Chorvoqni suvi qayerga ketadi ?

Bugun Googl maps yordami Chorvoq suv omborini suvi qayergacha yetib borishiga qiziqdim. Natijadan esa to'g'risi hayratdaman!!!

Foto: Google maps
Albatda bitta faktni unutmaslik kerak Chorvoq suv omboridagi suv o'z yo'lida bir nechta oqimlarga bo'linib ketgan va ularning har biri turli tomonlarga harakatlanadi. Men esa asosiy ikkita oqimni kuzatishga harakat qildim.

Asosiy oqim. Chorvoq suv omboridan boshlanib o'z yo'lida G'azalkent, Tovoqsoydan o'tib Chirchiqga bordi. Aynan shu yerda bu suv Bo'zsuv va Chirchiqga bo'lindi. "Bo'z suv" Chirchiq shahridan o'tib Toshkentga kirib keldi. Toshkentga kirib kelgan suvning dastlabki manzillaridan biri bu Botanika bog'i bo'ldi.

Foto: Google maps
O'z harakatida davom etgan suv shaxidlar xotirasi maydonidan oqib o'tib bir qismi Akvaparkni to'ldirgan holda anhor bo'ylab harakatda davom etdi va "Minor" jome masjidining yonidan o'tdi.

Foto: Google maps
Mustaqillik maydoni hamda Pahtakor stadionining o'rtasidan o'tib Bobur ko'chagacha yetib kelgan suv bu yerda Milliybog'ni to'ldirgan holda "Burdjar" nomi ostida harakatda davom etdi va keyinchalik "Jinariq" ga aylandi.

Foto: Google maps
Shu ketishda u Zangiotadan o'tib Yangiyo'l bo'ylab harakatlandi. Ushbu oqim sayyozlashgan va kichiklashgan holatda Chinozgacha yetib bora oldi. Bu yerda u Chirchiq daryosi bilan birlashdi (Chirchiq ham aslida Chorvoqdan boshlangan edi) Chirchiq daryosi esa o'z navbatida Sirdaryoga qo'shildi.

Mana shu Chorvoq suv omboridagi suvning taqdiri edi.

Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии