RAYHON day!!!


instagram.com / @rayhonganieva

O'zbek shou-biznesida, umuman o'zbek san'at olamida shunday bir yulduz borkiy uning nomi RAYHON!
Yer sayorasining, Osiyo qitasidagi, O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida 1978-yilning 16-sentyabr kuni dunyoga kelgan RAYHON!

Tohir va Zuxra kinofilmini rejissyori, ssenarist, san'at arbobi Nabi G'aniyevning nevarasi, Taniqli O'zbek aktyori Otabek G'aniyev va taniqli o'zbek aktrissasi Tamara Shakirovnaning qizlari RAYHON!

Mening birinchi muhabbatim RAYHON! (Sevgi deb emas, Muhabbat deb qarang, Sevgi va muhabbatni farqini anglang)
RAYHONni qachondan boshlab taniyman ? Mening nazarimda esimni taniganimdan buyon, bolaligim, yoshligimdan buyon.
Agar gap jiddiylik haqida ketsa 2007-yildan RAYHONning ijodlariga qiziqgan 2009-yildan esa ashaddiy muxlislariga aylanganimni aytib o'tishim mumkin.

10 yil ? Xa bu yili RAYHON ning ashaddiy muxlisiman deganimga 10 yil bo'libdi.

Xotiralar, O'o'o' xotiralar, necha yillik xotiralar. Bu yili men 23 yoshga to'laman. Shu bugunga qadar RAYHON ga aloqador xotiralarim. Shu bugungacha, necha marotabalab RAYHONni ismlarini eshitganman, necha-necha marotabalab RAYHONning qo'shiqlarini tinglaganman, qanchadan-qancha suratlarini ko'rganman va kliplarini necha soatlab davomiylikda tomosha qilganman bir o'ylab ko'ring. Shunchaki tasavvur qilib ko'ring.

Xa bugungacha vaqt kursida hisoblaganda bu davomiylik umr yo'li valyuta miqdorida ancha munchani tashkil etadi.
10 yil oldin RAYHON ni tirigini ham ko'rmagan edim, RAYHON dan hali dasxat olmagan edim, Bir og'iz ovozlarini eshitmagan edim. Hozir o'ylab qarasam shu 10 yil ichida HUDO shularning barini menga nasib etibdi. O'ziga shukur.

Bugun RAYHON ga bundan necha yillar burun yozgan maktubim qo'limga chiqib qoldi, ko'z yugurtirar ekanman o'sha xatimdagi bir jumla e'tiborimni tortdi. Ancha yillar ilgari RAYHON ga xat yozganimda RAYHONga: - Siz mo'jizasiz deb yozgan ekanman. Ajoyib so'zlar. RAYHON ma'lum vaqt davomida men uchun yulduz bo'lgan, ma'lum bir vaqt mobaynida muhabbat yana vaqt hisobidagi davomiylikda esa mo'jiza bo'lganlar.

"Zarning qadrini zargar biladi" deyishadi. Bu gapni mendan aqilli insonlar o'ylab topishgan. Ajoyib so'zlar lekin bir lekin RAYHON men uchun hech qachon zar bo'lmaganman, kamida RAYHON men uchun olmos bo'lganlar. O'zidan nur taratadigan, eng katta karatga ega bo'lgan, eng noyob va eng qimmatbaho briliant. RAYHONni olmos ekanligini tushunib yetgan vaqtimda men aynan zargar ko'zi bilan RAYHON atalmush olmosga qarardim.

RAYHON haqidagi xotiralarni yodga olar ekanman faqat iliq xotiralar ko'z o'ngimda gavdalanadi. Faqat o'tmishni eslar ekanman yuragim biroz entikib qo'yadiki o'tmishda ko'rishdim endi kelajakda yana qachon ko'rishaman degan hohish bir zumga keladi.
Nega bugun RAYHON ga oid xotiralarni yodga olmoqdaman o'zi ? Ha, o'ylashimcha siz to'g'ri fikrdasiz. Juda to'g'ri.
Bugun shou-biznesimiz yulduzining tavallud topgan kunlari.

RAYHON bugun bir oilaning bekasi, ikki nafar farzandning volidasi. Shu bilan birga xalq e'tirofi va e'tibor markazidagi shou-biznesimizning eng yorqin yulduzlaridan biri bu RAYHON.

RAYHON mustaqil O'zbekiston estradasi tarixida shunday bir o'ringa ko'tarildiki o'ylashimcha butun O'zbekiston bo'ylab RAYHONni tanimaydigan yoki bilmaydigan insonni topish imkonsiz bo'lsa kerak.

Rayhon Ganieva Fursatdan foydalanib sizni tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Umringiz uzoq bo'lsin, sihat-salomatlik sizni aslo tark etmasi. Farzandlaringiz va muhlislaringiz, vatandoshlaringizni baxiga hamisha sog' va salomat bo'ling.
Tug'ilgan kuningiz muborak RAYHON !!!

- Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии