Ruxsora Masharipova / foto: t.me/@nozimsafari |
Hali Ruxsoraxon haqida ijtimoiy-tarmoqlar orqali fikr bildirmagan edim. Ammo vijdonim buyurgan gaplarni aytishni joiz deb topdim.
Avvalo Ruxsora menda ajoyib notiq va arator sifatida taassurot qoldirdi. Men bu qizni gapirish stili, ovoz tembri va tempini olqishlayman. Ruxsoraxonga balki bu Olloh tomindan berilgan iste'doddir. Balki iste'dodli, iqtidorli yoshlar men o'ylaganimdan ko'ra ko'proqdir ammo o'z iste'dodini namoyon eta olish har kimga ham nasib etavermaydi. Ayrim insonlar o'zlarida qandaydir iste'dod borligini hattoki o'zlari ham bilmay bu dunyodan o'tib ketadilar. Ruxsorada balki tug'ma, balki yillar davomida o'zlashtirib shakllangan iste'dod bor ekan.
Atrofdagi odamlarga razn soling, ko'pchilik insonlar 4ta odamni oldida tursa gap topolmay qoladilar, ayrimlar 10kishilik davraga kirib dod desalar ham birov e'tibor bermaydi.
Mikrafon qarshisida yoki baland minbarda turib gapirish esa insonga katta psixologik bosim yuklaydi, yuzlab insonlarning nigohi sizga qaratilgan vaziyatda fikringizni jamlashingiz yoki ikki og'iz so'zni aytishingiz esa sizdan matonat talab etadi.
Jurnalistika sohasida tahsil olar ekanman aytishim mumkinki bugungacha mikrafondan qo'rqadigan, kameradan qochadigan, so'z berilganda minbardan gapirishga yuragi dov bermaydiganlarning ko'pini ko'rganman.
Ruxsoraxon esa yosh bo'lishiga qaramay butun auditoriyani diqqat markazini o'zida ushlab turdi, Borib salom bersangiz alik olishi gumon bo'lgan Andijon viloyati hokimini esa Ruxsora o'z so'zlari bilan o'rnidan tik turib qarsak chalishga majbur etdi. Kerak bo'lsa siz va bizni ana o'sha lavhani takror va takror ko'rishga majbur etdi.
Men ishonamanki hali Ruxsora Masharipovadan kelajakda Zulfiyaxonimdek adabiyotshunos yoki Tanzila Norboyevadek siyosatchi yetishib chiqadi.
Faqat bir kichik negativni aytadigan, Ruxsoraxonni ko'pchilik qatori tanqid qiladigan bo'lsam va Ruxsora meni o'qiyotgan bo'lsalar. Siz hammasini to'g'ri qilgansiz, hamma-hammasini faqat no to'g'ri joyda, no to'g'ri insonga nisbatan no o'rin bu so'zlarni aytibsiz.
Agar siz bundan 5 yil oldin birinchi prezidentimiz Islom Karimovga Samarqandda shu so'zlaringizni aytganingizda edi hozir men blogerman deb ko'krak kerayotgan va sizni maddohga chiqarganlar bir joylari achishib-shilinib ketgan taqdirda ham lom-lum deya olmas edilar.
Yoki deylik shu bugun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga Jizzaxda shu so'zlarni aytganingizda ham voqealar bugungidek rivojlanmas edi. Zero prezidentga atab she'r yozgan va keyinchalik mukofotlangan shoir-u yozuvchilarni hozir kamentlarda kar-kar qilayotgan olamon maddoh deb aytolmadi, aytgani ham birov eshitib qolmasin deya pichirlab aytdi.
Siz esa yuqorida aytganimdek no to'g'ri joyda, no o'rin gapirdingiz va hamma uchun Nozim Safari aytganidek oson o'lja bo'ldingiz halos.
Yangilishmasam mendan yoshsiz, Ruxsoraxon singlim Andijondagi nutqinggiz so'ngida O'zbekiston ertangni ishon menga deb aytibsiz. Agarki niyatingiz yaxshi bo'lsa, haqiqatda ham maqsadingiz O'zbekistonni ya'nada yuksaltirish, yurtimiz dovrug'ini ko'klarga ko'tarish bo'lsa atrofdagilarni gap-so'zlariga aslo e'tibor bermang va o'zingiz to'g'ri deb bilgan yo'lda qattiyatli bo'ling.
Bo'lib o'tgan voqealar sabab o'z joningizga qasd qilmoqchi bo'lganingizni aytibsiz. Men aytamanki kelajakda katta yutuqlarga erishib, el-yurt koriga yarab yuksak marralarni zabt eta olsangiz bugun sizning ustingizdan mag'zava ag'darayotganlar yorug' kunlarga yetganingizda hasaddan o'zini-o'zi osishni o'ylaydi.
Boshqa-boshqa unversitetlarda tahlis olar ekanmiz.
Lekin biror-bir unversitetlar aro tadbirlar yoki Yoshlar ittifoqining konferensiyalarida nuqtingizni jonli eshitishni yoki siz bilan ko'rishishni hohlayman. Umid qilamanki bu qachondir sodir bo'ladi.
Hurmat bilan Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий