"MC Doni" taxallusi bilan "Black Star" tarkibida ijod qilib kelgan va Rossiya shou-biznesida ham o'z o'rnini topib olgan Doniyorbek Islomovni asli O'zbekistonlik ekanligini ko'pchilik bilsa kerak.
Shu "MC Doni"ni "Sultan" nomli qo'shig'iga ishlangan klipda jarin o'zbek cho'ponida ko'rib ortqishlagan edim.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Prizidentlik saylovlaridagi g'alabasidan so'ng ijtimoiy tarmoqlardagi video rolik orqali "MC Doni" yurtboshimizni "O'zbek" tilida tabriklaganida Doniyorni Vatanimizga bo'lgan muhabbatini ko'rgan edim. San'at o'z yo'liga lekin musofir yurtlarda yurgan ushbu vatandoshimizga inson sifatida xurmatim oshgan edi.
Shu vaqtgacha "MC Doni" taxallusi bilan ijod qilgan Doniyor o'z taxallusini o'zgartiribdi. Endi u "Doni". O'ylashimcha to'g'ri o'zgartirish. Ayniqsa rus muhlis va muhlisalari uchun etilishi ham ancha oson.
Doniyorni "Doni" taxallusidagi ilk qo'shig'i va klipi "Бомбей" bo'libdi. Chamasi Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarida suratga olingan. Klipni ko'rar ekanman ko'zlarim quvnab ketdi. Bu klip davomiyligida O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan "Ravon" brendidagi Spark, Cobalt va Nexia 3 rusumli avtomobillarimizni ko'rish mumkin edi.
Qoyil, Doni bu klipi bilan o'z vataniga bo'lgan muhabbatini yana bir bor ifodali ravishda ifoda etdi nazarimda. Bo'larkanku. Yashavor O'zbek o'g'loni. Ish deganlari mana bunaqa bo'libdi.
Sizlarga ham aynan mana shu O'zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar sabab shu klipni xech bo'lmaganda bir bor tomosha qilishni tavsiya etaman.
"Doni"ga esa omad va ijodiy muvaffaqiyat. Ayrim otarchilarimiz to'yxonalardan nariga o'tolmayotgan bir vaqtda xalqaro maydonda bundanda yuqoriroq cho'qilarga chiqishiga tilakdoshman.
Foto: Screen photo |
Foto: Instagram / @ufaravon1 |
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
Комментарии
Отправить комментарий