Har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "Sharq taronalari" musiqiy festivali haqida hamma juda yaxshi biladi. Bu aniq.
Ammo bu yili ushbu festival ajoyib o'tdi, boshqacharoq etganda o'ta yulduzli. Gap shundaki oldingi yillari Sharq Taronalari bir navi o'tar edi. Ammo 2017-yilning 25-30-avgust kunlari Samarqandning Registon maydonida bo'lib o'tgan tadbirlarlarda O'zbek estradasini yorqin namoyondalari Farruh Zokirov ("Yalla" ansanbili), Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Sherali Jo'rayevlar o'z chiqishlarini amalga oshirdilar.
Qolaversa ushbu festivalga ikkita mashxur yulduzlar tashrif buyurgan. Ulardan biri Italiyalik jahon musiqa olami yulduzlaridan biri Alessandro Safina bo'lib u Sharq taronalari festivalida dunyoga mashxur "Luna Tu" nomli qo'shig'ini kuylagan.
Ikkinchi yulduz esa Turkiyalik mashxur xonanda Rafet El Roman. Rafet El Romanning ko'plab qo'shiqlari mp3 ko'rinishida manda saqlanadi. Uning: Sorgn, Direniyorum, Bugun anladim, Beni affeder misin, Seni Seviyorum, Kalbine surgun kabi qo'shiqlari shaxsan manda iliq tasurot qoldirgan. Aynan Rafet El Roman bu yilgi Sharq Taronalari festivalida Turk xalq qo'shig'i deya e'tirof etilgan "Yalanci Sahidim" nomli taronasini kuylagan.
Qolaversa Rafet el Roman Sharq taronalari festivalidan tashqari Toshkent shahrida Istiqlol san'at saroyida konsert berdi. Alessandro Safina ham Toshkentda konsert berish barobarida O'zbekiston mustaqilligini 26 yilligi munosabati bilan Toshkentdigi Forumlar saroyidagi tantanalarda ham ishtirok etdi.
Lekin bir holat tabimni xira qildi. Ya'ni Rafer El Roman va Alessandro Safina sahnaga chiqib kelishganida nimagadur qarsaklar deyarli bo'lmagan. Ana shu videolarni pauza qilib o'tirganlarga razn soldim. Deyarli 85% odam xorijlik, chet elliklar. Xop mayli Rafet El Roman Turkiyalik. Uni Turkiya bilan O'zbekistondan boshqa hec qayerda tanishmidi deb olaylik. Lekin Alessandro Safinani butun dunyo tanidiku. O'tirganlardar biri Irlandiyadan, ikkinchisi Shotlandiyadan, uchinchisi Chilidan kelgan bo'lishi mumkin ammo hammasi mantiq nuqtai nazaridan Alessandro Safinani tanishi kerak. Tanimasayam Luna tu nomli qo'shiqni eshitgan bo'lishi kerak. Agar tanimasa, bilmasa ham muhlislik madaniyati nuqtai nazaridan qarsak chalishlari kerak edi. Ularga yana nima kerak edi hayronman. Maykl Jekson tirilib kelib ularga qo'shiq kuylab berishini kutishganmidi bilmadim.
Xullas bu yili Sharq taronalarini obro'si anchayin ko'tarildi. Bu yili sharq taronalarida chiqish qilgan xonandalarga ham bu bir avtoritet bo'lgan nazarimda. Keyingi festivallarda ham shundayin jahon yulduzlari ishtirok etib turishsa zo'r bo'lardi.
Xullas bu yilgi Sharq taronalari manga yoqdi.
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Ulug'bek Toshkandiy)

Комментарии
Отправить комментарий