Muz-TV 2017 taqdirlash marosimi

"Muz TV" telekanalining taqdirlash marosimi o'ylashimcha O'zbekistonda ham xech kimni be etibor qoldirmasa kerak. Zero bu taqdirlash marosimi Rossiya Federatsiyasida musiqa san'atidagi eng yirik taqdirlash marosimidir.

"Ежегодная национальная телевизионная премия в области популярной музыки" yoki boshqacharoq etganda Muz-TV taqdirlash marosimining yubeley 15-soni 2017-yilning 9-iyun sa'nasida Moskvadagi "Олимпийский" nomli sport majmuasida bo'lib o'tdi.

Bu yilgi taqdirlash marosimiga Maksim Galkin, Kseniya Sobchak, Lera Kudryavtseva va Dmitriy Nagiyevlar boshlovchilik qilishdi.

Taqdirlash marosimi to'liqligicha Muz TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Jonli efir Toshkent vaqti bilan soat 19:00 dan boshlab efirga uzatila boshlandi.
Odatdagidek Rossiya estradasi yulduzlari maxsus yo'lakchadan birin ketin o'tib majmuaga kirib bordilar. Odatlanganimiz qizil yo'lak, qizil glamcha bu yili MuzTV taqdirlash marosimida yashil tusda bo'ldi. Yulduzlarning yashil yo'lakdan o'tishlari vaqtida yodimda qolgan voqealar "Скруджи" 30 ta отжимания qilib berganligi, ko'plab internet blogerlari taklif etilganligi, ayrim ayol xonandalarning ochiq va shahvoniy liboslari va Rossiya shou-biznesi vakillarining qiziqarli intervyulari bo'ldi.

Asosiy marosim Toshkent vaqti bilan tahminan soat 22:00 lar atrofida boshlandi. Qoyilmaqom dekoratsiya, 360 darajadali kenglikdagi sahna, to'lib toshgan "Олимпийский". Umuman hammasi a'lo darajada edi.

Marosim boshlanar ekan dastlab 15 dan teskari hisob sanaldi va 2017-yilgi MuzTV taqdirlash marosimi ochiq deb e'lon qilindi va bir nechta mavsumning eng hit taronalarining remix talqini yangrab o'tdi.

Boshlovchilardan biri Dmitriy Nagiyev to'rtning ichidan chiqib keldi. Shu bilan Muz TV 2017 taqdirlash marosimi rostmanasiga boshlanib ketdi. Butun marosim davomida Maksim Galkinning nafaqat Rossiya balkim Jahon miqyosidagi eng yaxshi va obro'li boshlovchi ekanligi sezilib turdi.

Umuman shu yilgi taqdirlash marosimini badiy sahnasiga, senariysiga, konsertni boshidan to oxiriga qadar bo'lgan jarayonlarga, g'oyalarga 5 baholik sistemada 5 baho, 10 ballik shkalada 10 ball. 100 ballik tizimda esa 100 ball qo'ygan bo'lardim.

Jumladan shou davomida kuylangan qo'shiqlar mahorat bilan tanlangan va sahna ko'rinishlari ham ajoyib.

- Manga eng yoqgan joylari: Grigoriy Leps va Panayotov o'rtasidagi duet, Loboda va Maks Barskiylar o'zlarining eng hit qo'shiqlarini bir vaqtda duet shaklida kuylaganliklari va Maks Barskiy Lobodaning lablaridan olgan bo'sa, Kreed ga o'zining Molly bilan kuylagan nisbatan yangi duetini ijro etganliklari, Timati va Kirkorovning eng daxshat qo'shig'ini sahnada o'ziga hos ko'rinishda ijro etganlari, Polina va Gradus guruhlari o'rtasidagi HIT duet, Maksim Fedev va Nargiz o'rtasidagi takrorlanmas qo'shiq yana bir bor jarang sochishi, Konstantin Meladze hurmatini uning qo'shiqlari popurisi bilan joyiga qo'b-qo'yilgani, Dima Bilan va Sergey Lazerev o'rtasida "kutilmagan" duet yangragani bo'ldi.

Maxsus mehmon tushunchasi Muz TV taqdirlash marosimi uchun begona emas, Nimaga diganda odatda ushbu marosimga jahon yulduzlari ham kelib qo'shiq kuylab berishadi.
Shu bugungachaL Jenifer Lopez, Arash, PSY, Katy Perry, Lara Fabian, Morandi, The Pussycat Dolls, 50 Cent va yana bir qator jahon yulduzlari MuzTV taqdirlash marosimida mehmon bo'lishgan. Bu yilgi marosim so'ngida bir necha kun oldin Toshkentda konsert bergan Andrea Bochelli Muz TV taqdirlash marosimida mehmon bo'ldi va Zara bilan ikkita duet tarona kuyladi. Bu ikki qo'shiq marosim so'ngida yangradi.

Aynan taqdirlash marosimining oxiri juda qiziqarli va kulguli bo'ldi. Andrea Bocheli va Zara "Time to say goodbay" qo'shig'ini kuylab bo'lganlaridan so'ng Dmitriy Nagiyev sahnaga chiqib: - Ledi i Jentilmens sila bilan Andrea Bocheli va Zara bo'ldi deb etdi.

Keyin Zara: - Maylimi Dmitriy biza Bocheli bilan kuylagan yengi qo'shig'imiz "La grande storia"ni xozir kuylab berilik, premyera bo'ladi, duvdi Dmitriy Nagiyev: - Yo' etmisila, ruhsat bermiman, bizada reglament bor va tartib qoidalarga qatiyan rioya qilinadi. Huddi aptekaladek, deb Zaraga rad javobini berdi, keyin Maksim Galkinga qarab: - Qale Maksim to'ri qildimmi, diganida Maksim Galkin: - Yo' Dmitri san xato qivotsan, tez mani sahnaga chaqir, hammasini o'zim to'g'irliman, yolg'izmasman yonimda Kelly Xu bor, e'lon qil didi.

Keyin Nagiyev: - Ledi i jentilmes endi esa sahnaga Maksim Galkin va Kelli Xu ni taklif qilamiz, familiyasini to'ri etdim dib umid qilaman dib sahnadan tushdi.

Maksim Galkin Kelli Xu bilan sahnaga chiqib, "Eng yaxshi xalqaro duet uchun" mukofotini Andrea Bocheli bilan Zaraga topshirishdi va ana shu duetni shu sahnada etilishini iltimos qildi.

MuzTV 2017 taqdirlash marosimi aynan Andrea Bocheli va Zara ijrosidagi "La grande storia" nomli qo'shiq yakunlab berdi.

Muz TV taqdirlash marosimi davomida kuylangan barcha qo'shiqlar ro'yxati bilan tanishing:

Треклист:

- «Фрукты» и балет «Тодес» – Попурри песен-хитов прошлых лет
- Ани Лорак feat. Мот – «Сопрано»
- Ёлка feat. Виталий Толочкин – «Грею счастье»
- Григорий Лепс feat. Александр Панайотов – «Я поднимаю руки»
- А’Студио feat. Emin – «Если ты рядом»
- Светлана Лобода feat. Макс Барских – «Твои глаза/Туманы»
-Егор Крид feat. Molly – «Если ты меня не любишь»
-Филипп Киркоров feat. Тимати – «Последняя весна»
-Полина Гагарина feat. «Градусы» – «Драмы больше нет/Хочется»
-Максим Фадеев feat. Наргиз – «Вдвоём»
«ВИА Гра», Валерий Меладзе, Нюша, Вера Брежнева, Светалана Лобода, MBAND, Полина Гагарина, Григорий Лепс – Попурри песен Константина Меладзе
-«Время и Стекло» – «Навернопотомучто»
-Дима Билан feat. Сергей Лазарев – «Прости меня»
-Зара feat. Андреа Бочелли – «Time to say goodbay», «La grande storia»


NOMINATSIYALAR VA G'OLIBLAR:

Eng yaxshi qo'shiq: Sergey Lazarev — «You Are The Only One»

Eng yaxshi chet tilida kuylangan qo'shiq: «Serebro» — «Chocolate»

Eng yaxshi pop guruh:
Gradus

Eng yaxshi rok-ijrochi:
Nargiz

Eng yaxshi erkak xonanda:
Timati

Eng yaxshi ayol xonanda:
Loboda

Eng yaxshi ayollar klipi
(Лучшее женское видео): Nyusha (Целуй)

Eng yaxshi erkaklar klipi
(Лучшее мужское видео): Egor Kreed (Мне нравится)

Eng yaxshi konsert shou:
Filip Kirkorov «Я» ("Men" nomli shou)

Eng yaxshi albom:
Ani Lorak (Разве ты любил?)

15 yillikning eng yaxshi qo'shig'i:
Руки Вверх (Крошка моя)

Eng yaxshi klip:
Dima Bilan (В Твоей Голове)

Eng yaxshi duet:
Maksim Fedeev va Nargiz (Вдвоем)

Eng yaxshi hip-hop loyiha:
Mot

Yil kashfiyoti:
Jah Khalib



Maxsus mukofotlar:

Musiqa sanoatiga qo'shgan hissasi uchun - Leonid Agutin
Hayot uchun qo'shgan hissasi uchun - Svetlana Nemolyaeva
O'n yillikning bastakori - Konstantin Meladze
Eng yaxshi xalqaro duet uchun - Andrea Bochelli va Zara

* * *

G'OLIBLAR BORASIDA SHAXSIY FIKRLARIM


G'olib? : Eng yaxshi qo'shiq: "Sergey Lazarev - You Are The Only"

Shaxsiy fikr: Bu nominatsiyada "Ленинград - Экспонат", "Loboda - Твои Глаза" , "Макс Барских - Туманы" kabi qo'shiqlar boridi, Shuladan bittasi olishi shartidi, Lazarevni qo'shig'i yevrovideniyada etildi, zo'r gap-yo' lekin yilning eng yaxshisi emas edi.

---

G'olib? : Eng yaxshi chet tilida kuylangan qo'shiq: "Serebro - Chocolate"

Shaxsiy fikr: Aynan shu nominatsiyada Lazarevni "You Are The Only One" digan qo'shig'i yutsa adolatdan bo'lardi. Sababi yuqorida etganimdek bu qo'shiq Evrovideniyada jarang sochgan, qolaversa Serebro guruhining chocolate qo'shig'idan ko'ra ommaboproq edi.

---

G'olib? : Eng yaxshi albom: Ani Lorak (Разве ты любил?)

Shaxsiy fikr: Ani Lorakni yaxshi ashulalari bor lekin Ani Lorakning hamma qo'shiqlari ham hit bo'lavermidi, Shaxsan o'zim Timatini "Олимп" nomli albomini eng yuqori sifatli variantini ko'chirib olgan edim, Timatini albomi yaxshiroq va hattoki zo'r edi.

---

G'olib? : Eng yaxshi klip: Dima Bilan (В Твоей Голове)

Shaxsiy fikr: Klip tarafdan Ленинград guruhining "Кольщик" nomli klipi yoki Градусы guruhining "Хочется" nomli klipidan biri yil klipi bo'lishi shart edi. Kliplarning murakkabligiga qaraladigan bo'lsa bu kliplar Dima Bilanning klipidan ancha ustun.

---

G'olib? : Yil kashfiyoti: Jah Khalib

Shaxsiy fikr: Jah Khalibdan ham "Грибы" guruhi yigitlari ko'pro mashhur bo'ldi deb hisoblagan bo'lardim, Грибы guruhidigi bolla nominatsiyaga qo'yilganga yarasha mukofotni ham olganlarida hammasi adolatdan bo'lgan bo'lardi dib o'yliman.

---

G'olib? : Eng yaxshi erkaklar klipi (Лучшее мужское видео): Egor Kreed (Мне нравится)

Shaxsiy fikr: Buyodayam bo'magan klipga berib qo'yishdi, nimaga diganda bu klipda Kreed bitta chiroyli qiz bilan shunchaki bir uy ichida u yoqdan-bu yoqga yuradi xalos. Undan ko'ra "Alekseev - Океанами стали" digan klipi qizuvro + ashulagayam mos. Пицца guruhining Романс nomli qo'shig'i esa manolirog'idi, qanaqadur falsafiy. Bu nominatsiyada Kreedga berib xato qilishdi

---

G'olib? : 15 yillikning eng yaxshi qo'shig'i: Руки Вверх (Крошка моя)

Shaxsiy fikr: Ishoning xozir, aynan shu damda shu maqolani yozayotgan ekanman kompyuterimda aynan shu qo'shiq qo'yilgan va shu qo'shiqni eshitgancha shu fikrlarimni yozvotman. Bu qo'shiq 15 yillikning eng yaxshi qo'shig'i bo'lishga nomunosib, umuman nominantlardan xich qaysinisi 15 yilli eng yaxshi ashulasi emas edi. Shuning uchun bu nominatsiya g'olibini uzoq o'ylab fikrlab, do'pini bir joyga qo'yib 15 yillikning eng yaxshi qo'shiqlaridan beshtasini tahlab ana undan keyin ulardan birontasiga g'oliblik mukofotini berish keragidi. Manimcha nominantlar ro'yxatini tuzishda aynan shu nominatsiyada shoshib qo'yishgan.

---

Boshqa nominatsiyalarda mayli MuzTV fikriga qo'shilaman))


* * *

9-iyun kuni soat 19:00 dan boshlangan Muz TV taqdirlash marosimi 10-iyun soat tongi 04:00 ga qadar davom etdi. Soat 22:00 dan boshlab asosiy marosim boshlangach xonamdagi chiroqlarni o'chib televizor qarshisida taqdirlash marosimini tomosha qilishni boshlagan bo'lsam dastur o'z yakuniga yetgunicha televizorni boshqa kanalga olganim yo'q. Marosim tugaganida soatga qarasam soat 04:00 bo'libdi. Osmon yorisha boshlagan edi. Eng qizig'i man uxlab qolmagan edim, ya'ni taqdirlash marosimi shu darajada qiziqarli bo'lgan edi. Xozir ramazon o'yi emasmi oynadan qaraganimda ancha xonadanlarning chiroqlari yoniq edi. Afsuski shu kuni sahargacha uxlamagan bo'lsamda ovqatlanib, ro'za tutmaganligim uchun biroz afsuslandim. Shunday bo'lsada shu kuni tongacha uxlamaganim bois quyosh chiqishini tomosha qilib so'ngra uyquga ketdim. Xa Toshkentning quyoshi o'zgacha ko'tariladi! Shu kuni "Премия Муз-ТВ"ni ko'rib ilhomlandim. Kelajakda o'zimning shaxsiy telekanalim bo'lishini 1-martda hohladim #Yaxshiniyat


Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Foto: instagram.com / @muztv

Foto: instagram.com / @muztv
Foto: instagram.com / @muztv

Комментарии