Foto: Beauty Proceduri |
Ammo mening bugungi maqolam birinchi yoki so'ngi qo'ng'iroq haqida emas.
Bugungi kun ortda qolar ekan TV orqali ko'plab maktablardagi "Xayr maktab, salom kollej" (So'ngi qo'ng'iroq) tadbirlarini ko'rish qiziqarli bo'ldi. Bitiruvchilarning yonib turgan ko'zlari, hayajon to'la qiyofalari, yuz ifodalaridagi tuyg'ular va hokazo.
E'tiborimni tortgani bolalarning ko'pi to'qqiz yillik o'qish davri haqida, maktab xotiralari haqida gapirganda asosan sinfdosh qizlarining sochidan tortganini yuzida tabassum bilan takidlab ushbu xotiralarni bir umr "eslab" yurishlari haqida etishdi.
Soat 21:00 da esa MY5 kanalida "So'ngi qo'ng'iroq" ga bag'ishlangan bayramona ko'rsatuv namoyish etildi. Aynan shu ko'rsatuv juda ham qonimni qaynatvordi. Ko'rsatuvni avvalidan to-oxirigacha bir necha marotaba bolalar o'zlarining sinfdosh qizlarini sochidan tortish sahnalari qayta-qayta turli ko'rinishlarda namoyish etildi.
Bemanilik, Bu aslo maktabdagi yoshlarning sho'xligi emas aksincha maktablardagi o'z ko'nglida "беспредел" bo'gan "Хулиган"larni qilig'i. O'sha bollalarga tarbiya bergan ustozigayam, kotta qigan ota-onasigayam tupurdim, MING LANAT.
O'ylab qarasam to'qqiz yil davomida biron marotaba ham bironta sinfdoshimning sochidan tortmaganakanman (Tepada HUDO shohid). Agar shu ishni qigan bo'ganimda hozir kamida o'zimdan nafratlangan yoki OLLOH dan shu qigan gunohimni kechirishini so'ravotgan bo'lardim.
TV da - Maktabdigi xotiralaringiz ? deb atristlardan (otarchilardan) so'ralganida ular: - Qizlani sochidan tortardik dib kulib javob berishvotganini ko'rib o'ylab qoldim. Ular xozir o'sha vaqtda qilgan shu ishlaridan xursantlar. Ammo qaytar dunyo diyishadi. Ular ham qizli bo'lar, ulaniyam qizlari maktablarga borar. Qachondir o'sha "San'atkorlarni" qizlari maktabdan kelib sinfdoshi sochidan tortgani haqida aytishsa hozirgidek kulisharmikin ?
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
Комментарии
Отправить комментарий