mak beramiz
*Joylar soni cheklangan, shoshiling, oshiqing, imkonni qo'ldan boy bermang, faqat siz uchun
shunga o'xshash sarlavha va shiorlar ostida ma'lum haq evasiga, odamlarni yig'ib darslar tashkillashtirishdi va hali ham bu odat davom etib kelmoqda.
Biznes trening, master klasslar va biznes yuzasidan bo'lib o'tgan uchrashuvlar, tadbirlar va treninglarga ma'lum miqdordagi pulni kassaga to'lab keyin kirasiz, ba'zida puli to'lab qo'yilgan chiptani qo'lida tutib turganida ham o'tirishga joy topolmay qolganlar bo'ladi.
Kulgulisi esa bir yilda million dollor topishni o'rgatadigan odamlarni o'zlari aravalarini bazo'r yo'rg'alayotgan, million dollorni tushida ham ko'rmagan chala-tadbirkorlar yoki chala-firibgarlar bo'lardi.
Bu huddi qondan qo'rqadigan insonlar qassoblikni, balandlikdan qo'rqadiganlar uchishni, suzishni bilmaydiganlar esa sho'ng'ishni o'rgatgandek gap.
Men o'sha vaqtlarda qani endi chindan ham real hayotda katta yutuqlarga erishgan, aslida ham yirik tadbirkor, ajoyib notiq, real yutuqlarni qo'lga kiritgan insonlar master-klass namoyish etishlarini, aynan nimanidir uddasidan chiqgan insonlar menga hayotda yo'l-yo'riq ko'rsatishlarini hohlardim.
Masalan qani endi Alisher Usmonov milliarder bo'lish sirlari haqida ochiqchasiga gapirsalar va men ana o'sha auditoriyada bo'lib qolsam chakki bo'lmasdi.
2019-yilda O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Komunikatsiyalar Unversitetiga o'qishga kirib, talaba maqomini qo'lga kiritganimdan so'ng bir necha marotaba shaxsan rektorimiz Sherzod Qudratxo'jayevni nutqlarini eshitib, ularni maruzalarini tinglashga muvvaffaq bo'ldim. U insonni shaxsiy tajribalaridan boxabar bo'lish barobarida o'zim uchun motivatsiya oldim.
Jurnalistika unversiteti talabasi sifatida barcha jurnalistlarni orasidagi eng mashxur, eng qalami o'tkir va eng obro'si baland jurnalistning nutqini eshitib, mahorat maktabini o'zlashtirish juda ajoyib holat nazarimda.
Ayniqsa buning barchasi bepul bo'lsa va unversitet rektori barcha talabalarga eshigi ochiqligi, har bir taklifni o'rganib chiqishga hamisha tayyorligini aytishi ham kam uchraydigan (O'zbekiston sharoitida uchramaydigan) holat.
"Nimaga yoshi katta insonlar bizdan o'zlari erisha olmagan natijalarni talab qilishadi" degan gap bo'lardi.
Darhaqiqat bazi insonlar:
- Biz o'z vaqtida shunday qilmaganmiz, biz qilolmaganmiz, biz uddasidan chiqolmaganmiz. Mana sizlar unday emas bunday qilinglar! deb aytishlariga ko'pchilik ko'nikib ham qolgan ammo Sherzod Qudratxo'jayev rektor sifatida o'z talabalari bilan uchrashuvda bizdan anqoning urug'ini emas balki o'zlarining boshidan kechirgan jarayonlardan ortda qolmaslikni, o'z tajribalarida muvaffaqiyat olib kelgan unsurlarni shunchaki takrorlashimizni so'ramoqdalar. Masalan: Kamroq uxlab, ko'proq o'qishni va uqishni.
Sherzod Tojiddinovich jurnalist sifatida ajoyib biografiya va har bir OAV xodimi orzu qiladigan yutuqlarga ega shaxs.
Biz talabalar ulardan imkon qadar ko'proq narsani o'rganishimiz va rektorimiz bilan bo'ladigan muloqotlardan imkon qadar ko'proq foydalanishimiz kerak nazarimda.
Sarlavhadagi so'zlarga to'htaladigan bo'lsam. Unversitetimizni o'rab turgan devor ortida turgan ko'plab yoshlar Sherzod Qudratxo'jayevni master-klasslarini ko'rish, nuqtlarini eshitish, darslarida qatnashish uchun hattoki ma'lum miqdorda pul to'lashga ham tayyor. Bizdan esa buning uchun hech narsa talab etilmayabdi.
Shunday ekan bu kunlarni qadriga yetib, ustozlarimiz aytganlaridek ko'proq o'qishimiz va ular ko'rsatayotgan marralarni tezroq zabt etishimiz kerak. Ustozlarimizning so'zlariga kirib kam bo'lmasligimiz aniq.

Комментарии
Отправить комментарий