Toshkentdagi Ashxobod



22-iyun kuni Ashxobod sayilgohida bo’lib o’tgan bayramona tadbirga RAYHON tashrif buyurdilar.

Aynan RAYHONni ko’rish va ko’rishish maqsadida men ham ushbu sayilgohga borgan edim.

Hammasi kutilganidek bo’ldi. RAYHON guldiroz qarsaklar bilan sahnaga chiqib keldi, hit qo’shiqlaridan bir nechtasini kuyladilar va xalq ortqishiga sazovor bo’lgancha hammaga minnatdorchilik bildirib sahnadan tushganlari hamonoq atroflarini jurnalistlar va muhlislar o’rab olishdi.

Shou-biznesimizning RAYHON kabi yorqin yulduzi turgan gapki hamma bilan suratga tusha olmas edilar. Tig’iz kun tartibi va kechiktirib bo’lmas rejalar bunga imkon qoldirmasdi. Ma’murlari vaziyatni to’g’ri tushuntirgancha RAYHONni avtomobilga o’tkazdi. Qo’riqchilar esa odamlarni RAYHON o’tirgan avtomobildan uzoqlashtirishdi. Hattoki RAYHON o’tirgan avtomobil harakatga ham keldi. Ammo aynan anashu vaqtda kutilmagan voqea sodir bo’ldi.

RAYHON o’tirgan avtomobil harakatdan to’xtadi va RAYHON avtomobil oynalarini pastga tushirib qo’riqchilar va militsiya xodimlariga uni o’tkazib yuboringlar deb qo’llari bilan men tomonga ishora qildilar. Qo’riqchilar bu vaziyatda esakrab qolishdi va aynan kimni deya qaytadan so’rashdi. RAYHON bir necha qator bo’lib terilib turgan odamlar orasida aynan menga ishora qildilar. Qo’riqchilar RAYHON bilan o’rtamizda turgan odamlarni chetga surishdi. RAYHON va mening o’rtamizda nechadir soniya hech qanday to’siq bo’lmadi. RAYHONni yoniga borar ekanman hayajon ila ular bilan so’rashdim. Ko’rishib bo’lganimizdan so’ng fursatdan foydalanib RAYHON bilan suratga tushdim.

Bugungi kun, ajoyib taronalar va ayniqsa e’tibor uchun RAYHONdan minnatdorman.




@rayhonganieva Спосибо большой!

Комментарии