Milliy telekanalidagi "MTV show" dasturini ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak. Oxirgi vaqtlarda Ulug'bek Halikov ishtirok etmagan sonlarida xonandalik vazifasini Nodir Zoitov bajarayotganligini ko'rgandirsiz. Yodgor Sadiyev ushbu ko'rsatuvda ishtirok etgan soni yakunida Nodir Zoitov "Осен" nomli Тимур Темировning qo'shig'ini cover talqinini maromiga yetkazib kuylagani yodimda qolgan edi.
Bundan bir oycha muqaddam telegramda "Itoat" nomli yangi qo'shiq ko'plab telegramdagi kanal hamda guruhlarda videosi aylana boshladi va messenjerlarda kichik HITga aylandi. Videoda aynan Nodir Zoitov ushbu qo'shiqni studiyada kuylayotganligini yonida esa bastakor Doniyor Agzamov qo'shiq musiqasi ustida ishlayotganligini ko'rish mumkin edi.
Qo'shiq 5 daqiqadan ziyodroq davom etib, oxirigacha eshitishga majbur etar va birinchi marotaba eshitishingizni o'zidayoq yodingizda qolar edi. Eng asosiy yutuqlaridan biri esa bu qo'shiqning biroz diniy ruhda ekanligida edi.
Aprel oyining avvalida ushbu qo'shiq uchun ishlangan orginal klip premyerasi bo'lib o'tibdi. Men ushbu qo'shiqga ishlangan klipni kuni kecha tomosha qildim.
Orginal klipni ko'rishni xohlovchilar uchun ssilka:
Mover: mover.uz/watch/ifx5Kybm/
MyTube: mytube.uz/tracks/616225.htm
YouTube: www.youtube.com/watch?v=18l9UsDOb9M
Lekin orginal klipda biroz kamchiliklar bo'libdi nazarimda. Quyida ushbu klip haqidagi biroz tanqidiy fikrlarimni yozmoqchiman...
* * *
* Avvalo qo'shiq biroz diniy bo'lganligi uchun klipda Nodir Zoitov oz bo'lsa ham soqol bilan chiqsa o'rinli bo'lardi deb o'ylayman.
* Qolaversa qo'shiqni birinchi marotaba eshitar ekanman. Bosh ro'lga Mamur Sultonov va Sevara Soliyevani mos deb o'ylagan edim. Agarki bosh ro'lda Sanjar Matkarimov o'ynagan ekan ayollari ro'lda Ruxshona ijro etsa ham bo'laverardi.
* Klip davomiyligida er uydan ketishidan oldin rafiqasini bag'riga bosar ekan, keyin quchoqlagancha bir-birlariga qaragan sahnalari ham no o'rin bo'libdi
* Darvoza bu yerda asosiy figuralardan biri bo'lgani uchun e'tibor berdim, darvoza temirdan ekan (Zavodda ishlab chiqarilgan temir qulf ham ko'ringan). Bu xuddi bu voqea yaqin o'tmishda (CCCP paytida) bo'lgandek taassurot uyg'otadi. Shaxsiy fikrim Toshkentning eski shaharidagi yog'och darvozali uylarda suratga olish kerak edi.
* Uka birinchi safar opasini oldiga kelganida uyga kirarkan, qo'shiq prinsipiga tayanganda menimcha bu xato bo'lgan, uka eshikdan qaytib ketishi kerak edi. Uka ikkinchi safar kelganida opasini yiqitib uydan chiqib ketar ekan. Bu ham oshirib yuborilgan deb o'ylayman. Juda bo'lmasa turtib o'tsa ham bo'lar edi. (Shart emas edi yerga yiqitib, uloqtirishi)
* Qo'shiqda qiz eshikdan chiqmoqchi bo'ldi deyilgan joyida qizning boshi uydan tashqarida. Boshqacharoq etganda ostona xatlab o'tilgan bo'lib qolibdi. Agar ostona xatlamagan sadoqatli yor ko'rsatilishi maqsad bo'lsa u qiz eshik yaqiniga borib ortga qaytishi kerak edi.
* Shuningdek qiz jannatlarga kirsin dadam degan joyida ikki qo'li bilan shunchaki yuzini to'sar ekan, shaxsiy fikrim u yerda qizning ikki qo'li bilan omin qilgani yoki iltijo qilayotganligini ko'rsatish kerak edi.
* Klip so'ngida otasi tushiga kirgan vaqtida: - Qara jannat ro'yxatlarida onang, ukang, ering va o'zing... deyilgan lekin klipda ona emas singil ko'rsatilibdi
* va nihoyat... Klip davomida Nodir qora libosda qo'shiq kuylagan, klip so'ngida esa qo'shiqda jannat haqida so'z borganidan so'ng Nodirning o'zi ham oq libosda namoyon bo'lsa o'ylashimcha mazmunan to'g'ri bo'lardi.
!!! TANQID KELAJAK MEVASI !!!
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии
Отправить комментарий