Shovqin-suronli shahar, avtomobillarning g'ala-g'ovuri, Hammaning qo'lida telefon, odamlar instagram, telegram, facebooklardan ortmaydi. Bosharini ko'tarib atrofga qaramaydi. Ko'chalarda hamma qayergadir shoshadi, o'pkasini qo'liga olgan haydovchidan tortib hovliqqan piyodalarni ko'rib bunchalar shoshmasangiz degingiz keladi. Biro'vning biro'v bilan ishi yo'q. Shunday pallalarda qalb sokinlik, sukunat va tinchlikni hohlaydiyu tarixiy haqiqat o'z tasdig'ini topadi. Zero ilmdan o'zga najot yo'q.
Mana bugun, unversitetimizdagi 2-juftlikdagi jismoniy tarbiya darsidan keyin 3-juftlik bo'sag'asida turgan vaqtimizda xurmatli dekanimiz Ravshan Rayimjanov 3-juftlikdagi darsimizni "Toshkent botanika bog'i"da o'tkazishimiz. Dars o'tish barobarida shahrimizning so'lim go'shasini sayr qilishimiz va manaviy xordiq chiqarishimizni. Shuning barobarida sayohatimiz haqida taassurotlarimizni yozib qalamimizni charxlashimiz mumkinligi aytdilar.
Toshkentdek katta shaharning bir qismini egallagan, poytaxtga o'pka misoli kislarod ulashadigan ulkan yashil hudud tomon harakatlanarkanmiz hayolimdan o'tgan dastlabki hayol borib toza havodan to'yib-to'yib, chuqur-chuqur nafas olish bo'ldi.
Manzil aniq, yo'llar esa unchalik ham uzun emas. "Toshkent botanika bog'i" atalmush maskanga yetib kelar ekanmiz tezroq ichkariga kirish istagi ila kursdoshlarimiz bilan ostona hatladik.
Jurnalistika atalmush ulug' dargohning teleredio jurnalistika yo'nalishi talabalari bir jamoa bo'lib yashil hudud bo'ylab harakatlana boshladik. Albatta oktyabr oyi oxirlab qolganini inobatga olsak yashil hudud biroz istexzoli eshtiladi. Chindan ham bu yerda yashillik barobarida oltin kuz ham o'z so'zini aytayotgan edi. Har qanday fotogrofning ham aqlini shoshirib qo'yadigan darajadagi go'zallik bilan daraxt shoxlaridagi barklar oltin misoli tovlangancha mayin shamol ila yerga bir aylanib tushar edi. Bog' hududi bo'ylab aqlbovor qilmas sokinlik hukm surardi. Shunday osudalikda faqat o'zimizning so'zlarimiz-u, kursdosh qizlarning shodon kulgusining aksadosinigina eshitish mumkin edi.
Jurnalistikani san'at, jurnalistni esa ijodkor deb oladigan bo'lsak. Ijodkor sifatida bog' bo'ylab sayr qilar ekanman o'zimga allaqanday ma'naviy ozuqa olayotganimni his etdim, huddi qidirib yurgan ilhomimni aynan shu bog'dan topgandek bo'ldim.
Shu sayrga barcha kursdoshlarim, ulkan jamoa kelgan edik. Bog' hududiga birgalikda, ustozlarimiz hamrohligida kirgan bo'lsakda asta sekinlik bilan tarqalib ketayotganimizni sezib turardim. Bir guruh kursdoshlarimiz juda ildamlab, ilgarilab ketishardi. Ularning ortidan biz qadam tashlar ekanmiz ortimga qaraganimda ya'na bir guruh kursdoshlarimizning orqada qolib ketayotganligi guvohi bo'lardim. Ular suratga tushish, suratga olish, g'ayri tabiy o'simlik va daraxtlar, gullarni tomosha qilish asnosida bizdan tobora orqaroqda qolib ketishar edi. Menga bu bog' hududi, maydoni va ko'lami qisman ayon edi shuning uchun imkon qadar oldingilarga ilgarilab ketmasligi, ortdagilarga yetishib yurislarini iltimos qildim.
E'tiborimni ya'na bog'ga qaratdim, bu bog' kecha yoki bugun yaralib qolmaganini chundim. Ekilganiga, o'sayotganligiga necha o'n yillar bo'lgan azim daraxtlar, noyob o'simliklar, jilokor gullar va betakror manzara. Bu shunday aura ediki buni his etish uchun shu muhitga tushib qolish zarur.
Kursdoshlarimiz bilan birgalikda ikki soatdan ziyod piyoda yurgan bo'lsakda hech kim o'tirib, dam olib olish haqida lom-lum demadi, charchoq ayni damda bizga mutlaqo begona edi. Garchand tushlik vaqti o'tib ketayotgan bo'lsada ayni damda ochlik bizni yoki biz ochlikni unutgan edik. Ayni sayohat davomida kursdoshlarimiz bilan qurayotgan suhbatimizda ham o'zgacha nafislik va iliqlik bor edi. Hech bir so'z zoye ketgani yo'q aksincha o'ziga xos mano kasb etardi.
Vaqtni iqtisod qilgan holda ikki soatdan buyon davom etayotgan sayohatimiz yo'nalishini qisqaroq yo'nalish tomon yo'lladik. Faqat to'g'riga harakatlanar ekanmiz chap va o'ng tomonimizdan chaqayotgan yangi yo'nalish va yo'llarga qarab qani endi hozir yo'ldan adashib qolsakda ya'na 2-3 soat davomida bog' bo'ylab sayr qilsak degan hayol ham mendan bir zum o'tdi.
Bog'ning chiqish eshiklari ko'rinar ekan yuragim entikib ketdi, attang shunday ajoyib sayru-sayohatimiz o'z yakuni yetmoqda.
Chiqish ekishlari, mana ular, asta sekinlik bilan ikki soatcha burun o'zimiz kirgan ostonani haklagancha endi tashqariga chiqdik. Shu bugungi sayr anchagacha yodimda tursa kerak, o'ylashimcha bugungi sayru-sayohatimiz kursdoshlarimning ham xotirasida anchagacha saqlanib qoladi. Shu bilan sayohatimiz o'z poyoniga yetdi deyishdan avval oyning qorong'u tomoniga ham bir razn solib o'tsam.
Bog' hududiga kirishga taraddutlanib turganimizda kassa yonidagi kirish va chiqish uchun mo'ljallangan darvozadan kirib-chiqayotgan yigit-qiz juftliklarini bir nechtasini ko'rdimki bu "Botanika bog'i"ni xalqimiz orasida bejiz "Sevishganlar bog'i" deb atalmasligini angladim.
Bog'ga kiraverishda olmaxonlarni ovlash mumkin emas degan yozuvni ko'rdimkuya ammo ming afsuslar bo'lsinki bog'ni ikki soat aylanib ham birorta olmaxonni ko'rmadim. Bu menda o'zi bog'da olmaxonlar bormikin degan savolni uyg'otdi.
Shuningdek sinib, ag'anab, yer bilan bitta bo'lib yotgan shoh-shabbalar va balki o'simlik va daraxtchalarga ham ko'zim tushdi. Ayrim hududlar esa obodonlashtirishga muxtojdek nazarimda.
So'ngi holatni esa taklif sifatida qabul qilasizlar. Bog'ning hech bo'lmasa bir burchagini dunyoning turli o'lkalaridan keltirilgan mevali daraxtlarga ajratishsa o'ylashimcha chakki bo'lmasdi. Nimaga? deganda bog' bo'ylab dunyoning turli o'lkalaridan keltirilgan manzarali daraxtlar ekilgan ekankuya lekin tom manoda mevali daraxt toifasidagi daraxtlarni deyarli ko'rmadim.
Bog' ma'muriyati agar bog' bo'ylab kameralar nazoratini yo'lga qo'ysa fikri-ojizimcha "Sevishganlar bog'i" tamg'asidan qutiladi. Agar yoritish uskunalaridan butun bog' hududi bo'ylab foydalanilsa balki tashrif buyuruvchilarning oqimi bundanda ko'p bo'ladi.
So'zim yakunida bugungi sayohatni uyushtirish fikri, taklifi bergan insonlarga o'z tashakkurimni isxor etaman. Keyingi sayohatimiz manzilini esa kutib qolaman.

- Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий