Yulduz Usmonova: I’ll be back))

Foto: Instagram

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 8-dekabr arafasida "O'zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi" (Forumlar saroyi) da bo'lib o'tgan bayram dasturi bir jihati bilan esda qolarli bo'ldi, Ya'ni shu kungi konsertda Yulduz Usmonova sahnaga qaytdi. Buni Milliy televideniya butun O'zbekistonga namoyish etdi.

Keling hammasini boshidan boshlashga harakat qilaman, Man 1996-yilda tug'ilganman va man tug'ilgan vaqtimda Yulduz Usmonova yetarli darajada tanilib bo'lgan edi.
Esimni tanigan vaqtlarimda esa Yulduz Usmonovaning: Senga, Begonaman, Atirgul, Kelmasang bo'lmas, Yana bahor, Qalb, Ota va Muhabbat kabi qo'shiqlariga ishlangan kliplari vaqt-vaqti bilan Televizor orqali ko'rganlarim ham esimda, Har holda bolalik yillarimda shu qo'shiqlarni ko'p tinglashar edi.

Yodimda bor bolalik vaqtimda qayodadur eshitganidim Yulduz Usmonovaning konsertida bo'sh joy qomaganidan odamla "Xalqlar do'stligi" (Xozirgi "Istiqlol") sa'nat saroyining zinasiga pul to'lab kirib konsert tomosha qilishibdi diyishganidi. Keyin bilamanki o'sha vaqtlarda har yili Toshkentdigi eng kotta sa'nat saroyida Yulduz Usmonova bir necha kunlab konsert bergan va o'sha vaqtdigi eng "XIT" konsert shu Yulduz Ismonovaniki bo'gan

Bolaligimda ko'rgan mustaqillik bayramlarining finallarida ham Yulduz Usmonova chiqgani esimda, Hamon ko'z oldimda gavdalanadi aynan Yulduz Usmonovani qo'shig'i tugaganidan keyin salyutlar otilaridi))

Hullas bolalik yillarimni yodga olar ekanman Yulduz Usmonovaning nomiga bog'liq xotiralarim yetarlicha

Esimni tanib, ulg'ayib, sa'natga qiziqishni boshlagan vaqtimda esa Yulduz Usmonova sahnadan tushib bo'lgan edi. Yoshlik, O'smirlik davrimni yodga olar ekanman u vaqtlarda Yulduz Usmonovani nomi ko'p ham qulog'imga chalinavermagan. Bazi-Bazida Yulduz Toshkentga to'yga keb-ketibdi, Yulduzni uyoda ko'rishibdi, Buyoda ko'rishibdi, Yulduz anu kuni anu bozorri oldidan Mersda o'tib ketibdi diyisharidi. (Huddi o'zgasayyoraliklar Toshkentga keb-ketgandek hayrat bilan odamla gapiraridi o'ziyam))

O'sha vaqtlada Yulduz Usmonovani Moskva, Sankt-Peterburg, Dubay va yana qator shaharlarda bergan konsertlarini disklarini ham olib kelardik, Ulardan bir nechtasi haliyam uyimizadigi bir uyum DVD disklarini orasida saqlanib qolgan.

Ana shu bir necha yillik sukunatdan keyin yana Yulduz Usmonovani nomini tez-tez eshitiladigan bo'p qoldi, Keyinchalik Yulduz Usmonovaning yengi qo'shiqlari moshinalada, avtobuslada, restoranlada quloga chalinadigan bo'p qoldi. Yulduz Usmonovani Toshkentdaligi ham yengilik bo'mi qoganidi.

Hullas Yulduz Usmonovaga oid xotiralarim shulardan iborat.

Bilasizmi, Shu vaqtgacha o'rtakashla, boshlovchila, jurnalistla duch kegan sa'natkoru, otarchilarni ja bo'lar-bo'mas, har-xil baland parvoz so'zlar bilan ko'klarga ko'targanini guvohi bo'ldim va bo'votman.

Bir tingga qimmat, Na xusni-Na ovozi borlani eng yorqin yulduz divorishadimi-ey, Qayodigi itam tanimidiganlani e'lon qivotganda Mega Yulduz divorishadimi-ey eshitib bazida kulgim kesa, boshqa payt jahlim ham chiqadi. Eshitganlani ensalari qotadi. Bo'ladigan gaplani etishsade divoradi odam.

Lekin man uchun ikkita sa'natkor sa'natkor bundan mustasno. Aynan Quyidagi ikkita tarifga xalqimiz ko'nikgan va bu ularga berilgan eng to'g'ri baho...

Bular:

1 - MAFTUNKOR VA BETAKROR: RAYHON!!! - Chindan ham RAYHON o'z go'zalligi bilan har qanday insonni o'ziga maftun eta oladi va RAYHON shuning barobarida be takror ham. RAYHON kabi joziba sohibasi 100 yilda ham takroran dunyoga kelmasa kere dib o'yliman.


2 - O'ZBEKISTON PRIMADONNASI: YULDUZ USMONOVA - Darhaqiqat, Allaqachon Yulduz Usmonova o'ziga nisbatan aytiladigan tarif "Примадонна" so'zini o'zi uchun patentlab bo'ldi. Shohona va jimjimador "Примадонна" so'zini eshitgan har bir insonning tasavvurida Yulduz Usmonova gavdalansa kere.

* * *

Endi Yulduz Usmonovani sahnaga qaytishiga qaytadigan bo'lsam, Aslida bu mish-mish ko'rinishida bundan bir necha yil oldin bolalagan gap edi, Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev bundan bir necha yil oldin bir maqola yozgan edilar, Anashu maqolani o'qiboq:
- "Xa bo'ldi yaqinda Yulduz Usmonovani yana sahnada ko'rarkanmiza" dib o'ylaganidim.

Anashu maqolani yoddan etib berolmasam ham ana shu maqolada quyidagi so'zlar yozilganidi:

- Yulduz Usmonova o'z ijodiy faoliyatidagi eng qimmatbaho klipni suratga oldirmoqda, Toshkentdigi eng qimmatbaho "Versal" restorantining ichidagi barcha mebel jihozlari Yulduz Usmonovaning navbatdagi klipini suratga olish ishlari munosabati bilan olib chiqib tashlandi va Versal restorantida bir guruh mutaxasislar tomonidan Yulduz Usmonovaning yangi klipi uchun maxsus dekoratsiya tayyorlandi, Ushbu klipni suratga olish ishlari bir necha soat davom etdi. Balkim aynan shundayin shohona klip bilan Yulduz Usmonova TV da ko'rinish berar

qabilida yozilgan maqola edi. Ana shu maqolada tariflangan "Gulisan" nomli klip tayyor bo'lib internetlarga chiqib ketgandi hamki Yulduz Usmonova TV da ko'rinish bermadi, Keyinchalik MTVA taqdirlash marosimida hakamlar hayati azolarini ro'yxati e'lon qilinganda Yulduz Usmonovaning ham nomi tilga olindi, Butun zal "Dod" dib "Gumburlatib" qarse chalvordi lekin keyin ham Yulduz Usmonova sahnaga chiqmadi.

OLLOH ning o'zi Yulduz Usmonovaning taqdiriga yozgan kuni bor ekan, 8-dekabr arafasidagi bayram dasturi adabiy kecha ko'rinishida o'tkazilayotgan edi. Bir kun oldin hamma saytlarda Ertaga Yulduz Usmonova sahnaga chiqarkan dib yozilgan edi. Bayramning boshida O.Nazarbekov sahnada ko'rinish berdi. Keyinroq qattor sa'natkorlarni qo'shiqlaridan, bir nechta shoir va yozuvchilarning she'rlaridan bahramant bo'ldik. Ana undan keyin Yulduz Usmonova "HAMROZ" taronasi bilan sahnaga chiqib keldi. Buni butun O'zbekiston ko'rib turgan edi. Odamlar juda o'zgacha kutib oldi Yulduz Usmonovani. Kadrda xattoki o'tirganlarni orasida bir qiz o'z hayajonini bosolmasdan juda quvonib ketganini ham ko'rdim.

Shaxsiy fikrimcha birgina shu Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishining o'ziyoq yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev naqadar mehri daryo va kechirimli inson ekanligiga yaqqol dalil nazarimda

O'ylashimcha xozir Yulduz Usmonovani oldiga borib umringizdagi eng baxtli onlaringiz qaysi deb so'rasangiz ana shu kuni sahnaga chiqib "Hamroz" ni kuylagan vaqtim dib etsala ne ajab ?

O'yladim, 2017-yilning eng shov-shuvli Shoularidan biri balkim eng shov-shuvlisi aynan shu Yulduz Usmonovaning konserti bo'lsa kerak, Nechi kun bo'larkin ? Xozirdanoq qiziq!!!

Lekin yana bitta gap, Ana shu kungi "Hamroz" Yulduz Usmonovaning ijodida har tomonlama cho'qqi edi, Yulduz Usmonova ana shu kun, Ana shu daqiqagacha xalq uchun "Afsona" darajasiga chiqgan bo'lsa ana shu soniyalardanoq endi "Afsona" statusi "Sa'natkor" ga o'zgardi

Bu so'zlarimni to'g'ri qabul qilishingizni so'ragan bo'lar edim.

O'z vaqtida Shahzodada ham shunga o'xshash holat yuz berdi, Bir muddat Shahzoda O'zbekistonda ko'rinmi qoldi, Xorijda bir qancha vaqt faoliyat yuritdi, O'sha kunlarni esliman, Internetda hamma Shahzodani ko'klarga ko'tarar edi, Xech kim Shahzoda haqida salbiy fikr bildirmas, Hamma mahtar, Qachon O'zbek Shou-Biznesiga qaytishini so'rashar edi. Shahzoda ham vaqti kelib sahnaga, Shou-Biznesga qaytdi, O'zbek tilida qator kliplari, qo'shiqlari efir va ekran yuzini ko'ra boshladi. Oradan oylar, yillar o'tgani sayin "BOSHLANDI" Internetda Shahzodani ustidan kulishlar, prichoskasi, kiyimi, qo'shig'ini mazah qilishlar, O'ti unaqa-bo'pti bunaqa bo'pti diyishlar, Tanqidlar, Muloxazalar va hokazo.

Bu bilan nima demoqchiman: Yulduz Usmonova ham qaytdi, Ana shu kundan keyin odamlani suhbatiga quloq solar ekanman, Yulduz ancha qarib qobdi, Yuduzni oldingi Yulduzligi qomabdi, Yulduz ja o'zgarib ketibdi diganlani ham uchratdim. Ana shu kungacha Yulduz Usmonovani afsona darajasiga ko'tarib qo'yishgan edi, Yulduz Usmonovani ana shu kungacha ancha vaqtdan buyon ijtimoiy-termoqlarda xattoki komentlarda tanqid qilishga botina olishmayotgan edi. Yulduz Usmonova faqat yaxshi edi, zo'r edi, undakasi olamda yo'q edi.

Mana bayram kunlari deyarli hamma telekanallarimizda Yulduz Usmonovani ko'rdik, Birida sho'x birida Jiddi qo'shiqlar kuyladila. Vaqt o'tgani sayin Yulduz Usmonovani TV da ko'rishga ham o'rganib qolamiz, Konsertlar beradilar, Sahnalarga ketma-ket chiqadilar, Kliplari aylanvuradi, Ana o'shanda yana BOSHLANADI. Yulduz Usmonovani tanqidchilari topilib qoladi. Internetda bir biridan ajabtovur muhokamalar boshlanadi. Kim biladi balkim kecha Yulduz Usmonovani farishda deb yurganlar bir ikki yilda Yulduz Usmonova haqida tanqidiy maqola yozib qolar. Gazetalar tirajini oshirish uchun Yulduz Usmonovani mahtashni emas yomonlashni odat qivolar

"Oldingdan oqgan suvning qadri yo'q" deganlari shu bo'ladi. Bu maqolning prototipini bir yildan keyin ko'ra boshlasak kerak.

So'zimni yakunlar ekanman Yulduz Usmonovaga ijodiy muofaqiyatlar tilab qolaman. Omad!!!



Muallif: Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)

Комментарии