Firdavs Abduxoliqov kim?

Foto: qalampir.uz

ABDUXOLIQOV FIRDAVS FRIDUNOVICH


Tug'ilgan yili: 1963-yil 10-avgust
Tug'ilgan joyi: Samarqand shahri
Millati: O'zbek
Ma'lumoti: Oliy
1985-yilda Samarqand Davlat Universitetining Rus tili filologiyasi fakultetini tamomlagan,
2007-yilda Samarqand Davlat Universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
2000-yilda «O'zbekiston belgisi» ko'krak nishoni sohibi
2011-yilda «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist» faxriy unvoni sohibi,
2016-yilda "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofatlangan
2018 yili "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
1999-2001 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

- - - - -

MEHNAT FAOLIYATI

1980-1985 yy. - Samarqand Davlat Universiteti talabasi
1985-1987 yy. - Samarqand shahridagi 33-sonli hunar-texnika bilim yurti o'qituvchisi
1987-1988 yy. - Samarqand shahridagi 16-sonli poligrafiya bilim yurti direktorining o'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari
1988-1989 yy. - Samarqand viloyat Yoshlar markazi direktori
1989-1998 yy. - Samarqand shahridagi STV telekompaniyasi bosh direktori
1998-1999 yy. - O'zbekiston Teleradiokompaniyasi raisining o'rinbosari
1999-2002 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati bosh konsultanti
2018-yildan Butunjahon O‘zbekiston Madaniy merosi hamjamiyati boshqaruvi raisi
2003-yildan hozirgi vaqtgacha O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi
2019-yildan «O‘zbekkino» bosh direktori

manba: naesmi.uz

Комментарии