Foto: Instagram / |
Bu holat mening ham e’tiborimni tortdi. Klip suratga olish jarayonidan fotosuratlarni ko‘rar ekanman: - Qoyil, Mehnatdan ham xarajatdan ham qochishmabdi. - Balli Sardor. dedim. Butun boshli ijodiy jamoani Samarqandga olib borib naqd Registonda klip suratga oldirish ham oson ish emasdir har holda.
Klipdan oldin qo‘shiqni tingladim.
Mehrdan yaralgan malak yulduzim Bibixonim, Gul yuzim Bibixonim
Visoling men uchun falak yulduzim Bibixonim, Gulyuzim Bibixonim
Sevay seni osmondan, yulduzlardan ko‘p, dengizlardan ko‘p
Sevay seni hayotim umrimdan ham ko‘p, hur qizlardan ham ko‘p
Gulim yuragimni to‘kib qo‘ydinku, olib qo‘ydingku
Ko‘zlarimni nigohing bog‘lab qo‘ydiku, olib qo‘ydiku
Qo‘shiq so‘zlariga ortiqcha to‘xtalmayman. Bu borada xulosa o‘zingizdan
Qo‘shiq va klip Amir Temur tavallud topgan kun 9-aprel kuni premyera qilindi.
Klipda bosh qahramon, Ya’ni Bibixonim ro‘lini mahoratli aktrissamiz Yulduz Rajabova ijro etgan.
Klip syujetining davomiyligida Bibixonimga bir qora botir "Tosh” (Portal) sovg‘a qiladi. Yana bir bashang kiyingan odam esa olmos taqinchoq. Bibixonim o‘ziga sovg‘a qilingan portalga qo‘lini tekkazganida hozirgi zamonga kelib qoladi. Bugungi kunga kelib qolgan Bibixonimning ko‘zlari Sardor Rahimxonga tushadi, hech qancha o‘tmasidan o‘tkinchilardan biri Bibixonimga urilib ketib so‘ng Bibixonimga do‘q qila ketadi. Vaziyatga Sardor Rahimxon aralashib ana shu o‘tkinchidan uzur so‘raydi. Keyinroq Bibixonim bir odamning bir savat olmasidan bitta olmani haqini to‘lamasdan olib yig‘layotgan bolaga tutkazib qo‘yadi. Bibixonimning o‘tmishdagi be xush tanasini unga taqinchoq sovg‘a qilgan yigit ko‘rib qoladi va Bibixonim xushini yoqotganligini bilib uni yiqilmasligi uchun bag‘riga bosadi (quchoqlaydi). Bibixonimning hozirgi davrdagi qiyofasida esa u ana shu tosh (portal)ga qo‘lini qo‘yadi, Sardor Rahimxon esa Bibixonimning qo‘lini ustiga o‘z qo‘lini qo‘yadi. Shu payt Bibixonim o‘tmishda o‘ziga keladi. Haligi tosh esa buzib tashlanadi. Xo‘sh nima bu bema’nilik ?
Sardor Rahimxon, "Bibixonim” Amir Temurning ayollari bo‘lganligidan xabari bormikin deb o‘ylab turganimda uning shu klip suratga olish jarayonida Sayyod.com nashriga bergan intervyusini o‘qib qoldim. Sardor Rahimxonning aytishicha:
- Bibixonim o‘tmishdan bugungi davrga keladi. Lekin u aynan Amir Temur ayoli Bibixonim emas, shunchaki Bibixonim obrazi tarixiy. Kim Amir Temur ayoli deb qabul qilar kim esa yo‘q, aynan shunga urg‘u qilinmadi
Sizlarni bilmadimku ammo men uchun bu gaplar kulgili tuyildi. Sardor Rahimxon o‘zining instagramdagi sahifasiga:
- Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludiga kamtarona sovg‘amizni qabul qiling azizlar. deb yozib qo‘yibdi.
Agar qo‘shiq va klip Amir Temurning tavallud topgan kunlariga taqdim etilibdi. Bu Amir Temurning xotiralari uchun kamtarona sovg'a ekan. Qo‘shiq nomi Bibixonim ekan. Agarki klip Samarqandda suratga olinibdi-yu ammo bu “boshqa” Bibixonim bo‘lsa ?
Xulosa o‘rnida aytamanki bunaqa tarixiy mavzularga ijod qilish Sardor Rahimxonga emas ekan.
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
Комментарии
Отправить комментарий