iPadmi yoki Kitob ?

Foto: dailytut.com

XXI asrga Texnika va Texnologiya asri deya tarif beriladi. O‘z nomiga monand ravishda Texnika asrida yaratilayotgan qator texnika yangiliklari faol ravishda hayotimizga kirib kelmoqda. Shuning barobarida yangi yaratilayotgan texnologiyalar turmush tarzimizdagi ko‘pdan-ko‘p qiyinchiliklarni yengillatmoqda. Jumladan telefonlarni, yangi smartfonlarni olaylik. Ular orqali olis-olislardagi yaqinlarimiz bilan suhbatlashishimiz. Suratga tushishimiz, musiqa tinglashimiz hattoki kitob ham o‘qishimiz mumkin.

Albatta bu qulayliklardan nafaqat telefon ishlab chiqaruvchilar balki barcha kutubxonalar, nashriyotlar, Internetdagi yirik-yirik portallar ham foydalanmoqda. Hozir butun dunyo bo‘ylab qator online kutubxonalar mavjud bo‘lib ular har bir o‘quvchiga yuz minglab kitoblarni qo‘l telefoni, mobil qurilmalar orqali ko‘rish, ko‘chirib olish va mutolaa qilish imkoniyatini taqdim etmoqdalar. Ularning ko‘pchiligi pullik manbalar bo‘lsa ayrimlari bepul. Ayrim nashriyotlar esa shu chog‘gacha nashr qilingan millionlab kitoblarni internet foydalanuvchilari uchun online kitob shaklida qayta nashr qilmoqdalar. Ayrim xorijiy tadbirkorlar bu jarayondan ma’lum miqdorda daromad ko‘rishni ko‘zlagan bo‘lsalar, boshqalar kitobxonlar uchun yana bir qo‘shimcha imkoniyat, qulaylik yaratishni maqsad qilganlar.

Jumladan yurtimizda ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirildi, Hozirgi kunda ko‘plab o‘zbek tilidagi kitoblarni internet orqali topish va ko‘chirib olish imkoniyati mavjud. Nafaqat badiiy asarlar balki maktab, kollej (litsey) va oliygohlarda bizga kerak bo‘ladigan darsliklar ham.

Shaxsan men o‘zimni anchayin zamonaviy inson deb hisoblayman, Har holda zamonga, qator texnologiya yangiliklariga anchayin tez moslasha olaman. Ammo men o‘zimga bolalik yillarimdan qadrdon bo‘lgan, Hech qachon qo‘limdan tushmagan, Doimiy hamrohim kitobdan voz kechib uni qo‘l telefonlari, ipadlar orqali o‘qishga hech ko‘nika olmadim.
Bir qarashda qo‘l telefonlari, kompyuterlar orqali kitob o‘qish anchayin qulay, Birinchidan qo’l telefoningizdagi kitoblar javoningizning bir qismini talab qilmaydi. Bir dona kitob falon so‘m bo‘lgan bir pallada yuzlab kitoblarni be pul ko‘chirib olish imkoniyati ham mavjud. Qolaversa online kitob nashr etuvchilarga ham buning qulayliklari bor sababi kitob nashr qilish uchun qog‘ozlarga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Bir qarashda hammasi yaxshi. Ammo ana shu zamonaviy texnologiyalarning ko‘zga, inson organizmiga ko‘rsatadigan salbiy tasirichi? Qolaversa ipadlar orqali kitob o‘qiganimda kitob varaqlarining shitirlashi, har bir kitobning o‘ziga xos hidi, ulardan olinadigan zavqni his eta olmayman. Eng asosiysi qo‘l telefonlari orqali o‘qilgan kitobning xotirada qolishi, undagi voqeiyliklar yoki ma’lumotlarning eslab qolish ham o‘ta mushkul.

Bu boradagi fikrlarimni oydinlashtirish maqsadida psixologik ma’lumotlarga murojaat qildim.
Men tanishib chiqqan manbalarda qayt etilishicha, Sezgi a’zolari orqali ma’lumotlarni eslab qolish xususiyatlariga ko‘ra insonlar uch toifaga bo‘linar ekanlar. Ya’ni Vizualistlar, Audiolistlar va Kinestetiklarga

Vizualistlar – Ko‘zlari bilan ko‘rganlarini yaxshi eslab qoluvchilar
Audiolistlar – Eshitganlarini yaxshi eslab qoluvchilar
Kinestetiklar – Sezgi organlari bilan yaxshi eslab qoluvchilar

Agarda inson kitobni qo‘lida tutgancha ko‘zi bilan ko‘rib, o‘qiganlarini eshitgan holatda kitob mutolaa qilsa ana shu uchta kanal birdek ishlar ekan. Buning natijasida esa inson ongi va xotirasi birdek rivojlanar ekan. Mana ko‘rib turganingizdek zamonaviy tibbiyot ham kitoblarning foydali tasirini isbotlamoqda.

Kitob bu hamisha ilm, bilim va tarbiya manbayi bo‘lib kelgan. Shunday ekan men har qanday zamonaviy texnalogiyalar orqali kitob o‘qishdan rostmana kitobni qo‘limda tutgancha uni mutolaa qilishni afzal bilaman.

Muallif: Xudoyberganov Ulug‘bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии