Chamasi bir yarim oy avval edi. Televizorni Toshkent kanaliga qo'ysam "Ochiq Muloqot" ko'rsatuvi bo'votgan ekan. Ko'rsatuvga Chilonzor tumani hokimi va hokimlik vakillari taklif etilgan bo'lib ko'rsatuvning maqsadi tumandigi odamlarni qiynab kevotgan muamolarni hal etish edi.
Chilonzor tumani aholisi ayni damda studiaga qo'ng'iroq qilib o'z muamolarini etishlari mumkin edi.
Ko'rsatuvni besh daqiqacha kuzatib turdim va Chilonzor tumanining yengi hokimi etilvotgan muamolarga jiddiy e'tibor qaratvotganini ko'rib mahallamizdigi ancha yillardan beri tamirlanmagan yo'l haqida bir og'iz etib o'tgim keldi.
Uy telefonidan ko'rsatuvda etilvotgan uchta raqamga navbati bilan telefon qilib chiqdim. Barchasi band edi.
Bir necha yil oldin ham aynan ushbu ko'rsatuvga Chilonzor hokimligi vakillari kelganida qo'ng'iroq qilganim va tusha olmaganimdan so'ng turubkani qo'yib-qo'yganim esimga tushdi. Bugun yana havsalasizlik bilan tushaolmadimde dib go'shakni qo'yib-qo'yishni hohlamadim va qayta-qayta ana shu uchta raqamga navbati bilan qo'ng'iroq qilishda davom etdim. Tahminan 3-4 daqiqa o'tdi. Asab tolalarimni anchayin chiniqtirib olganimdan so'ng "good-ok"ketdi va telefonni ko'targan qiz:
-Assalomu Aleykum, Eshitaman deya javob berdi.
Ana shu qizga hammasini yotig'i bilan chuntirdim, U qiz barcha ma'lumotlarni yozib oldi va qo'ng'irog'ingiz uchun rahmat deb go'shakni qo'ydi. Men esa ko'rsatuvni ko'rishda davom etdim.
Ko'rsatuv boshlovchisi tuman hokimiga fuqarolardan kelgan tahminan to'rtta savolni o'qib berganidan so'ng ko'rsatuv uchun ajratilgan vaqt o'z poyoniga yetib kelayotganligi. Ammo tuman hokimligi ma'sullariga yo'llangan barcha savollar tuman hokimiga topshirilishi etildi shu bilan ko'rsatuv tugadi.
Savolim ko'rsatuvda o'qib-eshittirilmaganligi uchun to'g'risi men ijobiy natijadan deyarli umid qilmadim ham. Televizorda mani savolim o'qilganida ham boshqa gap edi. Har holda qanaqadur o'zgarishni kutish mumkin edi, Lekin tuman hokimi yengi, ko'rinishidan yaxshi odamga o'xshidi balkim murojatimni be e'tibor qoldirmas deb o'yladim.
Ana shu yo'l haqida qisqacha etib beradigan bo'lsam, Chilonzor tumani "S" mavzesidigi asosiy ichki yo'l ancha yillardan buyon tamirlanmagan bo'lib astfalda kotta chuqurliklar yuzaga kelgan edi. Kotta yo'ldan yuqoriga ko'tarilish esa ancha qiyinchiliklar yuzaga keltirardi. Bir safar kottaro yoriqga Malibu tushib-chiqganida moshinani tegi astfaltga teganini ko'rgan edim. Ex Malibu.
Yaqinda holamni o'g'li bilan ulani "Gentra"larida keganimizada yep-yengi moshina ham shu chuqurlarga tushib-chiqgan edi.
Ko'rsatuvga qilgan qo'ng'irog'im haqida yaqin o'rtog'im bilan 24-dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga bo'lgan saylovga ketvotganimizada so'zlab berdim. O'rtog'im biron samara berishi qiyin bo'sa kere dib etgan edi. Aynan o'sha o'rtog'im bilan bugun yana birga bitta joyga piyoda ketvotganimizada oyog'im ostidigi qora astfalga qarab: - Qara o'rto, ahiri yerni astfal qilishibdi dib etdim. O'rtog'im: - Ha o'tgan haftada astfal qilishdi dib etdi. Endi ahamiyat beribman yaxshi yo'llarimiza tekkis bo'pti dib etishimni bilaman boshimga chaqmo urgande hayolimga o'sha qo'ng'iroq keldi. Iye to'hta man sanga etib berganidimku, anunda ko'rsatuvda telefon qiganimni dib etgan edim. O'rtog'im ham Eee, rostanam o'shanda shu yo'lla haqida gapirdim diganidina... digancha hayron qoldi.
Endi vaziyatga real yondashib etganda mani mahallamizadigi bu yo'lni astfalt bo'lishida qanaqadur aloqadorligim bormi yoki yo'qmi bilmadimku lekin har holda ana shu ko'rsatuvdan so'ng bir oy (nari-berisi bilan) o'tib necha yillar davomida tamirlanmagan yo'llarimiz astfalt bo'lganini ko'rib xursant bo'ldim. Balkim bu ancha oldindan davlat dasturiga kiritilgandur. Balkim tuman hokimi ko'rsatuvdan keyin o'qib-eshitirilmagan murojatlar bilan tanishuv jarayonida mening murajatimga e'tibor berib amaliy choralar ko'rgandir. Har ne bo'lganda ham natija bor. Endi yo'llarimiz tekis bo'ldi.
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)
Комментарии
Отправить комментарий