foto: ok.ru/profile/109903925455 |
Senga savolim bor hayot,
Nega yomonlarni siylaysan?
Ostonasi etmay obod,
Nega yaxshiga kun bermaysan?
Senga savolim bor sevgi,
Nega meni buncha qiynaysan?
Oshiqlarni uchrashtirib,
Nima uchun baxtli qilmaysan?
Senga savolim bor do‘stim,
Nega ortdan xanjar urasan?
Qilganing o‘zingga qaytar,
Yashayversang hali ko‘rasan.
Ayt hayot,
Qaydan izlay najot?
Parvoz etayin,
Men baxtga yetayin bersang qanot,
O ber qanot o‘zim topsam najot,
Parvoz etardim, men baxtga yetardim ey hayot.
Senga savolim bor dunyo,
Qachon to‘xtar nohaq ko‘z yoshlar?
Ne uchun menga ishon deb,
Bir birini sotar sirdoshlar?
* * *
* * *
Ushbu maqolada: Akbar Atamuhamedov va Sado ansambli tomonidan kuylangan "Savolim bor" nomli qo'shiq so'zlari matn ko'rinishida keltirildi!
Комментарии
Отправить комментарий