O‘tgan yili RAYHON showning birinchi kuni, birinchi qatorda o‘tirib tomosha qilgan edim. Juda yoqimli tomosha bo‘lgan edi. Afsuski bu yili buning imkoni bo‘lmadi (moliyaviy tomondan)
Rejalashtirgan joylarimdan mo‘ljalimdagi pulni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli bu yilgi RAYHON showdan rostmana mosuvo bo‘ldim deb o‘ylagan edim. Ammo HUDO mehribon ekan. O‘zi korini qildi.
Xabaringiz bo‘lmasligi tabiiy o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon "бухгалтерия" kursida ta’lim olmoqdaman. O‘quv kursi so‘ngiga qadar esa bor yo‘g‘i ikkita dars qolgan edi. Bugun RAYHON showning so‘ngi kuni bo‘lishiga qaramasdan konsertga emas "бухгалтерия" darsiga bordim. Bu yog‘ini so‘rasangiz o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon bo‘votgan o‘quv kursida (haftada uch kun) biror marotaba ham dars qoldirmagan edim. Darsimiz odatda soat 18:30da boshlanar, bugun esa men 18:00 da o‘qishda edim. Soat 18:30 ga yaqin guruhimizdagi o‘quvchilar navbati bilan dars bo‘ladigan xonaga yig‘ila boshladik ammo soat 18:45 bo‘lganida ham o‘qituvchimizdan darak yo‘q edi. Shunda xonadagilardan bir kursdoshimiz ustoz telegramda etibdilar, bugun yarim soatga ushlanib qolar ekanlar. Soat 18:47 da o‘qituvchimiz xonaga kirib keldilar. Soat 19:00 bo‘lguniga qadar uy ishlari tekshirayotgan edilar. Mening hayolim esa faqat RAYHON showda. Chamasi 19:10da telefonimga qo‘ng‘iroq bo‘layotganini sezdim va telefonni oldim.
Go‘shakning narigi tomonidan RAYHONning konsertiga parterdan bitta chipta borligini aytishdi, konsert boshlandimi deb so‘rasam yo‘q shoshilsam ulgurishimni ma’lum qilishdi. Qo‘ng‘iroqni kim qilganligini etmiman. (Qiz bola emas har holda)) BILISHADIDE RAYHONNI QANAQA YAXSHI KO‘RISHIMNI!!!
Chilonzor metro bekatining yonginasida joylashgan “Integro” biznes-markazidan chiqib taksi to‘xtatishga urinardim. Ammo Bunyodkor stadionidan Chilonzor metro tomon harakatlanayotgan avtomobillardan Istiqlol san’at saroyiga borishni kutish bu “XATO” edi. Bir nechta avtomobil haydovchisi yo‘q yo‘lim boshqa tomonga edi deganini eshitgach o‘qdek Chilonzordagi ko‘prikning narigi tomoniga “Uchib o‘tdim” u yerda turgan kirakashlar bir deganda rozi bo‘lishdi. Chilonzor metrosidan Istiqlol tomon harakatlanar ekanmiz ko‘p marotaba qatnagan yo‘lim ikki karra uzoqlashib ketgandek tuyildi. Nimagadir juda sekin ketvotganga o‘xshardik. Uning ustiga Bunyodkorda yengi ko‘prik qurilvotganligi sababli doimiy probka. Istiqlolni oldida borib moshinadan tushar ekanman istiqlol tomon o‘tiladigan yo‘lga qatorlashib avtomobillar taxlab tashlanganligini ko‘rdim. Yonma-yon qo‘yilgan emas bir-biriga preslangan desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Avtomobillar orasidan xuddi labirintdan o‘tgandek o‘tib Istiqlol san’at saroyining zinasiga yaqinlashar ekanman tashqarida turgan taxminan 300-400ta odam e’tiborimni tortdi. Shuncha odam nima qivotdi ? soat deyarli 19:30 bo‘ldiku. Hayrat bilan Istiqlol eshigiga yaqinlashar ekanman mendan oldinda turgan qorachadan kelgan kishi IIV xodimlari bilan suhbati eshitilardi:
Qorachadan kelgan kishi: - Aka qo‘lingizga uch to‘rt so‘m berib qo‘ya qolay o‘tkazib yuboring. derdi, Hozir korrupsiyaning bir ko‘rinishiga guvoh bo‘laman shekilli deb o‘ylab turgan edim yo‘q IIV xodimi adolatli ekan. U shunday javob qaytardi.
IIV xodimi: - Oka, Umuman iloji yo‘q, tepamizda kamera turibdi.
Qorachadan kelgan kishi: - Qani kameralar ? qayerda ?
IIV xodimi: - Ana kamera, mana kamera, xohlasam ham o‘tqazvoromiman.
Qorachadan kelgan kishi: - Aka o‘tkazib yuboraqoling, rozi qilaman. Kirib o‘zim joyimni topib olardim.
IIV xodimi: - Yo‘ oka, xohlasamam bunaqa qilolmiman, Pastroqdan chipta surishtirib ko‘ring, biletiz bo‘lsa bemalol.
IIV xodimining bu so‘zlariga tasanno didim, Har holda “Tuya ko‘rdingmi ? Yo‘q” deb anavi odamni uch-to‘rt so‘m pulini olib o‘tkazib yuborgani yo‘q. Chiroyli qilib vaziyatdan chiqdi, qo‘ydi!
Shu suhbatdan so‘ng IIV xodimi odamlarga murojaat qilib agar kirmasela pastga tushib turila, buyoda navbatda faqat bileti borlar qolsin dib etdi. Shunda man konsertdagi odamga qo‘ng‘iroq qildim u ichkaridan ortiqcha chipta bilan chiqib meni olib kirib ketdi. Fayeda tezlik bilan harakatlanar ekanman RAYHON ning administratori Fathiddin okani ko‘rib qoldim. Ular bilan so‘rashib konsert zolga kirdim. Chipta 10-qatorga ekan. Borib joylashdim. Konsert boshlanganiga tahminan 10-15 daqiqa bo‘lgan ekan. RAYHON “Yodingdami” nomli taronani ijro qilishni boshladila (sariq libosda)
Istiqlol tashqarisidagi olomonni ko‘rib ichkari hali to‘lmagan bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim. Ammo konsertning so‘ngi kuni bo‘lsada tumonat odam o‘tirardi, balkonda ham oxirgi qatorda ham odamlar bor edi.
RAYHONga boshdan oyoq e’tibor bilan razm solarkanman HUDOga shukur qildim. G‘oyibidan chipta yetkazib mani RAYHONni qarshisiga olib kelib qo‘ygan edi. OLLOHga shukur.
Oldingi yillarda konsertda sodir bo‘votgan voqeliklar, sahnadagi har bir mayda harakatgacha e’tibor bilan kuzatib, eslab qolishga va konsertdan keyingi maqolamda yozishga harakat qilardim. Ammo bugun shunchaki RAYHON showdan bahra olishni xohlardim. Har qanday maqola haqidagi fikrlarni hayolimdan chiqarib shunchaki tomoshabin sifatida sahnani va RAYHONni kutazatardim.
RAYHON kiyim almashtirish uchun sahnani tark etganlarida bevosita san’at saroyida bugun yig‘ilgan insonlarga e’tiborimni qaratdim. Bironta tanishimni, qarindoshimni yoki shunchaki FanClub a’zolaridan kimnidir ko‘rarmikanman degan xayolda edim. Jumladan kollejda man bilan birga o‘qigan kursdoshim ham bugun konsertga kelgan edi. Ammo uning qaysi joyda o‘tirganini bilamas edim. Ko‘rib qolsam u bilan ham ko‘rishib bir o‘q bilan ikki quyonni urib ketaman deb o‘tirganlarni kuzatar ekanman 4 200ta odamni ichida kimnidir tanib qolish igna bilan quduq qazishdek gap ekanligiga amin bo‘ldim.
1-qatorda o‘tirganlardan Manzura va Zulayho Boyxonovani ko‘rdim. Birozdan so‘ng Yakzon ko‘rindi. RAYHON sahnaga qaytganlaridan so‘ng Ravshan Namozov bilan duet yangradi. Shu orada Yakzon birinchi qatordan Z.Boyxonovani oldiga borib uni chaqirib zoldan chiqib ketishdi. Ziyoda bilan duet bo‘ldi. Hech qancha o‘tmasidan Boyxonova ham sahnada namoyon bo‘ldi. Boyxonovaning Hay-Hay nomli shlyager qo‘shig‘iga RAYHON milliy raqsga tushdilar. Boyxonovaning o‘zlari ham RAYHONga sizning chiroyli ekanligingizni bilardim ammo milliy raqslarimizni bu darajada qoyillatishingizni tasavvur ham etmagan edim deb aytib o‘tdilar.
Shu yerda ikkita qiziqarli holat yuz berdi. Bulardan birinchisi RAYHON Ravshan Namozov va Zulayho Boyxonovaga ustoz deya murojaat qildi. Shaxsan man Namozov yoki Boyxonova RAYHONga nimanidir o‘rgatganiga ishonishim qiyin. Ikkinchi qiziqarli holat esa RAYHONning instagramdigi sahifalarida Farruh Zokirov bilan kuylangan duetdan suratlarni ko‘rgan edim. Ammo shu bugun bu duet yangramadi! (Biron bir sabab tufayli F.Zokirov bugun konsertga kelolmagan bo‘lsalar kerak)
Man o‘ylagan edim, Boyxonovani ishlari juda ko‘p, bugun konsertni oxirgi kuni, 4 kundan beri shu konsertdalar, Hozir ketib yuborsalar kerak deb o‘ylagan edim ammo Boyxonova professionallardek ish tutib yana konsert zolga qaytib kirib o‘z joylarini egalladilar.
RAYHON liboslarini almashtirganni chiqganlarida yana Istiqlolda o‘tirgan tomoshabinlarga e’tiborimni qaratdim. Ayrim konsertlarda tomoshabinlar o‘tirgan sektorlar molxonaga aylanib ketadi. Ammo hozir aslo bunday emas edi 99% odam o‘z joyida o‘tirardi. Faqat bir nechta bolajonlar o‘ynashardi.
Sahnada endi O‘zbekiston haqida, Hindiston va Arab mamlakatlari haqida ikki og‘izdan etib o‘tildi. Titrlar ketvotganida ekranda RAYHONni aynan ana shu madaniyatga xos liboslardagi suratlari berib borildi. Bu Geografiya ketma-ketligining yakuni Tailand bo‘ldi. Endi sahnada hammasi Tailandga monand edi. RAYHONning esa shu palladagi bosh kiyimlari juda orginal edi.
Bugungi RAYHON showda premyeralar ham yetarlicha edi. RAYHONning hamma qo‘shiqlari ustalik bilan tanlangani e’tirofga loyiq.
Konsertning bu qismi ortda qolganidan so‘ng sahnada fokuschi yigit paydo bo‘ldi. Man adashtirmasam huddi shu yigitni Milliy TV kanalidagi MTV Show ko‘rsatuviga ko‘rgan edim. O‘shanda undan boshlovchilar “Dynamo“ni tanisizmi deb so‘rashganida mana okala, sila mandan hozir Dynamoni tanisanmi dib so‘ravossila. HUDO xohlasa bir necha yillardan keyin Dynamodan O‘zbekistonda shunaqa-shunaqa fokusnik bor tanisanmi dib so‘rashadi dib etgan edi. O‘shanda o‘sha yigitning gaplari man uchun erish tuyulgan edi. Hozir adashmasam aynan o‘sha yigit sahnada fokuslarni boshlavoruvdi. Qoyil, hammasi orginal edi. Man jiddiy qarab turgan bo‘lsamda u bu xatosini sezmadim. Xullas sahnada u yigit yeb qo‘ygani yo‘q.
Konsertning so‘ngi qismlaridan biri bu RAYHON bilan Bojalar guruhi o‘rtasida: Yalola, Intizor, Hayron, Aldamagin digan qo‘shiqlarini remix varianti yangradi.
40 yoshni urib qo‘ygan Jahongir Poziljonov hali hamon o‘z ro‘lida va bugun ham u hazillar qilishga urinib ko‘rdi. Ammo bachkanalashmadi. Shu orada O‘zbekistonlik taniqli jurnalistlardan biri Jasur Hamroyev RAYHONga gul berdi. Shu Jasur Hamroyevga ham qoyil qolaman. Buxoro viloyatidan kelib jurnalist sifatida Toshkentda ham o‘z o‘rnini topgan va yurtimizdagi eng taniqli jurnalistlardan biri. RAYHONdan eng ko‘p intervyu olgan aynan Jasur oka bo‘sala kere. Hamroyevdan biroz o‘tib Ziyoda RAYHONga gul berdi. Qizig‘i duetdan so‘ng Ziyoda ham konsertdan ketib qolmabdi.
Munisa bilan o‘tgan yili etilgan “Bor yoki yo‘q” duetini bu safar RAYHONni o‘zlari ijro qildilar.
RAYHONni “Tomchi” nomli qo‘shiqlari bu haqiqiy shedevr bo‘ldi. To‘g‘risi shu qo‘shiqni xalqimiz juda iliqlik bilan kutib olishdi. Gap yo‘q. Qo‘shiq davomiyligida balkondan sharlar yog‘dirildi. Ayrimlar konsert tugavotdi deb o‘ylab o‘rinlaridan bir turishdiyu ammo davom etvotganini ko‘rib yana qaytib o‘tirishdi.
Konsertning so‘ngi qo‘shig‘i bu “Hamma jam” nomli tarona bo‘ldi. Shu payt konsert zoldan chiqib ketmoqchi bo‘lganlarning tala to‘pida qolib ketmaslik uchun konsert zolning bir tomonidagi balanroq maydonga bordim, aynan ana shu yerdan odamlar tashqariga chiqib ketishar edi. Maqsadlarimdan yana biri esa teparoqda tursam mani taniganlar oldimga kelar deb o‘yladim. Dast avval RAYHONni singillari Nasiba qizlari latifa va RAYHONni bolalari Islom va Imron zolni tark etishdi, Ularga bitta yigit va uchta qiz hamrohlik qildi. Ularning ketidan hamma san’atkorlar o‘zlarini ko‘chaga urishdi. Rashid Holiqov, Zulayho Boyxonova, Manzura, Ziyoda va yana boshqalar. Odamlar esa aksincha sahnaga gul berish uchun intila ketishdi. 1 daqiqacha turganimda yonimga “Proart Centre” egasi Javlon Kamolov keldilar. Shu okagayam havasim keladi...
RAYHONga muxlislik qilish, RAYHON bilan ijodiy hamkorlik qilish va RAYHONga Prodyuserlik qilish bu mutlaqo boshqa-boshqa pozitsiyadigi statuslar edi. Ayni damda Javlon oka RAYHON Sowning Prodyuseri edi. Gap yo‘q lekin. Shunaqa paytlarda $digi milliarder bo‘lib RAYHONga o‘zim homiylik qigim keb-ketadiyu mayli, O‘sha kunlagayam yetib qolarmiz HUDO xohlasa!!!
Zaldan chiqib ketvotganla orasida taniganlarimdan birinchisi bu fanclub a'zosi Ozodbek Karimov bo‘ldi. Ular bilan iliq so‘rashib-ko‘rishdik. Keyin olomonni orasida Ulug‘bek gaplasharmiz deb yo‘lda davom etdilar. Keyingi uchrartganim esa fanclubni yana bir a'zosi Nodir bo‘ldilar. Ular bilan ham qisqa suhbat qurdik. Etishlaricha bugun ko‘pchilik fanclub a'zolari konsertga tushishibdi. Shaxsan o‘zlari esa hamma 5 kunda ham konsert tomosha qilibdilar. FanClub rahbariyatini surishtirsam Elmaz va Qudrat bir kun oldin kelishgan ekan.
Nodirdan keyin yana bir nechta san’atkorlarni uchratdim. Ismlarini eslolmiman lekin. Yana shuni etib o‘tishim kere konsert zolni qolgan 75% qismi boshqa eshiklardan tashqariga chiqishdi. Man esa faqat ularning bir qismini chap tarafdigi eshik oldida ko‘rdim.
Ko‘pchilik chiqib ketganidan keyin man ham zoldan tashqariga chiqdim. Keyin esa Istiqlolning o‘zidan. Tashqariga chiqardim. Shu pallada ruxsatingiz bilan biroz lirik chekinish qilsam: Bahor yaqinligi uchunmi yoki qaysidir vitaminlarim ko‘payib ketganmi bilmadim ammo bugun konsertga kelib ketguncha ikki ko‘zim qizlarda bo‘ldi. Qizlarni ko‘pchiligi bugun konsertga chiroyli liboslarda, yarashgan soch turmaklari va yoqimli iforlar bilan kelishgan edi. Orasida ketvorgan qomatli, qalin labli qizlaniyam ko‘rdim. O‘sha qizlarga qarab goh unisidan, goh bunisidan ko‘zimni uzgim kemadi. Ayrimlariga tikilib turganimni sezgan qizla o‘zini olib ham qochdi yoki manga ham tikilib qarashdi))
Taksi to‘xtatvotganimda Grigory Leps va Nikolay Baskovlarning afishalari e’tiborimni tortdi. Jonli ijrodigi bu ikki Rossiya estradasi yulduzlarini konsertiga tushilsa haqiqatdan ham arzidi! Leps va Baskov afishasi oldidigi Handalak guruhining afishasini ko‘rib esa qotib-qotib kuldim. Leps va Baskov bilan yonma-yon Handalechilani afishasini osilishini o‘zida yumor bor edi))
Uyga qaytar ekanman Next savdo majmuasi orqa tomonida qurilvotgan hashamatli uylar e’tiborimni tortdi. Janubiy Koreyalik investorlar tomonidan bunyod etilvotgan bu binolar poytaxtimizga o‘zgacha ko‘rinish baxsh etvotganligiga amin bo‘ldim. Shu uylardan bittasi maniki bo‘sa yo‘q dimagan bo‘lardim.
Uyimga kirib kelib soatga qaraganimda soat roppa-rosa 21:45 edi. Ajoyib kun!!!
RAYHON esa besh kunlik konsertlrini yuqori saviyada o'tkazib oldila. O'ylashimcha RAYHON endi 25-fevral kuni New-Yorkda bo'ladigan "Golden Panther Awards" taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun New Yorkga yo'l olsalar kerak.

Muallif: Xudoyberganov Ulug‘bek (Ulug'bek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий