Botanika bog'iga sayohat-2



Yosh bola bo'lgan yillarim televizorda "Hinoli qor" degan turk seriali namoyish etilardi.

Ana o'sha payt serial trendda bo'lib men ham televizorga qarab o'tirganimni eslayman. O'sha serialda o'zi nimalar bo'lgandi, mazmuni qanday edi, syujetlar nimalardan iborat hozir yodimda yo'q ammo serialdagi bir detal biroz bo'lsada yodimda.

Serialda bir daraxt bo'lardi va bosh qahramonlar borib ana o'sha daraxtga ro'mol o'rashardi. Go'yoki bu daraxtga ro'mol o'ralsa tilaklar ijobat bo'lishi uqtirilardi.

O'sha vaqtda bizda ham shunaqa daraxt bo'lsa edi deb o'ylagan edim. Qizig'i men u vaqtda yosh bola bo'lganman va ko'p o'tmasidan u serial ekanligi, biz esa real hayotda yashashimiz, daraxtlar esa o'simlikni bir turi ekanligini men ko'p o'tmasidan anglaganman. Keyinchalik men bid'at nima, gunoh nima? , shirk nima? kabi savollarga javob topganman. Yuqorida aytganimdek men u vaqtda yosh bo'la bo'lganman (boring ana 6 yosh bo'lgan bo'lsam kerak) Lekin bir achinarli holat, hozirgi yoshlarimizda va balki yoshi kattalarda ham. Qonunan ular muomilaga layoqatli yoshga yetgan bo'lsalarda hattoki 6yashar bolachalik aqli, fahm-farosati yo'qligi ma'lum bo'ldi. Nimaga deysizmi? Aytaman.

"Hinoli qor "serialo ohirigacha namoyish etilmagan (zapretchilik), Men esa o'sib-ulg'aydim, katta bo'lib maktab, kollejlarni tamomlab unversitetga o'qishga kirdim va 28-oktyabr kuni Jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar unversiteti talabalari (kursdoshlarim) bilan "Botanika" atalmush bog'ga sayohatga bordik. Ne ko'z bilan ko'rayki bir tepalikchada bir nechta daraxtlarga "Hinoli qor"dagi daraxtning kuni tushibdi.
Odamlar ongli ravishda, o'z hohishlariga ko'ra bir nechta daraxtlarga ro'mollar, ro'molchalar, dastramol, salfetka, salafanlargacha o'rab tashlashibdi.

"Qanday dahshat", "Bu nimassi ?", "Bu nima degan gap?" va shu kabi hayqiriqlarni o'sha sevishganlar tepaligida turgan 40dan ziyod teleradio jurnalistika yo'nalishi talabalari baralla aytdik.
Jurnalist degani bir-biriga ikki og'iz gap aytib yengil tortarmidi ? Aslo! botanika bog'iga sayohatimiz o'z poyoniga yetgach tundan tongacha kursdoshlarim tanqid suyohiga botirilgan o'tkir qalamlari bilan yozganlarida qog'ozlar ham yertilib ketdi.
Ana o'sha tunda telegram, instagram, facebookda botanika bog'idagi bunday bemazagarchilik haqidagi tanqidiy to'lqin har tomonga yoyildi.

Jurnalist bo'laman degan o'gil-qizlar shu bilan tinchlanishgandir deb o'ylasangiz adashasiz. 13-oktabr kuni butun boshli teleradio yo'nalishi O'zJOKU > Botanika bog'i yo'nalishi bo'ylab harakatlandik va #Tabiatniasrang #Tabiatnibirgaasraymiz aksiyasiga start berdik.

Bog' hududiga borishimiz bilan ikkita maqsadni o'z oldimizga vazifa qilib qo'ydik. Ulardan biri daraxtlarni ana o'sha matolardan halos etish, ikkinchisi bog' hududi bo'ylab tashlab ketilgan chiqindilarni tozalash, plastik buyumlarni urnalarga tashlash, ixtiyoriy shaklda hamma ishga kirishdi. Birinchi bo'lib ana o'sha sho'rlik daraxtlardan ish boshladik. Kursdoshlarimiz daraxtlarga bog'lab tashlangan latta-putta matolar, salfetka, salafan-paket va paypoqlardan ana o'sha daraxtlarni bir qismini halos etdik. Bizgacha qilingan hatolarni biz tuzatdik.
Ana o'sha tugun-tugun qilib o'ralgan materiallarga qarar ekanman OLLOHga emas daraxtga qilingan iltijolar ko'z oldimda keldi. Shu ishni qilganlar o'zlari qilgan ishning gunohidan nahotki qo'rqmagan bo'lsalar? Daraxtlardan katta hajmdagi matolarni olib tashlaganimizdan so'ng ikkinchi maqsadimiz. Bog' hududida tashlangan chiqishndilar va plastik buyumlarni ham yig'ishtirib bog' hududi obodonligigga o'z hissamizni qo'shdik. Bu jarayonda barchamiz sitqidildan ishtirok etganligi a'lohida e'tiborga loyiq.

OLLOH ko'rguvchiroq va bilguvchiroqdir.
Shu kuni kursdoshlarim qilgan savob ishlarni ajrini OLLOHning o'zi bersin. Kursdoshlarimning shijoati va qattiyatini men ortqishlayman. Siz ham #tabiatniasrang va tabiiat uchun o'z hissangizni qo'shishdan aslo tortinmang.

muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии