Osiyo chempionlar ligasi. Barcha g'oliblar va final o'yinlari haqida

Biz OCHL tarixiga nazar solib barcha finallar,chempionlar va to'purarlarni yodga olib o'tishga qaror qildik.

* * * * *

2003-yil: Al-Ain (B.A.A)

Musoboqa nomi Osiyo CHempionlar Ligasiga o'zgartirilganidan so'ng bo'lib o'tgan birinchi musobaqa finalida Tailandning “Bek Tero Sasana” va BAA ning “Al-Ayn” jamoaalari to'qnash kelishgan.

Dubayda bo'lib o'tgan birinchi bellashuvda bahs arablarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bo'lib Bangkokda bo'lib o'tgan javob bahsida Terdsak CHaimayning penaltidan urgan goli amalda hech narsani o'zgartirmagan va “Al-Ayn” OCHL ning birinchi chempioniga aylangan edi.

Xitoyning “Dalyan SHayd” klubi hujumchisi Xao Xaydong 9ta gol bilan musobaqa to'purariga aylangan.

O'zbekistonning “Paxtakor” jamoasi 2003 yilda bo'lib o'tgan OCHLning yarim finaliga qadar etib kelgan va Tailandning “Bek Tero Sasana” jamoasiga ikki bahs natijasiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi (1:3, 1:0)

-

2004-yil: Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni)

2004 yilgi OCHLda Tailandning “Bek Tero Sasana” jamoasi guruh bosqichidayoq o'z ishtirokini yakunlaydi, “Al-Ayn” esa chorak finalda musobaqani tark etadi.

Finalga esa Saudiya Arabistoninig “Al-Ittihod” va Janubiy Koreyaning “Suvong Samsung” jamoalari etib kelishadi.
Ilk bahs Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi va mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchadilar. Janubiy Koreyada bo'lgan javob bahsida esa arablar “Suvong Samsung”ni tor-mor etishadi 5:0. SHu tariqa “Al-Ittihod” OCHL chempionligini qo'lga kiritadi.

“Paxtakor” bu safar ham yarim finalga qadar etib keladi va “Suvong Samsung” jamoasi bilan Koreyada 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkan “Paxtakor” Toshkentda 0:2 hisobidagi mag'lubiyat tufayli bu safar ham o'z yurushini yarim finalda yakunlaydi.

-

2005-yil: Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni)

2005 yilgi OCHLning o'ziga xos superfinalga tenglashtirish mumkin. Sababi OCHL tarixidagi uchinchi finalda bir va ikkinchi chempionlar o'zaro to'qnash kelishgan edi.

2005 yil 26 oktyabr: “Al-Ayn” (BAA) 1:1 “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)
2005 yil 5 noyabr: “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) 4:2 “Al-Ayn” (BAA)

SHu tariqa Saudiya Arabistoninig “Al-Ittihod” jamoasi ketma-ket ikkinchi bor chempionlar ligasi g'olib chiqadi.

Musobaqa to'purari: “Ittihod”ning legoiner hujumchisi Muhammad Kallon.

-

2006-yil: Chonbuk Xyunday Motors (Janubiy Koreya)

2006 yilga kelib va nihoyat OCHL kubogi g'arbdan sharqqa ko'chib o'tadi.

Amaldagi chempion “Al-Ittihod” o'z ishtirokini chorak finalda tugallagach finalga Suriyaning “Al-Karama” va Janubiy Koreyaning “CHonbuk Xyunday Motors” jamoalari etib kelishadi.

Janubiy Koreyaning “CHonju Uorld Kap” stadionida bo'lib o'tgan birinchi finalda koreyslar 2:0 hisobida zafar quchadilar. Suriyadagi javob uchrashuvida 54 va 61-daqiqalarda urilgan gollar evaziga arablar zafar quchayotgan bir vaqtda Ze Karlos javob to'pini kiritadi shu tariqa “CHonbuk” klubi OCHL ning yangi chempioniga aylanadi.

-

2007-yil: Urawa Red Diamonds (Yaponiya)

“CHonbuk Xyunday”ni ham OCHLda chempion bo'lganidan so'ng bir yil o'tib chorak finalda turnirni tark etadi. Finalga esa Eronning “Sepaxon“ va Yaponiyaning “Urava Red Diamonds” jamoalari etib kelishadi.

Eronning Isfaxon shahrida bo'lib o'tgan dastlabki finalda Mahmud Karim va Robson Pontelar tomonidan urilgan gollar tufayli jangovor durang qayd etiladi. O'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqarib borgan Saitamadagi ikkinchi finalda esa yaponlar Yuki Abe va Yuichiro Nagailarning gollari evaziga OCHLning g'olibiga aylanadilar.

Janubiy Koreyaning “Seongnam” klubining braziliyalik legioneri Mota 7ta gol bilan musobaqa to'purariga aylanadi.

-

2008-yil: Gamba Osaka (Yaponiya)

Ushbu musobaqaning 1-yarim finalida Yaponcha derbi kuzatiladi 2007-yilgi OCHL g’olibi Urava Red yarim finalda yana bir Yapon jamoasi Gamba Osaka klubiga imkoniyatni boy bergan bo’lsa ikkinchi yarim final bahsida O’zbekistonning Bunyodkor futbolchilari ikki o’yin natijasiga ko’ra Avstraliyaning “Adelaide United” futbol klubiga imkoniyatni boy berib qo’yishadi.

Finalda esa Yaponiyalik futbolchilar Avstraliyaliklarga mutlaqo imkoniyat qoldirishmaydi. Yaponiyadagi 1-finalda hisob 3-0 ko’rinishini olgan bo’lsa Avstraliyadagi bellashuvda Osaka jamoasining Braziliyalik legioneri Lucas o’yin taqdirini o’z dubli evaziga hal etadi 0-2. Shu tariqa OCHL da chempionlik unvoni bir Yapon jamoasidan ikkinchisiga o’tadi Gamba Osaka OCHL Chempioni

Musobaqa to’p urari: Tailandning BG FC Sport klubi futbolchisi Tansopa

-

2009-yil: Poxang Stilers (Janubiy Koreya)

2009 yilgi OCHL qiziqarli holatlarga boy bo'ldi. Nimchorak finalda amaldagi champion “Gamba Osaka” estafetani yana bir yapon jamoasi “Kavasaki Frontale”ga topshiradi. “Kavasaki” jamoasi esa chorak finalda Yaponiyaning yana bir jamoasi “Nagoya Grampus”ga mag'lub bo'ladi, yarim finalda “Nagoya Grampus” Saudiya Arabistoning “Al Ittihod” klubiga yirik hisobda mag'lub bo'ladi. Arablar Yaponiyaning Tokio shahridagi “Yaponiya milliy stadioni”da bo'lib o'tgan finalda esa Janubiy Koreyaning “Poxang Stilers” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yadilar. SHu tariqa Janubiy Koreyaning “Poxang Stilers” klubi OCHLning chempionligini qo'lga kiritadi.

Takidlab o'tish joizki, “Paxtakor” va “Bunyodkor” OCHL da chorak finalga qadar etib boradilar va har ikkala jamoamiz ham mag'lubiyatga uchraydilar.

OCHLning 2009 yilgi mavsumida “Gamba Osaka” hujumchisi Leandro 10ta gol bilan eng yaxshi to'purarga aylanib oladi.

-

2010-yil: Seongnam Ilva CHunma (Janubiy Koreya)

OCHL ning 2009 yilgi chempioni “Poxang Stilers” asosiy yulduz futbolchilarini “Bunyodkor”ga boy bergan bo'lsada musobaqaning chorak finaliga qadar etib keladi va ikki o'yin natijasiga ko'ra Eronning “Zob-Oxan” klubiga imkoniyatni boy beradi (2:3).

Final yana bir bor Yaponiyaning Tokio shahridagi “Yaponiya Milliy Stadioni”da bo'lib o'tadi. Finalga qadar Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva CHunma” va Eronning “Zob Oxan” jamoalari etib kelishgan edi.

27 000dan ziyod muxlislarning ko'z o'ngida bo'lib o'tgan bahsda koreyslar 3:1 hisobida ustun keladilar va OCHLda chempionlikni qo'lga kiritgan uchinchi koreys jamoasiga aylanib oladilar.

Musobaqada “Suvon Blyuings” hujumchisi Xose Mota 9ta gol bilan eng yaxshi to'purarga beriladigan mukofotni qo'lga kiritadi. Bu 2007 yilgi to'purar Mota emas.

-

2011-yil: Al-Sadd (Qatar)

2010 yilda OCHLni qo'lga kiritgan “Seongnam Ilva CHunma” 2011 yilgi OCHLda qatnashmaydi.
Sababi “Seongnam” futbolchilari OCHLda g'olib bo'lgan bo'lsalarda milliy chempionat bahslarida qoniqarsiz natija qayd etadilar.

2011 yilgi OCHL finali Janubiy Koreyaning CHedju shahrida Janubiy Koreyaning “CHonbuk Xyunday Motors” va Qatarning “Al Sadd” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu bahsni o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Urugvaylik Xorxe Fossati qo'l ostida qatarlik futbolchilar nafaqat finalda balki butun boshli OCHLda mo'jiza ko'rsatadilar.

40 000 ziyod muxlislar bevosita kuzatib borgan bahsning asosiy va qo'shimcha vaqtida kuchlar teng keladi – 2:2. Penaltilar seriyasida esa “Al-Sadd” futbolchilari g'alaba qozonishadi – 4:2.

Musobaqada 9ta gol urgan “CHonbuk” futbolchisi Li Dong-Guk eng yaxshi to'p urarga aylanadi.

Takidlab o'tish joiz: “Al-Sadd” futbolchilari guruh basqichi bahslarida “Paxtakor” bilan to'qnash kelishgan va Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

-

2012-yil: Ulsan Xyunday (Janubiy Koreya)

“Seongnam” bilan 2010 yilda sodir bo'lgan voqea bu safar “Al Sadd” bilan sodir bo'ladi. 2011 yilgi OCHL chempioni “Al Sadd” jamoasi milliy chempionatdagi ishlari yurishmagani bois musobaqada ishtirok etmaydi, 2010 yilgi chempion “Seongnam” esa nimchorak finalda “Bunyodkor”dan mag'lubiyatni qabul qilib oladi.

2012 yilgi OCHL finali Janubiy Koreyaning “Ulsan Munsu Kap” stadionida “Ulsan Xyunday” va Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni 42153 muxlis stadiondan kuzatib boradi. Ushbu bahsda yana bir bor Koreya klubi g'alaba qozonadi. Hisob 3:0 “Ulsan Xyunday” OCHL ning navbatdagi g'olibi.

Musobaqada BAAning braziliyalik legioneri Rikardo Oliveyra 12ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'ladi (Rikardo ushbu gollarning 5tasini “Nasaf” jamoasi darvozasiga urgan).

-

2013-yil: Guanchjou Evergrand (Xitoy)

2013 yilga kelib OCHL tarixida yangi sahifa ochiladi. 2013 yilga kelib va nihoyat OCHL kubogi Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Janubiy Koreya va Yaponiyadan boshqa bir mamlakatga boradi.

OCHL ning amaldagi chempioni “Ulsan” klubi 2013 yilgi musobaqada ishtirok etmadi. Finalga esa Janubiy Koreyaning “Seul” va Xitoyning “Guanchjou Evergrand” jamoalari etib kelishni uddalashgan edi.

Seul shahrida bo'lib o'tgan birinchi bahsni Ravshan Ermatov boshqarib boradi va uchrashuvda jangovor 2:2 hisobi qayd etiladi.

Javob bahsi esa Xitoyning yirik megapolislaridan biri bo'lgan Guanchjou shahrida bo'lib o'tadi.
Javob bahsida 1:1 hisobidagi durang qayt etiladi va safarda urilgan gol evaziga “Guanchjou Evergrand” chempion bo'lgandi.

Musobaqada 13ta gol urgan “Guanchjou”ning braziliyalik hujumchisi Muriki eng yaxshi to'purarga aylanadi.

-

2014-yil: “Vestern Sidney” (Avstraliya)

2014 yilgi OCHLda 2013 yilgi chempion “Guanchjou Evergrand” ishtirok etdi biroq OCHLda ilk bor ushbu musobaqada Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ishtirok etmadi.

Kutilmaganida musobaqaning chorak finalida yaxshi tarkibga ega bo'lgan Xitoyning “Guanchjou” jamoasi to'plar nisbatiga ko'ra Avstraliyaning “Vestern Sidney” klubiga imkoniyatni boy beradi.

“Vestern Sidney” jamoasi esa yarim finalda 2013 yilgi finalchi “Seul”ni mag'lub etib finalga chiqadi. Yana bir finalchi “Al-Hilol” esa nimchorak finalda “Bunyodkor”ni, chorak finalda “Al-Sadd”ni, yarim finalda “Al-Ayn”ni mag'lub etib finalga chiqqan edi.

Finallarning dastlabkisi Avstraliyaning Sidney shahrida bo'lib o'tadi. 20 000dan sal ko'proq muxlis kuzatib borgan bahsda mezbonlar Tommi Jurichning yagona goli evaziga g'alaba qozonadilar – 1:0.

Javob bahsi esa Saudiya Arabistonidagi “Qirol Fahd” stadionida 63763 muxlis ko'z o'ngida bo'lib o'tadi biroq hisob ochilmaydi 0:0. SHu tariqa “Vestern Sidney” OCHLda g'alaba qozongan dastlabki Avstraliya klubiga aylanadi.

Eng yaxshi to'purar esa ganalik Asamoa Gyan bo'ladi. Angliyaning “Sandrlend” jamoasidan “Al-Ayn”ga ijaraga berilgan bu hujumchi OCHLda 12ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

-

2015-yil: Guanchjou Evergrand (Xitoy)

2015 yilgi OCHLning finaliga Xitoyning “Guanchjou Evergrand” va Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Ahli” jamoalari etib keldi.

7 noyabr. BAAning “Al Rashid” stadionida bo'lib o'tdi. (9,480 tomoshabin)
21 noyabr. Xitoyning “Tianxe”stadionida bo'lib o'tdi. (42,499 tomoshabin)

Dubayda bo'lib o'tgan finalning dastlabki bahsi nursiz durang 0:0 hisobida o'z poyoniga etdi.
Ikkinchi final bahsi esa Xitoyning yirik megapolislaridan biri bo'lgan “Guanchjou” shahrida bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsni o'zbekistonlik Ravshan Ermarov boshqarib bordi, unga qanotlarda vatandoshlarimiz Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishdi, yana bir hamyurtimiz Valentin Kavolenko esa to'rtinchi hakam vazifasini bajardi. Birinchi final bahsida jamoalar himoyaviy o'yin ko'rsatgan bo'lsalar ikkinchi final ancha qiziqarli tarzda kechdi.

Xitoy klubining braziliyalik hujumchisi Elkesonning super finti evaziga urilgan yagona gol “Guanchjou Evergrand” jamoasining ikkinchi bor OCHL g'olibligini qo'lga kiritgan holda kubokni boshlari uzra baland ko'tarishlariga sababchi bo'ladi.

Takidlab o'tish joiz: “Al-Ahli” guruh bosqichida Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan to'qnash kelgan: Dubaydagi uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa Qarshida “Al-Ahli” 1:0 hisobida g'olib bo'ldi.

Ushbu mavsumdagi OCHL to'purari: Braziliyalik Rikardo Goulart (“Guanchjou Evergrand”) 8ta gol

-

2016-yil: Chonbuk Xyunday Motors (Janubiy Koreya)

2016 yilgi OCHL da O'zbekistonning 2015-yilda bo'lgani kabi bir yo'la to'rtta jamoa (Bunyodkor, Pahtakor, Lokomotiv, Nasaf) ishtirok etadi. Bunyodkor o'z yurishini pley-off bosqishidan boshlaydi va Toshkentda amirliklarning Al-Shabob jamoasini 2-0 hisobida mag'lub etib guruh bosqichiga chiqadi. Ammo Bunyodkor uch, Nasaf besh ochko bilan o'z guruhida to'rtinchi, Pahtakor esa o'ng ochko bilan o'z guruhida uchinchi o'rinni egallaydi. Faqatgina Lokomotiv o'z guruhida 1-o'rin bilan guruhdan chiqadi. Nimchorak finalda esa Lokomotivga Saudiyaning Al-Hilol klubi raqiblik qiladi. Jamoalar Ar-Riyodda durangga rozi bo'lgan bo'lsalarda Toshkentda Lokomotiv g'alaba qozonadi. Chorak finalda esa Lokomotivni Amirliklarning "Al-Ayn" jamoasi to'htatadi.

Qiziqarlisi OCHLning 2015-yildagi har ikkala finalchisi "Guanchjou Evergrand" va "Al-Ahli" bu mavsumda guruhda qolib ketadilar.

OCHL 2016 finaliga Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" va Janubiy Koreyaning “CHonbuk Xyunday Motors” klublari yetib keladilar.

Finallarning dastlabgisi Cheonju shahrida bo'lib o'tadi. 36 158 nafar muhlis qarshisida Janubiy Koreyaliklar 2-1 hisobida g'alaba qozonadilar.

Amirliklarda o'tgan ikkinchi finalda esa 1-1 hisobidagi durrang qayt etiladi. Dastlab mehmonlar azosi Han Kyo-won 30-daqiqada gol urgan bo'lsa 34-daqiqada "Al-Ayn"ning Koreyalik legioneri Lee Myung-joo javob to'pini kiritadi. Ammo 23 239 nafar muhlis qarshisida kechgan bahsda boshqa gollar urilmaydi va “CHonbuk Xyunday Motors” ham o'z tarixida ikkinchi marotaba OCHL da zafar quchadilar.

Musobaqaning eng yaxshi to'p urari degan sharafli nomga "Seul" ning Braziliyalik hujumchisi Adriano o'zining 13 ta goli bilan sazovor bo'ladi.

Etiborli jihati shu vaqtgacha uchta jamoa OCHL da ikki marttadan g'olib bo'ldi. Agarda kelasi mavsumda “Al-Ittihod”, “Guanchjou Evergrand” yoki “CHonbuk Xyunday Motors” jamoalaridan birontasi yana bir bor OCHLda chempionlikni qo'lga kiritsalar bu borada yakka peshqadam va rekordchiga aylanishadi.



Muallif: Ulug'bek Xudoyberganov
Manba: Championat.asia

Комментарии