Kutib oling: "Ulug'bek Toshkandiy"

Internetdan 2012-yildan buyon faol foydalanaman. Ana o'sha vaqtlardan buyon internetda "Bek_Uzbekistan" nomi bilan yashardim. Barcha ijtimoiy tarmoqlarda Bek_Uzbekistan nomi bilan ro'yxatdan o'tdim, odamlar bilan tanishdim, do'stlar ortirdim. O'zim yozgan maqolalarim va bloglarim so'ngida ism-familiyam yoniga (Bek_Uzbekistan) tahallusimni qo'shib ham qo'yardim.

Ammo vaqtlar o'tgani sari jurnalistlik faoliyatimda mening nomim Bek_Uzbekistan bo'la olmasligini tushunib yetdim. Sababi Bek_Uzbekistan nomi men kabi jiddiy inson uchun unchalik to'g'ri kelmas edi. Qolaversa turli forum yoki uchrashuvlar vaqtida ham men Bek_Uzbekistan man deya o'zimni tanishtirishim ham juda no qulay edi.

Uzoq o'ylanib dodam yaxshi niyatlar bilan menga qo'ygan ismlari Ulug'bek hamda men tug'ilib o'sgan, voyaga yetgan ona shahrim Toshkent nomlarini birlashtirgan holatda "Ulug'bek Toshkandiy" tahallusini tanladim.

Bu qarorga kelish oson bo'lmadi. Sababi barcha tarmoqlarda meni Bek_Uzbekistan deya tanishardi. Ammo bugun imkon qadar barcha ijtimoiy tarmoqlar hamda blogimni nomini Ulug'bek Toshkandiyga o'zgartirib chiqdim. Faqatgina ASK hamda Twitterdan tashqari.

Shunday ekan kutib oling, yangi nom: Ulug'bek Toshkandiy


Комментарии