Biz kimga havas qilaylik?

Hammasi maktabning 7-sinfida o'qib yurgan vaqtimdan boshlandi. Binoiydek hayot g'am tashvishlaridan holi ravishda maktabda o'qib yurgan davrim edi. Ana o'sha kunlarning birida, uyimizga kelgan qarindoshlarimiz bilan oila davrasida o'tirganimizda qarindoshlarimizdan biri menga konkret savol bilan murojat qildi: - Ulug'bek maktabni tamomlagach qaysi kollejda o'qimoqchisan? Bu borada 7-sinfgacha bir qarorga kelmagan ekanman lekin o'sha vaqtda aniq javobni aytishim uchun 7soniya yetarli bo'ldi: - Yuridicheskida o'qiman! deya qatiyat bilan javob berdim.
O'sha kuni bu haqida oyim ham birinchi marotaba eshitdilar va jamiyki meni tanigan va bilgan insonlardan farqli ravishda aynan volidam meni bu so'zlarimni jiddiy qabul qildilar.
Aynan 7-sinfda o'qib yurgan vaqtimdan boshlab hayolimning tub-tubiga men kuni kelib "Prokuror" bo'laman degan maqsad o'rnashib qoldi. Men bu haqida shu qadar ko'p gapirdimki 9-sinfdaligimda men maktabni tomomlab yuridik sohada o'qishim va kuni kelib albatda prokuror bo'lish maqsadim haqida barcha sinfdoshlarim, ustozlarim, do'stlarim va qarindoshlarim ham bilishardi. 9-sinfda o'qish mavsumi davom etayotgan bir pallada maktabimiz psixologi barcha 9-sinfda taxsil olayotgan o'quvchilardan maktabni bitirib qaysi kollej yoki litseyga hujjatlarini topshirishi haqida suhbat o'kazdi. Deyarli barcha sinfdoshlarim bu savolga javob berishda o'sha 9-sinfning o'rtasida ham qiynalishardi. Ko'pchilikda hali ham aniq maqsad yo'q edi. Lekin men takror va takror yuridik kollejda o'qiman va prokuror bo'laman degan so'zlarni qaytaraverardim.

Bundan boxabar bo'lgan tarix va ona tili-adabiyot fanidan dars beradigan ustozlarim meni yuridik kollejda bo'ladigan test sinovlariga tayyorlay boshlashdi. Qizig'i so'ngi qo'ng'iroqga yaqin qolgan kezlarda ayrim "aqilli" qo'shnilarimiz va bazi uzoqroq qarindoshlarimiz oyimga yuridik kollejga kirishim qiyinligi. Toshkent yuridik kollejiga kirish uchun $da xarajat qilinmasa qilingan barcha mehnat chikora ekanligini aytishdi. Lekin men qarorimni o'zgartirmadim va bilimimga ishonishimni aytdim.

Oyim esa meni qo'llab quvatladilar. Maktabimizdan 4ta o'quvchi 2-Toshkent yuridik kollejiga hujjatlarimizni topshirganni aynan ana o'sha maktabimiz psixologi bilan birga bordik. Osilsang baland dorga osil deganlaridek "2-TYuK"dagi eng avtoritet fakultet sanalgan "Huquqshunoslik" yo'nalishiga hujjatlarimni topshirdim.

Omadni qarangki o'sha 2013-yilgi qabul vaqtida 2-Toshkent Yuridik kollejiga o'qishga kirish uchun test sinovlari o'tkazilmadi va barcha hujjatlarini shu kollejga topshirgan o'quvchilar bir varakayiga o'qishga qabul qilinishdi.

Barbir bunday nufuzli kollejga o'qishga kirolmayman, testdan o'tolmayman, mening salohiyatim yuridik kollejga tortmaydi deb boshqa oddiyroq kollejlarga hujjatlarini topshirgan ko'plab o'quvchilar boshlarini urish uchun devor qidirib qolishgan edi o'sha yili.




2-Toshkent Yuridik kollejiga birinchi marotaba borganim, o'quvchilarni yuristlarga xos libosini olganim, kollejdagi kursdoshlarim bilan birinchi uchrashuvmiz va kollejdagi birinchi darsimiz bo'lgan kun haqida to'lqinlanganimdan soatlab voqealar ketma-ketligi va xotiralarimni gapirib berishim mumkin.

Lekin endi sarlavxadagi mavzuga aloqador qismi haqida to'htalmoqchiman. Yuridik kollejga o'qishga kirishdan oldin ham - o'qishga kirganimdan keyin ham mening orzuyim sudya, advokat yoki adilya xodimi bo'lish emas edi. Balki mening orzuyimda faqat va faqat prokurorlik charx urardi. Prokurorlarning libosida o'zimni tasavvur qilardim va prokuror degan so'zni eshitganimda yuragim o'zgacha urardi.

2013-yilning sentabr oyida o'quv mavsumi boshlanganidan so'ng birinchilardan bo'lib bizga "Konstitutsion huquq" fanidan dars bo'ldi. Ustoz birinchi darsini tabiiyki badiy qismdan boshlab: - Siz yoshlarni yuridik kollej o'quvchisi bo'lganingiz bilan tabriklayman, shunday dargohga munosib o'quvchilar bo'ling, qanchadan-qancha yoshlar sizning o'rningizda bo'lishni, shu auditoriyada o'tirishni orzu qilishi haqida o'ylang, sizlardan kuni kelib yetuk yuridik kadrlar chiqishiga ishonaman degan so'zlar bilan darsni boshladilar.

Yozuv-chizuv qismidan so'ng ustozimizga savol berdim:
- Ustoz O'zbekiston respublikasining bosh prokurori kim? Ustoz pirikomil javob berdi: Rashidjon Qodirov Hamidovich. Tabiiyki men mamlakat bosh prokurori ism-sharifini daftarimning bir chetiga yozib qo'ydim. Ustoz so'zida davom etib, Rashid Qodirov 13yildan buyon ushbu lavozimda ekanligini qo'shimcha qilib qo'ydilar. Mening hayolimga kelgan narsa yurtboshimiz Islom Karimov bu insonni qayta-qayta ushbu lavozimga bejiz tayinlamaganlar, demak Rashid Qodirov adolatli va halol inson ekan, yurtboshimiz va xalqimiz ishonchini oqlayotgan ekan. Kuni kelib men ham prokuror bo'laman deb o'yladim. O'sha kuni uyga kelib internetdan Rashid Qodirovni suratlarini ko'rdim va qatiyatli, adolatli inson sifatida tasavvur qildim. Rashid Qodirov bilan agar biror-bir tadbirda ko'rishib qolsam u insonni oldiga borib salom beraman, qo'l berib ko'rishib u insonga havas qilishimni aytaman deb dilimga ham tugib qo'ydim. Lekin Rashid Qodirov bilan real hayotda ko'rishmadim. Oradan ikki yil o'tib birinchi prezidentimiz Islom Karimovning o'zi Rashid Qodirovni bosh prokurorlik lavozimidan olib konstitutsion sudga sudya qilib qo'ydilar. O'sha payt ustozlarimizdan nega bunday bo'lganligini so'raganimda, Balki kadrlar almashinuvi, balki 15 yil bitta lavozimda faoliyat olib borgan xodimni sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ehtimoliy korupsiya holatini oldini olish yoki konstitutsion suddagi "Bardak" vaziyatni Qodirovdek tajribali kadr bilan tartibga solish maqsad qilingandir degan tahminlarni aytishgan edi.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov 2015-yilda Rashid Qodirovni o'rniga Ixtiyor Abdullayevni O'zbekiston Respublikasining bosh prokurori etib tayinladilar.



O'z vaqtida adilya vaziri o'rinbosari bo'lgan, 6yil davomida Islom Karimovning kadrlar bo'yicha davlat maslaxatchisi sifatida faoliyat olib borgan inson bosh prokuror bo'lgan kundan etiboran mening kumirim bo'lgan edi. Ixtiyor Abdullayev birinchi prezidentimiz Islom Karimovning vafotidan so'ng Shavkat Mirziyoyevning ham ishonchiga sazovor bo'lgan edi, sababi 2018-yilgacha O'zbekiston bosh prokurori bo'lgan Ixtiyor Abdullayev keyinchalik DXXga rais etib tayinlandi. Shundan so'ng yangi prokuror Otabek Murodov bo'ldi, Otabek Murodovni tarjimai holini o'qib chiqgan inson beihtiyor qarsak chalib yuboradi. Huquqni muhofaza qiluvchi orgonlarda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan Otabek Murodov 43yoshidayoq O'zbekiston respublikasining bosh prokurori bo'ldi. Albatda 2018-yilda prokuror bo'lish orzusi men uchun hom-hayol ekanligini o'zim uchun tan olib bo'lgan edim lekin shunday bo'lsada bosh prokuror sifatida Otabek Murodovga ham xurmat va havas ko'zi bilan qaradim.

Ana endi hikoyamning eng qiziq joyiga keldik. Men yoshlik qilib havas qilib, hayotda ko'rishib qolganimda oldiga borib salom beraman deganim Rashid Qodirov: pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda sud hukmi bilan aybli deb topildi va 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirovni maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.
O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil Andijon viloyati faollari ishtirokida davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida: - Hammasi borib, Boltiqbo‘yida uy qurib olgan. Suratlarini ko‘rsangiz, kechirasiz, Amir Temur bobomiz shuncha millatning rahbari bo‘lib ham, unday joylarda yashamagan. Amirlikning shayxlari ham bunaqa joyda yashamaydi. Kimning puli bular - xalqniki. Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan deb aytib o'tdilar.
Rashid Qodirovdan keyin O'zbekiston respublikasining bosh prokurori va keyinchalik DXX raisi bo'lgan Ixtiyor Abdullayevga 2019-yil sentyabrda sud hukmi o'qilgan va u tuzgan jinoiy uyushma a'zolari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ushbu jinoyat ishi bo‘yicha hukm e'lon qilingan. Ixtiyor Abdullayev jinoiy uyushma tashkil etib, mansab vakolatini suiiste'mol qilib, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab, juda ko‘p miqdorda pora olish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilik, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyatlar majmui tariqasida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan.

Ixtiyor Abdullayevdan keyin bosh prokuror bo'lgan Otabek Murodov esa 2019-yil 20-iyunida lavozimidan ozod etilgan va 2019-yil 21-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Senatdagi chiqishida sobiq bosh prokurorni tanqid qilib, u poraxo‘rlikda ayblanayotgani va unga nisbatan jinoiy ish ochilganini aytgandilar.

Shavkat Mirziyoyev o'sha kungi nuqtlarida Otabek Murodov masalasiga to'htalar ekanlar: - Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U viloyat prokurorlaridan 100 ming, tuman prokurorlaridan 50 ming dollardan pora olgan.

Abdullayev ham, bunisi ham uzoq muddatlarga qamaladi. Ko‘rasizlar, hali. Qonun barchaga barobar. Pora oldimi, jinoyat qildimi, qilmishiga yarasha javob beradi.

Biz odamlar ishonib, katta lavozimga tayinlaymiz. Ular esa darrov poraxo‘rlikka o‘tadi. Kim baxt topgan poradan, 10 ta uydan? 2 xonali uyda yashading nima, 20 ta xonali uyda yashading nima? Baribir 20 ta xonada yashamaymizku? Faqat oshxonaga va yotoqxonaga kiramiz. Baxt tinchlik-totuvlik, salomatlik, farzandlar va nabiralar baxtida, kulgusida emasmi?”, — degan edi prezident.
Shavkat Mirziyoyev yangi Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev haqida quyidagi fikrlarni bildirgandi: “U uzoq yillar prokuratura organlarida xizmat qilgan. Men Nig‘matilla Yo‘ldoshevni uzoq yillardan beri bilaman. Halol, pok odam. U olti oydan keyin menga faoliyati bo‘yicha hisobot beradi. Tizimda eski to‘dadan hech kim qolmaydi. Yoki prokuraturani keskin qisqartirib tashlayman, yoki ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi Adliya vazirligi tarkibiga kiritib yuboraman” deya takidlagandi prezident.

Shunday ekan men sobiq bosh prokurorlarimizdan uchtasini faoliyatiga jiddiy qiziqdim va kuzatdim, ularga inson sifatida havas ko'zi bilan qaradim. Bir kun kelib ular singari prokuror bo'lishni orzu ham qildim ammo alal-oqibat adashganligim, u insonlarga havas qilib bo'lmasligini angladim.
Bugungi kunda esa mening orzuyim prokuror emas balki jurnalist bo'lish. Prokuror bo'laolmagan bo'lsamda xalqimga naf keltiradigan, el-yurt uchun kerakli, yaxshi jurnalist bo'lishni hohlayman

chapdan o'nga: R.Qodirov, I.Abdullayev, O.Murodov

muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии

  1. Ҳозир пора олмайдиган, ва ололмайдиган фақат сиз-у биз қолдик ўзи 😂

    ОтветитьУдалить
  2. Ойликлари ҳам отнинг калласидек бўлиши керак. Нафсим қурғур балодур, ҳар кўйларга соладур ��

    ОтветитьУдалить

Отправить комментарий