"Humo Arena"

Foto: uza.uz

Bugun yurtboshimiz qator qurilayotgan yangi inshootlar, majmualarning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar, Ularning orasida mening e’tiborimni ko‘proq tortgan majmua bu "Humo" arenasi bo‘ldi.

Shaxsan o‘zim sportga jiddiy qiziqaman, Aytib o‘tish kerakki so‘ngi vaqtlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan qator xalqaro musobaqalarga "O‘zbekiston sport majmuasi” mezbonlik qilib kelayotgan edi. Biroq tan olib aytish kerakki bu majmua zamon talablaridan kelib chiqib aytganda biroz ortda qolayotgan edi. O‘tgan yili "O‘zbekiston sport majmuasi” dagi musobaqalarni ko‘rib qani endi Toshkentda yana bir yangi, super zamonaviy sport saroyi qurilsa deb niyat qilgan edim.

Qolaversa, San’at yulduzlarining konsertlari uchun mo‘ljallangan 4200 kishilik "Istiqlol” san’at saroyidan tashqari yana bir kattaroq san’at saroyi ona shahrim "Toshkent” da qad rostlasa chaki bo‘lmasdi degan xayolim ham bor edi.

O‘zimizning san’atkorlarimizku bir emas bir necha kunlab Istiqlol san’at saroyida konsert bervurishadi lekin Rossiyalik "Mega” yulduzlarning Toshkentdagi konsertlari bir kun bo‘lganligi bois bir necha millionlik poytaxt aholisi uchun 4200 kishilik san’at saroyi kichiklik qilgani bois konsertlarning chiptalar narxi osmonu falakka chiqib ketar edi. Yangi "Humo Arena” da konsert dasturlari, tadbirlar, forumlar va umum xalq bayramlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan ekan. Konsertlar vaqtida bu maskan o‘z bag‘riga 10 000 tomoshabinni sig‘dira olishi bu juda quvonchli xabar men uchun. Shu so‘zlarni yozar ekanman bunday saroyda bo‘lib o‘tadigan kelajakdagi kotta-kotta tantanalar, Jahon yulduzlarining konsertlari bir lahzaga bo‘lsada ko‘zimga ko‘ringandek bo‘ldi.

Bu binoning loyihasiga e’tibor qaratar ekanman dar haqiqat juda chiroyli ekanligi, barcha zamonaviy talablarga javob berishini guvohi bo‘ldim. Bu maskanni ichiga kirib biror sport tadbiri yoki ko‘ngil ochar dasturni tomosha qilish barobarida bu binoning yonidan o‘tib ketishning o‘zi ham inson ko‘zini quvnatadigan hodisa bo‘ladi nazarimda!!!

TV da ma’lumot berishlaricha bu bino Humo qushi ko‘rinishida bo‘lib bino arxitekturasida humo qushining qanotlari ham aks etar ekan (Adashmasam binoga yuqoridan turib qaraganda ham aniq bir shakllar gavdalanadi). Bir so‘z bilan be takror majmua.

Qilinayotdan shundayin bunyodkorlik ishlari, ulkan loyihalar uchun Xalqimiz sardori, Millat otasi, Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Rahmat sizga mening Prezidentim!!!



Muallif: Xudoyberganov Ulug‘BEK (Bek_Uzbekistan)

Комментарии