Dunyodagi barcha insonlar xarakter jihatidan uchta asosiy guruhga bo'linadi. Ya'ni optimistlar, pissimitlar va realistlarga.
Optimistlar bu hayotda har narsadan, har bir jihatdan yaxshlik qidirishga, har narsani ijobiy tomonini ko'rishga harakat qiladilar.
Pissimistlar esa aksincha har bir narsani yomon tomonini biroz mulohaza qilish va har narsaga tanqidiq qarashga odatlanganlar.
Realistlarda ham o'ziga hoslik. Ular har narsani boricha qabul qilishga va neytral fikr bildirishga harakat qilishadi va ko'pincha buning uddasidan ham chiqishadi.
Men yaqinda hujjatli film ko'rdim. Unda teng sharoitlarda bir maqsad sari Optimist, realist va pissimistning qanday yashashi, ular qanday harakatlanganligi ko'rsatilgan edi.
Hujjatli filmdagi voqealar rivoji shuni ko'rsatdiki tang sharoitda bo'ladigan hayot uchun kurashda realistlarga yashash biroz oson. Sababi ular vaziyatga real qaraydilar va mantiq nuqtai nazaridan ular qilishlari kerak bo'lgan ishlarni qiladilar. Pisimistlarga esa biroz qiyinroq, ular keyingi qadamni tashlashlari kerak bo'lgan vaqtda balki keyingi qadamni tashlashim kerak emasdir. Keyingi qadam balki men uchun falokatlidir degan fikrda bo'ladilar va ularning fojeasi ham aynan mana shunda.
Boshqa misol hayot pilla poyalarini yuqoriga ko'tarilish uchun zinapoya deb olsak. Pissimistlar zinadan yuqoriga ko'tarilishdan, bir pog'ona yuqorida bo'lishdan qo'rqib o'z turgan joylarida abadiy qoladilar. Optimistlar o'zgacha shaxslar, ular har narsadan yaxshilik qidirib, hayot go'zal, yashash yaxshi, g'am-tashvishlar esa o'tkinchi degan prinsplarga suyanishadi bir qarashda hammasi to'g'ridek. Lekin bir muammo ular realistlardan farqli ravishda har narsadan yaxshilik qidirib vaqt yoqotadilar. Ya'ni ular har narsani yaxshi tarafini qidirib motivatsiya va ijobiy hislatlarni topib o'z maqsadlariga yetib borgunlariga qadar ana o'sha oliy hakam vaqtdek boyliklarini yoqotadilar. Ammo Tarix shunday guvvohlik beradiki bu hayotdagi yuqori o'rinlarni bazida optimistlar egallaydilar.
Lekin ya'na bir holat bor. Bu hayotda biz hammamiz inson, odam bolasimiz. Men optimist, realist yoki pissimistman, mening xarakterim shunaqa degan tushunchaning o'zi nisbiy. Ya'ni pissimist inson ham istalgan vaqtda o'zgarib hayotga yaxshilik ko'zi bilan qarashadi mumkin. Mana men degan optimist ham o'zi hohlasa hayotning past-balandlariga real nigoh bilan qaray olishi mumkin. Shunday ekan biz optimist, pissimist yoki realist bo'lishdan qattiy nazar avvalo yaxshi inson bo'laylik. El-yurtimizga, oilamizga foyda keltiraylik.
Комментарии
Отправить комментарий