Foto: Japan Info |
Zinapoyani yuqoriga chiqishni istagan odam o‘ylab topgan.
* * *
Oddiy odamlar bo‘lmasa, buyuklari ham bo‘lmaydi.
* * *
Agar muammoni hal qilishning yo‘li bo‘lsa, tashvishlanishning hojati yo‘q, agar uni hal qilishning iloji bo‘lmasa, tashvishlanishning foydasi yo‘q.
* * *
O‘ylab hal qil, hal qildingmi, o‘ylama!
* * *
So‘raganda bir daqiqaga uyalasan, bilmasang — bir umr.
* * *
Agar o‘z ixtiyoring bilan yo‘lga chiqsang, ming chaqirim ham bir qadamday tuyiladi.
* * *
Er-xotin qo‘l bilan ko‘zday bo‘lishi kerak: qo‘l og‘riganida ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganida qo‘l uning yoshini artadi.
* * *
Yomon odamning do‘sti bo‘lgandan ko‘ra, yaxshi odamning dushmani bo‘lgan afzal.
* * *
Yomon ustaning qo‘lidan bejirim ko‘za chiqmaydi.
* * *
Chiroyli gul yaxshi meva tugavermaydi.
* * *
Chuqur daryolar sokin oqadi.
* * *
Dengiz mayda daryolardan yuz o‘girmagani uchun ham ulkandir.
* * *
Nayza umrda bir marotaba ishlatilsa ham, uni hamisha yonda olib yurgan ma’qul.
* * *
Ketayotganni to‘xtatma, kelganni esa haydama!
Комментарии
Отправить комментарий