Foto: depositphotos.com |
Afg'onistonga Sovet Ittifoqi armiyasidan oldin KGBning maxsus kuchlari kiritlgan. Bir yildan ziyodroq vaqt davomida KGB xodimlari Afg'onistonda faoliyat olib borgan. Mantiqan bu vaqt davomida KGB Afg'onistondagi barcha muxolifat kuchlariga qarshi razvedka harakatlarini samarali amalga oshirishi va Sovet armiyasi Afg'onistonga kiritilganidan so'ng KGB ma'lumotlariga tayangan holda osonlik bilan g'alaba qozonishi kerak edi. Amalda nima bo'ldi? 10 yil davom etgan urushda Sovet Ittifoqining 15mingdan ziyod qurolli kuchlar xodimlari Afg'onistondagi urushda halok bo'ldi.
KGB Afg'onistonni emas balki AQSHning MRB tashkiloti Afg'onistondagi Ittifoq armiyasini razvedka qildi va muxolifatga SSSRga qarshi samarali taktikalarni o'rgatdi.
Qora avtomobillarga o'tirib olib ko'chalarda harakatlanib odamlarni qo'rqitgan, Sovet xalqini qatag'on qilgan KGBchilar amalda Afg'oniston urushida hech narsa qilolmagan.
Sovet Ittifoqining mag'lub bo'lishi, qanchadan qancha texnikalar yaroqsiz holatga kelib qolishi, bu urush sabab halok bo'lgan, mayib-majrux bo'lib qolgan insonlar, 10yil davom etgan urushda yoqotilgan hisobsiz pullar va misilsiz manaviy zarar zamirida KGBchilarning xatolari yotibdi.
Комментарии
Отправить комментарий