Mavjud bo'lmagan sevgi

Aslida hammasi hali O'zbekistonda turk seriallariga qo'yilgan taqiqlar olib tashlanishidanda avvalroq boshlangan edi.

Yodimda barcha telegramdan faol ravishda foydalanishni boshlayotgan vaqt edi.
O'sha kezlarda qizlarni telegramlari ustidagi avatarkalarida ketma-ket bir soqolli yigit va xushbichim qizning birgalikda tushgan suratlari tez-tez ko'rinish berib turardi, keyinchalik bu juftlikni suratlari instagramda ham ko'plab akountlarni egallab oldi. Ma'lum bo'ldiki bu Turkiyada namoyish etilayotgan yangi "Kara sevda" seriali bosh qahramonlari bo'lib ularni serialdagi ismlari Kamol va Nihon ekan.


Zamonani zayili bilan O'zbekistonda turk seriallariga qo'yilgan taqiqlar olib tashlandi va ko'p o'tmay 2017-yildan e'tiboran bu serial Zo'rTv orqali namoyish etila boshlandi ammo ma'lum vaqt o'tib jamoatchilikning keng miqyosdagi e'tirozlari sabab efirdan olindi.

Gap bu yerda serial yoki u yerdagi voqeyliklarda emas, balki serial qahramonlarida. Ox bu sevgi, naqadar go'zal tuyg'u. Ikki sevishgani ko'rib o'ziyam bu juftlik uzukka-ko'z qo'ygandek ekan degan hayolga borasiz. Kamol va Nihonni ko'zlari-ko'zlariga tushganidagi quvonchlari olamni tutadi, ustiga ustak bu yoshlarni bir-biriga talpinishini aytmaysizmi? Har qanday to'siq va g'ovlarga qaramasdan ularni chin sevgi bog'lab turgandek tuyiladi. Bu serialni ko'rib Kamolga havas qilganlar yoki Nihonni o'rnida bo'lib qolishni orzu qilgan qizlar ham bo'lgandir. Darhaqiqat otashin sevgini namoyon etish borasida Kamol va Nihonni oldida uncha-bunchasi ip esholmay qoladi.



Lekin ko'pchilik bir narsani unutib qo'ydi. Bu aslida serial, xa bu bor yo'g'i bir ssenariy ustiga qurilgan 74ta seriyadan iborat turk seriali xalos. Aslida Kamol va Nihon o'rtasidagi sevgi mavjud emas. Aslida real hayotda Kamol va Nihon ismli biz ko'rgan juftlik mavjud ham emas. Ularning asl ism-shariflari Burak Ozchivit va Neslihan Atagül. Hattoki Amir degan qorabotir ham aslida yo'q bo'lib uning ismi Kaan Urgancıoğlu. Ya'ni ular televizorda, suratlar va suratga olish maydonlaridagina sevishganlar halos. Aslida ular bir-birlarini sevishmaydi. Ularni sevgi atalmish tuyg'u bog'lab turmaydi. Siz Kara sevdada ko'rib ortqishlagan sevgi amalda mavjud emas.

Balki shu serial sabab yoshlar bir-birlarini sevib qolishgandir. Rejissorning stop, surata olindi degan so'zidan keyin ular to'g'ri nikoh uyiga borib oila qurishgandir deb ham o'ylarsiz.
Marhamat qarshingizda faktlar: Ma'lumingiz bo'lsinki Nihon bo'lmasa o'lib qolaman, u siz yashayolmayman degan Kamol yog'e asl ism-sharifi Burak Ozchivit bo'lgan qahramonimiz 2017-yilda Fahriya ismli qiz bilan oila quradi va bu juftlikning 2019-yilda Karan ismli o'g'li dunyoga keladi.

Siz Nihon ismi bilan tanigan Neslihan Atagül esa 2016-yilda Kadir Dogulu ismli yigitga turmushga chiqqan.
Shunaqa, Kamol va Nihon o'rtasidagi sevgi aslida yo'q. Hattoki Burak va Neslihan o'rtasida ham hech qanday sevgi yo'q. Bu aktyor va aktrissaning bizga pul uchun ko'rsatgan tomoshasi halos. Aslida ular bir-birlari uchun yaratilmagan va ularni sevgi rishtasi bog'lab turmaydi.

foto: pinterest.com

foto: kinoturkey.ru

Eng qizig'i bu kabi misollar va yuqoridagi qahramonlarimizning alternativlarining son-sanog'i yo'q.
Bugungi kunda yurtimizda ajralishlar ko'payib ketgan, kecha biz ko'rib havas qilgan juftliklarimiz bugun ajralmoqda, mustahkam oilalar barbod bo'lmoqda. Shunday ekan biz hayotda va balki suratlarda ko'rib sevishganlar deb o'ylaganlarimiz aslida sevishganlar emasdir.
Balki ularni sevgi emas turli xil manfaatlar, pullar, nafs va xirs bog'lab turar.

muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulugbek Toshkandiy)

Комментарии