O‘z yo‘nalishimga sodiq qolgan holatda hammasini eng boshidan boshlasam))
Xa, Bugun 2017-yilning 20-fevral sanasi. Bu kun mening uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etishining sababi shundaki bu kuni mening eng sevimli ijodkorim RAYHON ning konsert dasturlariga start berilar edi. konsert 19:00 da boshlanishini bilsamda uydan 17:50 larda chiqdim. Chilonzordan Istiqlol san’at saroyiga yetib borganimda esa soat 18:18 edi. Taksidan tushar ekanman qarshimda oq Cobalt to‘xtadi. Undan tushgan yigit ko‘zimga issiq ko‘rindi. Qayerda ko‘rgan edima ? deb o‘ylar ekanman ana shu yigit men tomon kelib - "Tanimadiza ?" deb qoldi. Keyin bilsam o‘zimizani FanClubdan Nodirbek ekan (Ko‘rishmaganimizga ancha bo‘lgan edi))
Nodirbek bilan Istiqlol san’at saroyining eshigigacha bordik. Ichkariga esa FanClubimiz a’zolari Qudrat oka va Zuhra bilan kirdik. Qudrat ikkinchi admin bo‘lsalar, Zuhra FanClubimizning eng mashhur a’zolaridan.
Sekin astalik bilan sahnaga kirishga taraddutlanib martabali mehmonlar kiradigan eshikga borib qolibman. Yonimdan SayyodCom nashridan Sardor Komilov, RAYHON ning aksariyat qo‘shiqlarining muallifi Yakzon va RAYHON ning oldingi administratorlari Sherbek okalar o‘tib ketishdi. Shuningdek men ana shu yerning o‘zida "Proart center of performing arts” rahbari. Bugungi konsertning bosh tashkilotchisi Javlon Kamolovni ham ko‘rdim. Eng qizig'i martabali mehmonlar kiradigan yo'lakchadan San'at saroyiga kirib borganimda o'zimni boshqacha his etdim. Konsertdan keyingi eng kotta maqolani o'zim yozayotganimni inobatga olsak bu "ADOLAT" dan bo'ldi!
Joyimni topib borib joylashdim, Yonimda esa FanClubimizning faol a’zolaridan "Mohichehra” o‘tirgan edilar. Albatda o‘zim tanigan insonlar bilan ketma-ket ko‘rishayotganim bu men uchun har tomonlama yoqimli holat edi, Konsert boshlanguniga qadar yonginamda o‘tirgan Mohichehra bilan suratga tushishga muvaffaq bo‘ldim. Mening joyim 1-qatorda edi. O‘ylab qarasam shu paytgacha Istiqlol san’at saroyida hali 1-qatorda o‘tirib konsert tomosha qilmagan ekanman. Bu birinchisi edi. Atrofimga razm soldim ortimda taniqli boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva, Xonanda Saida va Akbar o‘z rafiqasi bilan o‘tirgan edilar. Mendan chaproqda (besh-olti o‘rindiq narida) esa RAYHON ning singlisi Nasiba turmush o‘rtog‘i bilan. Ularning yonida esa RAYHON ning farzandlari Islom va Imron. Yana ikkita qiz, Chamasi ularning enagalari Islom va Imronni o‘z tizalarida olishdi. Uzoqroqdan Rihsitilla Abdullaevni ko‘rdim, Ular ham farzandlari bilan kelgan ekanlar. Birozdan so‘ng RAYHON ning bir nechta kliplarini suratga olgan operator Jasur Shametov ham olimdan o‘tib ketdi. Yana taniqli jurnalist Jasur Hamroyevni ko‘rdim. U inson SayyodCom rahbari Sardor Komilovning yonidan joy oldi.
1-qatorda o‘tirganim tufayli atrofimda o‘tirgan insonlar ham shunga monant edi. Goh o‘ng tomonga qarayman, goh chap tomonga. Hammaning qo‘lida "I Phone” 6 yoki 7, Qizlarning qo‘lidagi briliant ko‘zli tilla taqinchoqlardan taralayotgan nurdan ko‘zlarim qamashdi, Har tomondan "Armani”, "Versace”, "Chanel” kabi brendlarning eng qimmatbaho atirlarini sepgan insonlardan kelayotgan xushbo‘y iforlar. Xa ana shu pallada tassurotlarim ikki karra ortib ketdi.
Biroz o‘tmasidan konsert boshlanayotganligining alomatlari sezila boshlandi. Birozdan so‘ng sahna ochilib "RAYHON Show” boshlandi. RAYHON har doimgidek kutilmagan ravishda sahnada paydo bo‘ldilar. Bu safar RAYHON osmondan sahnaga tushib keldilar. Konsertning boshlanishi ajoyib bo‘ldi. RAYHON yerga eson-omon tushib olganlaridan so‘ng qo‘shiq kuylash bilan birgalikda raqsga ham tusha ketdilar. Shunda mening e’tiborimni raqqosalar tortti. Voy-Voy-Voy, O‘ziyam RAYHON raqqosalarning ichidan rossayam chiroyli qizlarni bitta-bitta terib chiqibdilar. RAYHON ikkinchi qo‘shiqlaridan so‘ng kirish so‘zlarini aytib o‘tdilar va zalda o‘tirganlarga bir ko‘z yugurtirdilar. Shu payt qani endi menga ham bir qarasalar edi degan hayolga bordim.
Birozdan so‘ng RAYHON sahnani tark etdilar (kiyim almashtirish uchun) Sahnada esa jangari harakatlardan o‘ziga xos chiqish qilindi. E’tiborim sahnadan ya’na zalga qaratildi. Adashmasam to‘qqizta fotosuratchini sanadim. Shuningdek uch yoki to‘rtta kamerachilar ham bor edi. Ulardan ikkitasi "Milliy TV" dan kelishgan edi. Sahnaning ikki tomonida esa ikkitadan to‘rtta "Качок" yigitlar bir xil holatda xavsizlikni nazorat qilib turishgan edi. Shuningdek sahnaga markazdan kelaverishda ham bir soqdi bor edi. Ortimga o‘girilib qaradim. Mening orqamda xonanda Saida o‘tirgan edi, Saida unga qaraganimni sezib u ham menga qarab jilmayib qo‘ydi. Men esa tomoshabinlarga e’tiborimni qarata ketdim. San’at saroyi 100% to‘libdi, Bironta ham bo‘sh o‘rindiq qolmagan ekan. Meni xursand qilgan tomoni bo‘sh o‘rindiqlar yo‘qligidan bir guruh odamlar orqa tomonda tik turgancha konsertni tomosha qilishayotgan edi, Odamlar orasida yana to'rtta fotosuratchi va ikkita kamera tutgan odamlarni ko'rdim. Zum o‘tmasdan sahnada yana RAYHON paydo bo‘ldi. U adashmasam "Rim Imperiyasi” davriga xos liboslarda edi. RAYHON o‘tirgan aravani bir nechta odam tortib olib chiqayotgan bo‘lsa uning ikkita tomonida baquvvat "Gladiator” lar turishar edi. Birozdan so‘ng esa "Ziyoda” bilan duet boshlanib ketdi. To‘g‘risi Ziyoda bilan duet men uchun har tomonlama surpriz bo‘ldi. Nimaga deb so‘ralsa Ziyoda bilan duet haqida umuman hech qanday ma’lumot eshitmagan edim (konsertgacha) Lekin bundan oldingi deyarli barcha FanClub uchrashuvlarida Ziyoda bilan duetni fanatdoshlarimiz RAYHON dan so‘rashgan edi. Men esa bunga biroz salbi fikrda edim. Sababi RAYHON ning ovozi juda mayin bo‘lsa, Ziyodaniki o‘ta yo‘g‘on edi. Agar RAYHON va Ziyoda duet kuylashsa Ziyodadek baland pardalarda va o‘ta qattiq ovozda kuylash RAYHON ga mushkullik tug‘dirsa kerak deb o‘ylagan ekanman. Ammo amalda bunday bo‘lmadi RAYHON Ziyoda bilan birga-bir darajada qo‘shiq kuyladi. Qoyil, Tasanno. Bu pallada RAYHON ni baralla ortqishladim. Duetdan so‘ng ko‘zim yana turna qator bo‘lib turgan fotogroflarga tushdi. Xa ular ham qaysidur ma’noda ijodkorlar edilar. Kimdur erkin jurnalist bo‘lsa yana kimdur qaysidur nashrni, yana kimdur qaysidur saytning fotosuratchisi edi. Ularning har birining yelkasida bir masuliyat bor edi. Ya’ni RAYHON show dan kim yaxshiroq suratlarni olishga, tarixga muhrlashga o‘ziga xos musobaqa edi bu. Har bir fotosuratchi shu suratlari uchun qanchadur gonarar olardi. ularning har biri professional edi. Har bir fotosuratchi turli rakurslarda joylashishar, biri o‘z pozitsiyasini o‘zgartirsa uning o‘rniga ikkinchisi turar. Ayrimlari ikki-uchtalab moslamalar olib kelgan va o‘z fotoaparatlarini turli-xil holatlarga moslashtirib ishlashayotgan edi.
RAYHON show esa tobora qizg‘inroq tusga kirib borardi. Jumladan RAYHON endi milliy libosda sahnada namoyon bo‘ldilar. Ko'zim Rihsitilla Abdullaevga tushdi, Boyagina jiddiy qiyofada o'tirgan san'atkor endi ancha xush-chaqchaq bo'lib farzandlari bilan kulishib o'tirgan ekan. Sahnada esa RAYHON ajoyib harakatlarni amalga oshirdilar, Keyinroq esa "Halima Ibrohimova” bilan kuylangan duet tarona jarang sochdi. Yashirmayman Halima bilan etilgan duet juda bir men bop bo‘lmadi. Gap-Gap bilan e’tiborimni yana raqqosa qizlar tortib ketishdi. Yaxshiroq qarasam bu qizlar boyagi qizlar emas, balki ularidan ham chiroyliro qizlar ekan. Ularga qarab turib o‘ylab qoldim, balki boyigilani o‘zi kiymini almashtirib chiqgan bo‘lsa kere dib turganimda orqamdan Akbarning ovozi keldi, Yonida o‘tirgan kimgadur gapirdi:
- E bu o‘sha "Ансамбль" digi qizlar, толка boshqa "Состав". Akbarning bu gaplari baland ovozda aytilgani uchun ham bu gapi eshitldi. Qoyil, O‘ylagan narsamning javobi aytib turilsaya ?))
RAYHON esa sahnada O‘zbekistonimiz, Vatanimiz uchun bir qo‘shiq kuyladilar. Birozdan so‘ng RAYHON yana boshqa ko‘rinishda namoyon bo‘ldilar. Endi butun sahna va odamlar o‘tirgan sektorlar to‘liqligicha qizil tusga kiritildi (chiroqlar yordamida) RAYHON esa raqqosalari bilan tundek qop-qora libosda namoyon bo‘ldilar. Sahnadagi raqslar payitida RAYHON man tomonga qaragandek bo'lldilar qo'limni siltadim o'ylashimcha RAYHON mani ko'rdila. Aytilgan ketma-ket qo‘shiqlardan so‘ng RAYHON navbatdagi duetdoshlarini e’lon qilishni boshlagan kezlarida bu Sardor Rahimxonligini chunib qoldim, Shundan so‘ng Sardor sahnaning qaysi nuqtasidan chiqib kelar ekan degan xayol mendan o‘ta boshladi. Xa o‘rtadan chiqib kelsa kerak deb turgan edim, Yo‘q adashibman, Sahnaning ikki tomonidagi ekranlardan biri harakatga keldi va u yerdan Sardor Rahimxon chiqib keldi va navbatdagi duet tarona yangradi. Sardor Rahimxonni Televizor orqali ko‘rganimizda u juda bir baland bo‘yli odamdek tassurot qoldirardi. Lekin mendan besh qadam narida turgan Rahimxon nimagadur ko‘zimga "King Kong” bo‘lib ko‘rinmadi. Duet oxirlab qolganida Sardor Rahomxon "Балкооон" deya hayqirdi. Shartta ortimga o‘girilib balkonga qaradim. Yo pray. RAYHON ning konsertlarida balkon ham liq to‘lib bo‘libdi. Balkondagilar ham Rahimxonni hayqirig'iga javoban ortqishlar va qarsaklar bilan javob qaytardi. Balkonni ko‘zdan kechirib bo‘lgach ko‘zim yana ortimdagi Saidaga tushdi. Saida unga qaraganimni payqab yana men tomonga qaradi. RAYHON duetdan so‘ng "Javob ber” nomli qo‘shiqni kuylagancha odamlar orasiga sahnadan tushib keldilar. Bir nechta odamga mikrafonni tutdilar, Afsuski RAYHON men tomonga yurib kelganlari yo'q, Bu jarayon mendan nariroqda bo'layotgan edi. Eng kulminatsion pallada esa FanClubimiz a’zosi, RAYHON ning eng ashaddiy fanatlaridan Zuhraxonni RAYHON sahnaga birga olib chiqib. Shu fanatdoshimiz bilan "Javob ber” taronasini birga kuylashdi. Qo‘shiq kuylayotgan RAYHON bilan Zuhraku lekin men ham bu jarayonda hayajonlandim, Huddiki Zuhra emas o‘zim "Javob ber” taronasini sahnada kuylayotgandek.
Konsertni kuzatishda davom etar ekanman, Undan keyingi chiqishda. Raqqos va raqqosalar endi zamonaviy stildagi liboslar bilan sahnada namoyon bo‘lishdi. RAYHON ning qo‘shiqlarining remix talqini kuylana boshlandi. RAYHON ham sahnada paydo bo‘ldi. RAYHON ning qarashlari o‘zgacha, qadam bosishlari boshqacha, harakatlari no odatiy, RAYHON juda ro‘lga kirishib ketgan edi. hullas juda bir boshqacha chiqish bo‘ldi shunisi. RAYHON bu sahna ko‘rinishida mukammal mimikani namoyish etib berdilar. Sahnadagi raqqos yigitlarning ustidan zina ko‘rinishida yurib o‘tdilar. Bir so‘z bilan qo‘shiq va sahna ko‘rinishi o‘rtasida uyg‘unlik bo‘ldi. Qo‘shiqdan keyin navbat ya’na duetga keldi. Men bu safar Munisa Rizayeva bo‘lsa kerak dib o‘ylagan edim. Yo‘q, Adashibman. RAYHON "Shahriyor” ni e’lon qilib yubordilar. Shahriyor esa zalda, odamlar orasida ekan. U odamlar orasidan qo‘shiq kuylagancha qadam tashlab sahnaga chiqdi. RAYHON ning Shahriyor bilan kuylagan duetlari ham men uchun kutilmagan surpriz va yangilik bo‘ldi. Ajoyib tarona.
Konsertning so‘ngi blokida RAYHON sahnada Hindlarga xos imidjda namoyon bo‘ldi, Munisa Rizayeva va Bojalar guruhi bilan duetlar kuylandi. Jahongir Poziljonov yolg‘iz kelmabdi yonida sheriklari, Javlon Shodmonova yana "Million” va "Dizayn” jamoasidagilar bor edi. Jahongir o‘z stilistikasiga xos ravishta xazillar qilishga ham urindi. Aytish mumkunki yomonmas. Bu pallada RAYHON ga gul berish uchun ko'pchilik uzun navbat hosil qilishdi, Ularni yo'lini soqchilar to'sib turishardi. Q'olida gul tutib turganlarni orasida FanClubimiz azolaridan o'zim tanigan ikki insonni ko'rdim.
Konsertdagi so‘ngi qo‘shiq kuylanayotganligini sezganimda esa hammasi boshidan boshlanishini hohladim to‘g‘risi, Nimaham derdik, Vaqt oliy hakam, "RAYHON show” tugadi. Lekin o‘rnimdan turib ketishga shoshilmadim. Uch to‘rtta odamlar yonimdagi o‘rindiqga o‘tirib orqa qatordagi Nilufar Sotiboldiyeva va Saidalar bilan selfi suratlarga tushishdi, Akbar ham bundan be bahra qolmadi. Men ham ular bilan suratga tushgim keldiyu lekin qo‘limda soddaroq telefon ekanligi yodimga tushib bu fikrimdan qaytdim, Endi kelasi yili HUDO hohlasa)) Ortimda suratga tushayotgan san’atkorlar qatori Saidaga shu konsert kuni mening hisobim bo‘yicha 4-marotaba ham ko‘zimiz-ko‘zimizga tushdi va Saida bu safari yelkamga bir qo‘lini qoqib qo‘ydi. Yonimdagilardan biri esa konsert sizga yoqdimi qabilidagi savoliga Saidaning javobi ijobiy bo‘ldi. Shundan so‘ng bir guruh san’atkorlar sahnaga RAYHON ni qutlamoq uchun chiqib ketishdi. Men esa endi ko‘cha eshik tomon harkatlanar ekanman. Bir vaqtlar "Звездопад " loyihasini olib borgan RAYHON ning ammalari "Shahnoza G‘aniyeva” va RAYHON ning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovlar gaplashib turganlarini ko‘rdim. Ularga salom berishni ham kanda qilganim yo‘q. Shahnoza opa o‘zbekchasiga alik olgan bo‘lsalar RAYHON ning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov "Алейкум Салам" deb alik oldi. Ko‘chaga chiqsam kun yetarlicha sovuq, Hamma o‘zini taksilarga urmoqda. Taksi ushlamoq uchun shaylanib turganimizda yonimda yana FanClubimiz azolaridan ikkita do'stimiz kelib qoldi, Ular bilan ham ko'rishdik. Shu kuni men juda ko'plab FanClubdagi tanishlarim bilan ko'rishganimdan o'zimda yo'q xursant edim. (Zo'r-a ?) Istiqlol san’at saroyiga o‘girilib qaradim. Xa bu maskan hali yana to‘rt kun RAYHON showga mezbonlik qiladi. Sizlarga bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikni tavsiya etman do‘stlar!
Uyga kelar ekanman hayolimda konsert voqeyliklari, Jumladan konsert boshidan to oxiriga qadar bir necha martabalab meni suratga tushirishgani va xato videolarga yirik planda olishgani bo'ldi. Oldingi yillari RAYHON ni konsertlaridan keyin barcha saytlardan RAYHON ni suratlarini qidirar edim. Bu yili endi barcha saytlardan o'zimni rasmlarimni qidiraman.
Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии
Отправить комментарий