RAYHON bilan FanClub o'rtasidagi uchrashuvdan (2017-yil 15-mart)

2017-yilning 15-mart sa’nasida RAYHON bilan FanClub azolarining o’rtasida kutilgan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shak shubhasiz bu uchrashuv har bir FanClub azosining hayotidagi eng unutilmas kunlardan biriga aylandi. Jumladan mening ham. Keling yaxshisi tasurotlarga boy o’tgan bugungi uchrashuv haqida sizlarga bir boshidan aytib bersam. Demak boshladik…

RAYHON bilan so’ngi uchrashuv 2016-yilning 4-aprel san’asida bo’lgan edi. Ana shu uchrashuvdan keyin sal kam bir yil o’tgan bo’lsada RAYHON bilan navbatdagi uchrashuvning daragi xa deganda bo’lavermadi. O’tgan yilning oxirida FanClub rahbariyati bir ma’lumotni e’lon qildi. Ya’ni RAYHON bilan muhlislar o’rtasidagi uchrashuv “RAYHON Show” dan keyin bo’lib o’tishi haqida. 20-24 fevral kunlari Toshkentdigi eng muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida bo’lib o’tgan “RAYHON Show” dan so’ng FanClub azolari har kuni RAYHON bilan uchrashuv qachon bo’lishi haqida FanClub rahbarlaridan so’rashga tushdi va nihoyat 2017-yilning 15-mart kuni RAYHON bilan FanClub o’rtasida kutilgan uchrashuv bo’lishi rasman e’lon qilindi.

Bu RAYHON butun FanClub jamoasi bilan uchrashadigan yubeley 5-uchrashuv bo’lar edi. O’ziga xos bu uchrashuvga bu safar Darxonda joylashgan “Positif” restorani mezbonlik qilishi ma’lum bo’ldi. FanClub azolariga uchrashuv vaqti esa soat 15:30 ga belgilandi.

RAYHON bilan uchrashuvlarda har yili ko’plab savollar bilan RAYHON ga murojat qilishim odat tusiga kirganligi sababli o’tgan yilning aprel oyidagi uchrashuvdan buyon bir bloknotga RAYHON ga o’z savollarimni tayyorlab yurgan edim. Ana shu bloknotga qarasam RAYHON ga tayyorlagan savollarim soni naxt 39 ta ekan. Buncha savolni bir uchrashuvda berolmasligim sababli ularning orasidan eng sara 15 tasini saralab oldim.

Kalendar sa’nasi ham va nihoyat 15-martga yetib keldi. Chilonzordan Darxonga borguncha ancha yo’l deb soat 14:50 da uydan chiqgan bo’lsamda aksiga olib yo’lda tirbandlikga tushib qoldik. Manzil tomon qanchalik yaqinlashar ekanman o’zimda shuncha ko’p hayajon his etardim. Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Positif” restarani qayerda joylashganligini “Google Maps” dan qayta va qayta ko’rganligim uchun u yerni topib borish qiyin bo’lmadi. Manzilga yetib borganimda soat chamasi 15:40 edi. Taksidan tushganimda bir qiziqarli holat yuz berdi.

Ya’ni: Uydan ketvotganimda Oyijonim o’g’lim sal qalinroq kiyinseng bo’larmidi. Har holda bahor havosini bilib bo’midi diganlarida ularga moshinada borib restaranga kirmanku dib ya’na xazil aralash

- Oyijon, Man Darxonga ketvotman. Uyoda Toshkenimizni badavlat insonlari yashashadi. Uyodigi qop-qop pullarning taftidan uncha buncha shabada sezilmidi degan edim. Qizig’i Chilonzorda taksiga o’tiravotganimda rostdan ham salqin havo bo’lgan bo’lsa Darxonda taksidan tushganimda havoda iliqlik his etgandek bo’ldim.

Ichkariga kirganimda esa ko’pchilik kelib bo’lgan ekan. Taniganlarim bilan so’rashib chiqdim. Biroz kechikgan bo’lsamda har doyim RAYHON ga ko’proq savol berishimni inobatga olib birinchi qatordan joy berishdi. Yonimda FanClubimiz azolaridan Mohichexra o’tirgan edilar, Etiborlisi RAYHON ning konsertlarida ham aynan Mohichexra bilan yonma-yon o’tirgan edik. Fanatdoshlarimiz bilan suratlarga tushdik, Anchadan buyon ko’rishmagan qadirdonlar bilan suhbatlashdik. Qizig’i boyagina o’zimni hayajondan qayerga qo’yishni bilmayotgan bo’lsam xozir ana o’sha hayajondan asar ham yo’q edi. Restorantning hovlisida Parijdagi effel minorasining kichikroq nusxasi bor ekan, ko’pchilikka aynan shu effel minorasi ermak bo’ldi. Birozdan so’ng soatga qaradim, soat 16:28 edi. Shu payt FanClubimiz rahbari Elmaz Abduraimova va FanClub moderator Gulmiralar kurtkalarini kiyib, qo’llariga gulllarni olib biz o’tirgan xonadan chiqib ketishdi. Shunda chundimki RAYHON ancha yaqinlashib qolganlar.

Oldingi yillarda RAYHON kelishlari o’zi xos ravishta bo’lardi. Ya’ni RAYHON 10 daqiqadan so’ng kelar ekanlar, RAYHON 5 daqiqada shu yerda bo’larkanla, RAYHON kelibdilar deyilganidan keyin RAYHON eshikdan kirib kelsalar, bu safar unaqa ketma-ketlikda ma’lumotlar yangramadi. RAYHON shunchaki FanClub rahbarlari bilan kirib kelishganidan keyin biz ularni ko’rdik va hamma o’rnidan turib qarsakbozlik boshlanib ketdi. RAYHON kirib joylashdilar. Ularning yonlaridan Yakzon, FanClubimiz rahbari Elmaz, FanClub moderatorlari Gulmira va Zuhra joy olishdi, RAYHON ning administratorlari “Pet” esa orqaroqdan joy oldi. Men esa RAYHON dan ikki qadamlik masofada o’tirardim. RAYHON gullar uchun tashakkur deb hamma bilan ko’rishvotganlarida RAYHON ga “Assalomu Aleykum” deya murojat qildim. RAYHON manga qarab “Va aleykum assalom” deya alik oldi. Shunda FanClubimiz moderatori:
- Marhamat, Kimning savollari bor
didila. Har yili birinchi savolni man berardim ammo bugun qo’l ko’tarishga chog’landimku ammo birinchi bo’lib savol berishga oshiqmadim, aksincha kimlarning savoli bor ekan, kimlar savol tayyorlab kelgan ekan deb atrofimga razn soldim. Dastlabki savolni Qoraqalpoqistondan kelgan fanatdoshimiz Dilnoza berdilar. Ularning savollari: - Farzandlaringiz yaxshimi ? qabilida bo’ldi. RAYHON “Rahmat, hammasi yaxshi” ko’rinishida javob qaytardi. Shundan so’ng FanClubimiz moderator Gulmira o’z savollarini berdilar. Shundan so’ng navbat menga kelganligini his ettim, FanClubimiz moderator Zuhra “marhamat, yana kimda qanday savol ?” deganlari zahoti qo’limni ko’tardim. Zuhra aynan manga navbatni berdilar. O’zimni tanishtirganimdan so’ng nutqimni kirish so’zidan boshladim:

- “Assalomu Aleykum RAYHON, Xush kelibsiz, Sizni ko’rib turganimdan xursantman. Oxirgi vaqtlarda Ommaviy Axborot Vositalariga e’tibor qaratar ekanmiz bazida farzand o’z ota-onasini bir yilda bir martta ko’rishga bormasligini, aka-ukalar yillab diydorlashmayotganligini, odamlar orasida mehr-oqibat ko’tarilayotganligi haqidagi ko’rsatuvlarni ko’rib qolamiz. Ammo siz hamisha bir yilda bir martta bizga vaqt ajratasiz, shunday pallalarda biz o’zimizni huddi sizning oila azoingizdek, sizga yaqin insonlardek his etamiz. Bizga qaratayotgan e’tiboringiz uchun rahmat” deb aytib o’ttim.
Shu payt RAYHON ni yonida o’tirgan Yakzon qo’lidagi telefonini ustolning ustiga qo’yib men tomon qaradi. RAYHON esa diqqat bilan meni eshitayotgan edi. FanClub azolarining ham nigohlari menda. Shunda men o’zim tayyorlab kelgan 15 ta savolni ketma ketlikda RAYHON ga berishni boshladim. Afsuski 3 ta savolim qolib ketdi, ularni berishga biroz vaqt yetmay qoldi. Demak men bergan savollar va RAYHON ning unga javoblari bilan tanishib chiqishingiz mumkun:

* * *

Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Oldinlari konsertlaringizda bir yil davomida kuylagan qo’shiqlaringizni jamlab ularni bir albom ko’rinishida taqdim etar edingiz va konsertingizdan so’ng keying yilga qadar yangi ijod mahsulotlaringiz ustida ish olib borardingiz. Ammo ikki yildirki bu odatingizni o’zgartirib konsertingizda kuylangan yangi qo’shiqlaringizni yil davomida “Promo” qilmoqdasiz. Bu tizimga o’tishingizga nima sabab bo’ldi ?

 Javob: RAYHON – Xa, Dar haqiqat bu yo’nalishdagi odatlarimizni o’zgartirdik. Buning asosiy sababi qo’shiqlarimning qiziqarlilik darajasini oshirish. Konsertda kuylangan va anashu zahoti albomlardan joy olgan qo’shiqlar bilan konsertda kuylanib yil davomida o’z navbati bilan taqdim etilgan ijod na’munalari o’rtasida farq bo’lar ekan. Masalan o’tgan yil fevralda konsertimda kuylangan qo’shiqlardan qay biriga birinchi bo’lib klip suratga olishni so’rab so’rovnoma o’tkazganimizda muhlislarim “Tabib” ni tanlashdi va “Tabib” ga birinchi bo’lib klip suratga oldik, “Halos et” ga esa keyinroq. “Olib ket“ esa bir film uchun sauntrek bo’ldi. Shunday ekan bu yangi timiz menga yoqmoqda


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Konsert disklari qachon sotuvga chiqadi ?

 Javob: RAYHON – O’xo’, Yaqin orada demagan bo’lar edim. Bir necha oy o’tsa kerak. Sababi bu yil konsert disklari borasida shoshilmoqchi emasmiz. O’tkan yillar mobaynida konsert disklarini tezroq ommaga taqdim etishga shoshilar edik. Ammo bu yili har bir kadr ustida jiddi ishlab qilingan mehnat, murakab raqslar, sahna ko’rinishlarini kengroq ko’rsatmoqchimiz


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Rus tilida kuylagan qo’shiqlaringiz ham ancha yig’ilib qolgan, Ularga yana bir nechta yangi, rus tilida kuylangan qo’shiqlarni qo’shib Rossiya Federatsiyasi uchun alohida ruscha albom taqdim etsangiz degan edim. O’ylashimcha agar bu ish amalga oshirilsa siz nafaqat O’zbekiston, balkim Rossiya estradasida ham o’z o’rningizga ega bo’lar edingiz. Bu sizni ijodingizda yangi qadam bo’lar edi.

Javob: RAYHON – Bilasizmi ? Rossiya estradasida sizning tanishingiz, pulingiz bo’lmasa u yerda ko’tarilish juda qiyin, Qo’shig’ingiz qanchayin zo’r bo’lmasin u yerda albom taqdimotini o’tkazib buning ortidan mashxur bo’lib ketish bu juda qiyin masala. Rus tilidagi albom… Murakkab bo’lsa kerak deb o’ylayman


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Qo’shiqlaringizni aynan bitta studiyada kuylaysizmi ? Yoki boshqa-boshqa studiyalarda ?

Javob: RAYHON – Har doyim har-xil, Umuman olganda qaysi studiyada qo’shiq yozishning menga farqi yo’q


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Mana siz “Proart Centre” bilan hamkorlik qilasiz. Ular har yili sizning Toshkent shahridagi konsert dasturingizni tashkiliy ishlari bilan shug’ullanishadi. Lekin “Proart” sizga viloyatlarda yetarlicha konsertlar tashkillashtirib bera olmayabdi. Buning sababi nimada ? Proart rahbari Javlon Kamolov bilan shu haqida gaplashib nafaqat Toshkent, Balkim yil davomida barcha viloyatlarimiz bo’ylab “Proart” hamkorligida “Тур” o’tkazsangiz bo’lmaydimi ?

 Javob: RAYHON – Bu haqida “Proart” bilan fikr almashganmiz. Ammo ularning aytishlaricha har bir viloyatda o’zlarining konsertlar bo’yicha tashkilotchilari bor ekan va birgina “Proart” ga ham bir yilning ichida viloyatlar aro gastrol safarini o’tkazishining ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari bo’lar ekan.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Duetlar borasida sizga taklifim bor edi. To’g’ri bu yili juda ko’p duetlar bo’ldi. Endi ularga kliplar suratga olish rejangiz bor ekan. Ammo shunday bo’lsada men sizga ikkita duet borasida taklifimni aytmoqchi edim. Birinchisi bu Rossiyaning Golos loyihasida ishtirok etgan “Hensley Poinen” ismli san’atkor. U aytishicha Toshkentdagi restorantlardan birida qo’shiq kuylar ekan. Rossiyaning Golos loyihasidagi muovafaqiyatlariga qaramasdan u bilan nimagadur xech bir san’atkorlimiz hali duet kuylab ko’rmadi. Bu borada birinchi bo’lsangiz, ana shu Hensley bilan duetingizga ishlangan klip YouTubeda yo’q diganda bir million martta ko’rilsa kerak (Zalda kulgu).
Ikkinchi duetdosh borasidagi taklifim esa bu Shohjaxon Jo’rayev. Shohjaxon “Go’zalim” nomli qo’shig’i bilan mutlaqo boshqa yo’nalishda o’zini ko’rsatdi. Yaqinda MTW showga bergan intervyusida esa o’zini boshqa, sho’x yo’nalishlarda ham sinab ko’rmoqchi ekanligini aytdi. Qolaversa boshqa intervyularidan birida siz bilan duet kuylash istagi borligi haqida ham aytibdi. Agar sizning yo’nalishingizda Shohjaxon Jo’rayev bilan duet ko’rsak o’ylashimcha hamma uchun qiziqarli va kutilmagan bo’lardi.

Javob: RAYHON – Hensli o’zi kim ? (RAYHON ning yonida o’tirgan Yakzon Hensli haqida gapirib berdi), Axa, Ko’ramiz, Balkim bo’lar.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Navbatdagi savolim savol emas, Tanqid (RAYHON – Xop mayli, Be malol) Klipmeyker Yodgor Nosirov bilan hamkorlikda yaratilgan Habibi va Tabib kabi qo’shiqlaringizga ishlangan kliplardagi kampyuter grafikasi, Visual effektlardan aslo qoniqmadim. Shaxsan o’zim VFX ga juda qiziqaman. Ammo bu kliplaringizda kampyuter grafikasi yaqqol ajralib qolgandek. Aslida xozir qator klipmeykerlarimiz kompyuter grafikasini huddi real hayottagidek ko’rsatib berayotgan bir pallada Tabib klipidagi ko’p kadrlar juda oddi chiqgan. Iltimos boshqa kompyuter grafikasiga asoslangan kliplaringizni ana shu rejissiyorga ishonib topshirmang.

 Javob: RAYHON – Men boshqa klipmeykerlarning ishlari haqida fikr bildirishni va ularni baholashmi hohlamayman. Yodik esa mening yaqin do’stim, Aytib o’tishim kerakki san’atkor sifatida shaxsam o’zim “Tabib” klipidagi kompyuter grafikasidan qoniqdim. Menimcha hammasi alo darajada qilingan (Shu payt boshimni silkittim) To’g’ri, endi hammaning o’z fikri bo’ladi, Aynan mening fikrimcha yaxshi chiqgan. Yodgor Nosirov tajribali klipmeyker. U o’z ishining ustadi. U bilan hamkorlikda ko’plab ijod na’munalari yaratganmiz. Uning mahoratiga shubha qilmayman.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Nima uchun instagramda sizning “rasmi” belgingiz yo’q ? Ya’ni yulduzlarga beriladigan ko’k rangdagi “Галочка” ni olishingiz mumkunmi ?

 Javob: RAYHON – Aynan instagramdagi sahifamga “rasmi” nishonini olish borasida mutaxasislar bilan maslaxatlashgan edim. Keyinroq buning biroz mushkulliklari, ayrim shartlari borligini aytishdi. Shu bilan bunga unchalik etibor qaratmadim. Lekin yaqin orada ya’na bir shunga qiziqib. Agar imkoni bo’lsa barcha ijtimoiy tarmoqlarda “rasmi” belgisini olmoqchiman.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Shuni aytib o’tish kerakki xozir mblarning narxlari juda hamyonbop emas. Shuning hisobiga ko’pchilik asosan be pul “TAS-IX” tarmog’idagi saytlarga kirishadi. Ammo sizning kliplaringiz YouTubeda premyera qilinadi. YouTube esa pullik. MyTube va Moverda o’z kanalingizni ochib Kliplaringizni premyerasini faqatgina YouTubeda emas balkim O’zbekiston uchun  be pul saytlarda ham qilishingiz mumkunmi ?

 Javob: RAYHON – (RAYHON ni yonida o’tirgan FanClub rahbarlari RAYHON ga TAS-IX va YouTubeni farqini va YouTubeda 3 daqiqalik klipni HD sifatda tomosha qilish arzonga tushmasligini tushuntirib berishdi) Bu haqida xozir sizdan eshitib turibman, Ammo bizning YouTube bilan shartnomamiz bor. Ya’ni kliplarimning premyerasi aynan anashu yerda bo’lishi borasida. Biz surishtiramiz. Agar shartnoma shartlariga zid bo’lmasa albatda siz aytgan be pul saytlarda ham kliplarim muntazam joylashtirib boriladi.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Keyingi gapim ham savol emas balkim taklif. Siz xozir san’at sohasida faoliyat olib bormoqdasiz. Ammo mening fikrimcha shuning o’zi yetarli emas va siz tadbirkorlikda ham o’zingizni sinab ko’rsangiz chakki bo’lmas edi. Shuni inobatga olib sizga uchta biznes g’oyasini tuzib kelgan edim. Iltimos etibor bering bular xazil emas juda jiddi muloxazalarim.
Birinchi taklifim: RAYHON Restoranti, Sir emaski xozir Toshkentdagi “RAYHON Milliy taomlari” ni ko’pchilik sizniki deb o’ylashadi. Ammo unday emas. Agar siz Toshkenda o’zingizni bir restoraningizni ochsangiz va u to’yxona emas balkim rostmana odamlar borib ovqatlanadigan. Zamonaviy restorant bo’lsa o’ylashimcha zo’r ish bo’lardi.
Ikkinchi taklifim: Bilamizki, RAYHON nafaqat ism balkim gulning ham nomi, Xattoki Jannatda ham RAYHON ning ifori keladi deb aytishadi. Men yaqinda soha mutaxasislaridan so’radim, RAYHON ning hidi keladigan atir bormi deb ? Ular esa yo’q deyishdi. Shunday ekan siz RAYHON ifori keladigan “Parfum de RAYHON” nomli atiringizni ishlab chiqarishingiz mumkunmi ? Ustida sizning suratingiz bilan RAYHON gulini ifori keladigan atirlar. O’ylashimcha orginal bo’lardi.
Uchinchi taklifim: Ayrim san’atkorlarimiz o’zlarini Butiklarini ochishdi. Ammo ko’pchiligi inqirozga uchrashdi. Sizning moda olami haqidagi bilimlaringiz o’ylashimcha yetarli. Shundan kelib chiqib “RAYHON Boutique” ni ochmasdan turib aksincha dunyoga mashxur bo’lgan Versace brendining Toshkentdagi dilleri bo’lsangiz. Italiyaga borib hamma hujjatlarni rasmiylashtirib keyin Toshkentdagi eng yirik savdo majmualarida Versace brendini butiklarini tashkil qilib o’zingiz yuritsangiz. Har faslda yangidan yangi kataloklar, moda jurnallari, Toshkentdagi Versace do’konlari. Biznesning bu turida o’ylashimcha juda omadingiz kelar edi.
Yurtimizda tadbirkorlikka keng yo’l ochilayotgan shunday bir paytta shu ishlarni boshlang

 Javob: RAYHON – Rahmat kottakon ammo men tadbirkor emas san’atkorman. Hamisha ijod bilan band bo’laman. Bundan bizneslarga menda vaqt yo’q.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Navbatdagi savolim ham aslida savol emas, Mana siz bilan suhbatimiz boshlanganiga bir soatdan oshdi, Shu fursat mobaynida men sizga barcha savollarimni O’zbek tilida berdim. Etibor bermoqdaman siz barcha gaplarimni xech qanday tarjimonlarsiz tushunmoqdasiz to’g’rimi ? (RAYHON shu payt: “Chunvotman” deb javob qaytardi) Shunday ekan siz nima uchun intervyularingizda O’zbek tilini bila turib, O’zbekchani bilmayman deysiz ? Bu yurtdoshlarimizda yangilish fikrlarni shakillanishiga sabab bo’lmoqda. Oddi misol siz bilan bundan oldingi yillarda ham necha marotaba suhbatlashgan bo’lsam faqat O’zbek tilida gapirganman. Ammo boshqalarga shuni aytsam ko’pchilik bunga ishonmaydi. RAYHON O’zbek tilini umuman bilmaydiku deyishadi. Shunday ekan balkim siz buni to’g’ri tushuntirishingiz kerakdur ?
 Javob: RAYHON – Xop, shunday qilaman.


Savol: Xudoyberganov Ulug’BEK (Bek_Uzbekistan) – Bu savolim ham aslida sizga savol emas. Bunisi bir iltimos. Mana xozir futbol bo’yicha O’zbekiston MTJ JCH saralash bosqishining so’ngi bosqichida ishtirok etmoqda va shu mart oyining so’ngiga qadar Suriya bilan Malayziyada. Qatar bilan esa Toshkentda kuch sinashadi. Shunday ekan agar vaqtingiz bo’lsa Toshkentda bo’ladigan Qatar bilan o’yinda be vositda Bunyodkor stadionida turib jamoamizni qo’llab quvvatlasangiz. Ishonamanki ana shu kuni stadion to’ladi, Maydonda vatanimiz jamoasi o’ynaydi, Ishoning sizga ham bunday muhit yoqadi. Darvoqe Bunyodkor stadioninig birinchi va ikkinchi qavatlarining o’rtasida VIP xonalar bor. Ana shu xonalarda turib ko’pchilikdan holi futbol tomosha qilishingiz ham mumkun. Agar imkoni bo’lsa shu kuni o’zingiz, stadionda turib bayrog’imizni tutgancha “Milliy Terma Jamoa” ni qo’llab-quvvatlab turing.

 Javob: RAYHON – Yaxshi fikr, HUDO hohlasa harakat qilamiz.


* * *

Xa bu yuqoridagi savollarning barchasi faqat meniki edi. Mendan tashqari boshqa fanatdoshlarimiz ham o’z savollarini berishdi.

Jumladan bir yigitning savoli: Futbolga qiziqasizmi bo’ldi. Shunda RAYHON “HUDO hohlasa farzandlarimni futbolga bermoqchiman” deb aytib o’tdilar, Keyin ana shu yigit “Qaysi jamoaga muhlislik qilasiz” deganida RAYHON “Cristiano Ronaldu qaysi jamoada o’ynaydi" deb so’radi. Hamma bir ovozdan Real-Madrid deb javob berdi shunda RAYHON "Demak men ham Realga muhlislik qilarkanman" deya javob qaytardi. Xazil omus bu gapga hamma kulgan bo’lsada RAYHON ning yonida o’tirgan Yakzonga bu yoqmadi va u Realni tanqid qilishga tushib ketdi (2014-yil Yakzon “Barsa” degan qo’shiq kuylagan)
Keyingi savollardan birida RAYHON dan konsertta kuylangan duetlar haqida so’ralganida RAYHON “Hamma duetlarga klip suratga oldirish maqsadini oldimizga qo’ydik. Faqat Shahriyor bilan kuylangan qo’shiqga klip suratga olinadimi ? yoki yoq ? shuni bilmayman” deb aytdi

Rossiyaga gastrol haqida so’ralganda esa RAYHON “Bir telekanal bizni taklif etgan edi, ammo gala konsertning syomka vaqti o’zgartirilibdi, Yangi vaqt bizga to’g’ri kelmayabdi” deb javob berdi

Qaysi mashxur yulduzlarning konsertida bo’lgansiz ? Maxamadjon ismli fanatdoshimizning shu savoliga RAYHON “Beyonce ning konsertiga bir martta tushgan edim” deb javob qaytardi.

Nodir ismli fanatdoshimiz RAYHON dan Konsert avvalida raqslarda qilingan repetitsiyalarni repetitsiya qilinganidek bajara oldingizmi degan savoliga RAYHON “Xa, Hammasi mashg’ulotlardagidek bo’ldi” deb javob bergan bo’lsa. Dilnoza ismli FanClub azosining Konsertingizdagi liboslaringizdan ko’nglingiz to’ldimi degan savoliga RAYHON “Yo’q, Konsertimdagi liboslarimdan 100% qoniqmadim” deb javob qaytardi.

Bir qizcha esa RAYHON ga jiyanli bo’ldingiz, Hola bo’lib jiyaningiz haqida ham qo’shiq kuylash niyatingiz bormi ? degan savoliga RAYHON “HUDO hohlasa” deb javob berdi.

RAYHON bilan muhlislar o’rtasidagi uchrashuv davomida muhlis va muhlisalar o’zlari bilan olib kelgan gullar va sovg’alarni RAYHON ga berishlari uchun bir daqiqa ajratildi, ana shu fursatdan ko’pchilik FanClub azolari foydalanib o’zlarini sovg’alarini RAYHON ga taqdim etishdi.

Uchrashuv davomiyligida RAYHON ijtimoiy tarmoqlarga juda o’rganib qolganligini ham sezish mushkul bo’lmadi, Sababi RAYHON Instagramda “Jonli efir” olib bordi qo’shimchasiga savol-javoblar vaqtida bir necha martta instagramdagilarga ovozli xabar va salom yo’lladi.

RAYHON ga SayyodCom nashri o’tkazayotgan “Muhlis shou” loyihasida RAYHON ning muhlisasi sifatida ishtirok etayotgan Munirani ko’rsatdik. RAYHON Munira ijrosida “Parvoz etay” va “Halos et” nomli qo’shiqlarni jonli eshitdilar, Munira ana shu qo’shiqlarni kuylayotganlarida biz ham qo’shilishib kuyladik.

Savol-Javoblar tugaganidan so’ng RAYHON FanClub azolariga o’z dasxatini ulashdi. RAYHON dasxat berish bilan band bo’lgan bir payt RAYHON ning hamrohi Yakzon RAYHON dan avtomobil kalitini olib xonadan chiqib ketdi yonimdan o’tib ketayotgan Yakzonni qo’lidagi kalit etiborimni tortti. U kalit yangilishmayotgan bo’lsam RAYHON ning yengi “Tayota Prado Land Crauiser” avtomabillariniki edi. Ana shu kalitga qarab qachon man o’zimni Land Crauiserimni olarkinmana dib o’yladim va nimagadur xo’rsinib qo’ydim))

RAYHON dasxat ulashib bo’lgach navbat fotosessiyaga keldi. Shu payt RAYHON nimadur didila, Gaplaridagi “AL….” digan ikkita harfini eshitganimni bilaman hamma “Vo’o’o’” dib o’z xursantchiligini baland ovozda ifoda qilishdi. Keyin bilsam hammaga albomimdan sovg’a qilaman deb etibdilar.

Shundan so’ng FanClub azolari birma bir suratga tushishni boshlashdi. Har bir RAYHON bilan suratga tushgan FanClub azosi bittadan yengi albomni sovg’a sifatida qabul qilib oldi. Joyi kelganda aytib o’tishim kerak bir yil oldin FanClub azolariga RAYHON tomonidan sovg’a qilinganida o’zimga atalgan sovg’ani olib keta olmagan edim. Shunda FanClub moderator Jahongir oka siznikini alohida saqlab qo’yaman va bir ko’rishganimizda qo’lizga beraman omonatingizni degan edilar. Ana shu voqeaga bir yildan oshib ketgan bo’lsada Jahongir oka ana shu diskni bugun shaxsan qo’limga tutqazdilar. To’g’risi Jahongir okani bundayin masuliyatlariga tasanno deb aytdim. Ana shu RAYHON dasxat ulashayotgan paytlarida ana shu diskga dasxat qo’ydirish ham nasib etdi. “Bek_Uzbekistan! omad va baxt tilayman” deb yozib, pastiga RAYHON deya dasxatlarini qo’yibdila.

RAYHON hamma FanClub azolari bilan suratga tushib bo’ldilar. Qizig’i shundaki ketma ket uch yil (2014, 2015, 2016) RAYHON bilan barcha FanClub azolari umumiy suratga tushgan vaqtimizda yonma-yon turar edik. Ammo bugun shu an-ana zavol topdi. Hammamiz umumiy suratga tushayotgan vaqtimiz RAYHON ga meni yonimdagi bo’sh joyni ko’rsatib shu yoqga o’tiraqoling deb ko’rsatishganida RAYHON “Нет, Зачем ?” deb uch qadam narida turdilar va hamma FanClub azolari bilan suratga tushdilar. Birinchi martta umumiy planda RAYHON ni yonida emas, undan uzoqda suratga tushdim.
Ana shu soniyalarda har xil hayollar miyyamga yo’g’ilib kelaverayotgan edi. Ammo ana shu umumiy suratdan so’ng RAYHON bilan birga suratga tushish nasib etti. RAYHON bilan yonma-yon suratga tushganimizdan so’ng RAYHON hamma bilan hayirlashdilar restorantni tark etdilar.

Har safar RAYHON ana shu xonani tark etdilar deb maqolamni yakunlardim. Ammo bugun biroz voqealar rivojini ham yoritgim keldi. RAYHON xonani tark etgach RAYHON ni suratlari tushirilgan plakatlar sovg’a sifatida tarqatildi. Shundan so’ng Fanatdoshlarimiz bilan hayirlashib Jahongir va Mahamadjon ismli FanClubimiz azolari bilan taksi ushlash uchun katta yo’l tomon harakatlandik. Adashmasam 20 daqiqa yo’l bo’yida turgan bo’lsakda taksi tutishning imkoni bo’lmadi. Shunda ana shu yerdagi o’tkinchilardan biri “Hoy bu yerda taksi to’htamaydi” deb aytdi Restorantning oldiga qaytsak u yerda Xojiakbar ham bor ekan. Keyin hammamiz boshqa tomondagi yo’ldan taksi tutdik. Uyga kelganimda soat 20:00 edi. Mana shu bilan RAYHON bilan bo’lib o’tgan FanClub uchrashuvi rosmanasiga poyoniga yetgan edi.

Muallif: Xudoyberganov Ulug’bek (Bek_Uzbekistan)



Foto: instagram.com/rayhonganieva

- - - - -

Shuni aytib o'tishim kerakki bu RAYHON ning FanClub bilan o'tkazayotgan beshinchi uchrashuvi bo'lsa men o'zim ishitirok etgan to'rtinchi uchrashuvdan o'z reportajimni yozdim.

Bundan oldingi uchrashuvlar haqida o'qimoqchi bo'lganlar uchun manba:

2014-yil 23-iyun kungi uchrashuv haqida: (Orzular ushalgan kun)
BekUzbekistan.blogspot.com/2015/03/orzular-ushalgan-kun.html

2015-yil 20-sentyabr kungi uchrashuv haqida:
BekUzbekistan.blogspot.com/2015/09/rayhon-va-fanclub-ortasida-uchrashuv-20.html

2016-yil 4-arel kungi uchrashuv haqida:
BekUzbekistan.blogspot.com/2016/04/4-aprel-kunidagi-rayhon-va-fanclub.html

Комментарии