Foto: www.uz.all.biz |
Har ikkala lapsha ishlab chiqaruvchi firmalarning nomini ayta olmayman. Lekin reklama roligi davomiyligi haqida aytishim mumkun.
Shartli ravishda
BIRINCHI REKLAMADA: Bir qiz lapshani tayyorlidi, yonidigi dugonasi yoki singlisi o'zini televizor ko'rib o'tirganlikka solgancha qo'l telefonidan uy telefoniga qo'ng'iroq qiladi. endi lapshani yiyman digan qiz esa uy telefonini ko'tarib alo-alo dib bir daqiqa telefonga javob beradi. Bu yerda esa ikkinchi qiz anashu lapshani paqqos tushiradi va yeb qo'yganini yashirish uchun ustolga mushuni qo'yib o'zi xich narsa bo'maganidek divanga o'tirib oladi. Bu kadrda mening nazarimda birovning haqiga ko'z olaytirishlik, o'g'ri tomoqlik umuman qilib etganda mutlaqo millatimizga yod bo'lgan manzara aks ettirilgan.
Bu reklamada mani hayron qoldirgan yana bir jihat. Bu reklama roligida marhum so'z ustasi Xojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva suratga tushgani. Shundoq san'atkorni farzandi bunaqa roliklarda ? bilmadim, man uchun g'alati ko'rindi.
- - -
IKKINCHI REKLAMADA: "Dizayn" jamoasining tabiri bilan etganda kechagina "Oshga marhamat" ko'rsatuvida osh yeb yurgan Murod Rajabov lapsha yevotgan bo'ladi. Yonida ro'l bo'yicha o'tirgan o'g'liga "Bor choy ob ke" dib etadi. O'g'li choyga turib ketishi bilan uni rizqi bo'gan ovqatini olib uni ham yiyishga tushib ketadi. Hullas bu reklama ham sal kam "o'g'irlik" ni targ'ib qilmoqda
* * *
Hullas shu ikkita reklama roligini man xazm qilishim qiyin bo'ldi. Agar mani lapsha ishlab chiqaradigan zavodim bo'lganida uni reklama ro'ligi yuqoridagi ro'liklardan ancha yaxshi bo'lardi dib o'yliman
Muallif: Xudoyberganov Ulug'BEK (Bek_Uzbekistan)
Комментарии
Отправить комментарий